Dinlari tarixi



Yüklə 2,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/101
tarix19.12.2023
ölçüsü2,18 Mb.
#151801
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   101
11-sinf-Din-tarixi-darslik (1)

Abu Rayhon Beruniy 
«Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar asari»dan 
Xivadagi Avesto 
muzeyi eksponat-
lari


31
MA’LUMOT
UCHUN
Bugungi kunda 
Markaziy Osiyo 
mintaqasida 
Ja hon dinlariga 
ki ruvchi islom, 
xristianlik va 
bud daviylik, 
hind dinlarining 
turli ko‘ ri-
nishlari, glo bal-
lashuv na ti jasida 
yuzaga kelgan 
ko‘plab yangi 
sektalar faoliyat 
yuritmoqda.
Bugungi kunda tangrichilikni Markaziy Osiyo xalqla
-
ri orasida «qadimiy diniy an’ana» sifatida tiklashga 
urinishlar bor. Bunday harakatlar ortida ayrim g‘arazli 
maq sadlar yotganini sezish mumkin. 
1990-yillardan boshlab tangrichilikka e’tiqod qilu
-
vchi guruhlar paydo bo‘la boshladi. Ataylab ko‘tarib 
chiqilayotgan bu holat aholi orasida bo‘linishlarning yu
-
zaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. Chunki, bugun-
gi kunda ushbu mintaqada o‘zlarining ko‘p asrlik diniy 
e’tiqodlariga ega bo‘lgan turli millat va ellatlar istiqo
-
mat qiladilar. Ularninr e’tiodiga zid ravishda tangrichilik 
dinini qayta tiklashga urinish milliy va diniy ziddiyatlar
-
ni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. 
XXI asrning boshlarida Markaziy Osiyo mintaqasi
-
da joylashgan mamlakatlar – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, 
Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonda diniy man-
zara quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi.
Qozog‘iston Respublikasida rasman 18 konfes-
siya tarkibida 3600 dan ortiq diniy tashkilot mavjud. 
Shuningdek, mamlakatda 246 ta noan’anaviy diniy gu
-
MA’LUMOT UCHUN
Bugungi kunda, jahon miqyosida zardushtiylar Hindistonda 
100 ming, Eron Islom respublikasida 50 ming, shuningdek, Yevropa, Osiyo 
mamlakatlari hamda Amerikada bir necha ming kishini tashkil etadi.


32
ruhlar va yangi jamoatlar (missionerlar) ham faoliyat 
ko‘rsatadi. Turkmaniston Respublikasida 13 ta diniy 
konfessiya ro‘yxatga olingan. Malakatda 128 ta diniy 
tashkilot mavjud. Qirg‘iziston Respublikasida 30 dan 
ortiq diniy konfessiyalar mavjud. 
Shuningdek, yoqoridagi rasmiy ro‘yxatga olingan 
diniy tashkilotlar va konfessiyalardan tashqari so‘nggi 
yillarda Markaziy Osiyo hududida avliyolik, payg‘am-
barlik, hatto xudolik da’vosini qilib chiqayotgan toifalar 
ham topilmoqda. 
Misol sifatida Buxoro shahrida paydo bo‘lgan 
baxshillochilar guruhini aytish mumkin. Islom dini 
asoslarini butkul buzib yuborgan mazkur oqim vakilla
-
ri o‘z rahnamolari «Baxshillo»ni haddan ortiq ulug‘lab 
hatto unga sig‘inish darajasiga borganlar. 
Baxshillo Aliev o‘zining ortidan ergashganlarga na-
moz bir kecha kunduzda uch mahal farz qilinganligini 
va ularga qiyomatda savol – javob yo‘qligi, ular qanday 
holda vafot etishligidan qat’iy nazar, ularga shahidlik 
maqomi berilishini, hatto, barcha erkak maslakdoshlari
-
ga payg‘ambarlik darajasi berilishi haqida davat qilgan.
Inson hayoti 
davomida umr 
yo‘lini o‘zi-
ga-o‘zi yaratib 
boraveradi.

Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə