Vijdon erkinligi tushunchasi.
Vijdon erkinligi kishining biror dinga e'tiqod qilish yoki hech
qanday dinga e'tiqod qilmaslik huquqidir. Shuning uchun bu muammo ijtimoiy hayotda tarixan muhim
va murakkab masala bo'lib kelgan. Vijdon erkinligi huquqi kishilarning dinga bo'lgan munosabatidan
tashqari shaxsning demokratiq adolatparvarlik va insonparvarlik kabi katta ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va
axloqiy tushunchalarni ham qamrab oladi.
Vijdon erkinligi
kishilarning ruhiy olamiga, uning sog'lom va barkamolligiga bevosita ta'sir
ko'rsatadi. Shuning uchun ham bu masalaning ijtimoiy hayotdagi o'rni va bajaradigan vazifalari g'oyat
muhimdir. Birlashgan Millatlar Tashkilotinirng Ustavidan tortib,
barcha xalqlar hujjat va
shartnomalarda, hamma mamlakatlarning konstitusiya va qonunlarida vijdon erkinligi masalasi o'z
ifodasini topgan. 1948 yilda qabul qilingan Inson huquqlari umumiy deklarasiyasiga muvofiq har bir
inson
fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqiga ega. Bu huquq o'z dini yoki e'tiqodini o'zgartirish
erkinligini, o'z dini yoki e'tiqodiga o'zicha, shuningdek boshqalar bilan birgalikda amal qilish kafolatini,
ibodat qilishda va diniy marosimlarda yakka tartibda va odamlar orasida birga qatnashish erkinligini o'z
ichiga oladi.
Vijdon erkinligi qandaydir bir mavhum tushuncha emas, u albatta ma'lum
ijtimoiy vaziyatda
namoyon bo'ladi. Shuning uchun uni konkret tarixiy,
ijtimoiy sharoitsiz, ob'yektiv va sub'yektiv
omillarsiz tasavvur qilish qiyin. Bundan tashqari «vijdon erkinligi» tushunchasini ilmiy talqin qilishda
albatta milliy, mafkuraviy, madaniy va sinfiy omillarni ham nazarda tutish kerak.
Vijdon erkinligi dinga ishonuvchilarni majburan o'z e'tiqodlaridan qaytarib, dinni ma'muriy
tarzda
taqiqlab qo'yishning har qanday nazariy va amaliy ko'rinishlariga chek qo'yadi. Shuningdeq u
jamiyatdagi
barcha konfessiyalar, ya'ni dinlar, cherkov va diniy birlashmalar, turli dinlarga e'tiqod
qiluvchi kishilarni
teng huquqli deb biladi, biron bir dinni imtiyozli, boshqa
dinlardan ustun qilib
qo'ymaydi. Shu bilan birga jamiyatda ilmiy dunyoqarashning qaror topishini vijdon erkinligining amalda
namoyon bo'lish belgilaridan biri deb hisoblaydi.
Dostları ilə paylaş: