8
shovinizm, irqchilik g‘oyalarini tiriltirib,
millatlararo
totuvlik, hamjihatlik g‘oyasiga qarshi «salib yurishi»
kabi harakatlarni uyushtirish
ga
urinayotgan kuchlar
borligi barchamizni hushyor torttirishi lozim. Bugun,
butun dunyodagi tinchlikni ta’minlash yo‘lidagi asosiy
g‘ov, to‘siq bu terrorizmdir. XX asrning ikkinchi yarmi
-
da xalqaro miqyosda o‘zini ochiq namoyon etgan, tur
-
li shiorlar bilan niqoblangan terrorizm XXI asrga kelib
ham mintaqalar va mamlakatlar hayotiga birdek tahdid
solmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun dunyo bo‘yicha
500 ga yaqin terrorchilik tashkilotlari mavjud.
Bir yil
mobaynida butun Yer yuzida sodir etilgan teraktlar va
ularning oqibatida halok bo‘lganlarning
soni bir necha
o‘n mingni tashkil etishi terrorizmning tinchlik va xotir-
jamlikni izdan chiqarishga
qaratilgan asosiy tahdidlar
-
dan biri ekanligini ko‘rsatadi.
Xulosa qilib aytganda,
yurtimizda xotirjam tong ot
-
tirish, uyquga ketish, ta’lim olish va kelajak haqida re
-
jalarni qurishni istar ekanmiz, tinchlikni ta’minlash,
xavfsizlik, barqarorlikni ta’minlash, birinchi navbatdagi
masala bo‘lib qolaveradi. Uni amalga oshirishda barcha
-
miz bir tan-u bir jon bo‘lib harakat qilmog‘imiz lozim.
MUSTAHKAMLASH UCHUN
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1.
Xavfsizlik va barqarorlikning ahamiyatini qanday baholaysiz?
2.
Keksa buvi va buvalaringizdan urush va
tinchlik haqida fikrlarini
so‘raganmisiz?
3. Xavfsizlikni ta’minlashda millatlararo totuvlikning ahamiyati nima-
lardan iborat?
4.
Bugungi kunda butun dunyodagi barqarorlikka tahdid solayotgan
eng
katta xavf nima, deb o‘ylaysiz?
Qushlar kabi
havoda uchish-
ni o‘rgandik.
Baliqlar kabi
dengizlarda su-
zishni o‘rgan-
dik.
Lekin
hozirgacha yer
yuzida aka-uka-
dek yashashni
o‘rganmadik.
Dostları ilə paylaş: