Dinshunoslik ma'ruza doc


Mustaqil ta'lim uchun adabiyotlar



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/47
tarix07.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#126262
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   47
Dinshunoslik ma\'ruza doc

Mustaqil ta'lim uchun adabiyotlar:
1.
Saidboyev T.S. slam i obshestvo.-M.: Nauka, 1984. 
2.
Komilov N. Tasavvuf yoki komil inson. 1-kitob.-T.:Yozuvchi,1996. 
3.
Komilov N. Tasavvuf. 2-kitob.-T.: G'ofur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at hamda 
«O'zbekiston» nashriyotlari. 1999. 
4.
Mustaqillik izohli lug'at.-T.: Fan, 1998. Najmiddin Kubro (170-172); Sufiylik (202-204); 
Yassaviy (252-253); qadriyatlar (279-280). 
5.
Poklik iymondandir. Tuplam.-T.: 1993. 
6.
Qadriyatlar va ijtimoiy taraqqiyot yo'lida.-T.: O'zbekiston, 1997. 
 
9-Mavzu. VIJDON ERKINLIGI VA DINIY TASHKILOTLAR. 
 
R e j a :
1.
Vijdon erkinligi tushunchasi. 
2.
Sho'rolar davrida vijdon erkinligida yo'l qo'yilgan xatolar. 
3.
Mustaqil O'zbekistonda vijdon erkinligining konstitusion kafolatlari. 
4.
Din, e'tiqod erkinligi va ilmiy dunyoqarash. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


Vijdon erkinligi tushunchasi. 
Vijdon erkinligi kishining biror dinga e'tiqod qilish yoki hech 
qanday dinga e'tiqod qilmaslik huquqidir. Shuning uchun bu muammo ijtimoiy hayotda tarixan muhim 
va murakkab masala bo'lib kelgan. Vijdon erkinligi huquqi kishilarning dinga bo'lgan munosabatidan 
tashqari shaxsning demokratiq adolatparvarlik va insonparvarlik kabi katta ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va 
axloqiy tushunchalarni ham qamrab oladi. 
Vijdon erkinligi kishilarning ruhiy olamiga, uning sog'lom va barkamolligiga bevosita ta'sir 
ko'rsatadi. Shuning uchun ham bu masalaning ijtimoiy hayotdagi o'rni va bajaradigan vazifalari g'oyat 
muhimdir. Birlashgan Millatlar Tashkilotinirng Ustavidan tortib, barcha xalqlar hujjat va 
shartnomalarda, hamma mamlakatlarning konstitusiya va qonunlarida vijdon erkinligi masalasi o'z 
ifodasini topgan. 1948 yilda qabul qilingan Inson huquqlari umumiy deklarasiyasiga muvofiq har bir 
inson fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqiga ega. Bu huquq o'z dini yoki e'tiqodini o'zgartirish 
erkinligini, o'z dini yoki e'tiqodiga o'zicha, shuningdek boshqalar bilan birgalikda amal qilish kafolatini, 
ibodat qilishda va diniy marosimlarda yakka tartibda va odamlar orasida birga qatnashish erkinligini o'z 
ichiga oladi. 
Vijdon erkinligi qandaydir bir mavhum tushuncha emas, u albatta ma'lum ijtimoiy vaziyatda 
namoyon bo'ladi. Shuning uchun uni konkret tarixiy, ijtimoiy sharoitsiz, ob'yektiv va sub'yektiv 
omillarsiz tasavvur qilish qiyin. Bundan tashqari «vijdon erkinligi» tushunchasini ilmiy talqin qilishda 
albatta milliy, mafkuraviy, madaniy va sinfiy omillarni ham nazarda tutish kerak. 
Vijdon erkinligi dinga ishonuvchilarni majburan o'z e'tiqodlaridan qaytarib, dinni ma'muriy tarzda 
taqiqlab qo'yishning har qanday nazariy va amaliy ko'rinishlariga chek qo'yadi. Shuningdeq u 
jamiyatdagi barcha konfessiyalar, ya'ni dinlar, cherkov va diniy birlashmalar, turli dinlarga e'tiqod 
qiluvchi kishilarni teng huquqli deb biladi, biron bir dinni imtiyozli, boshqa dinlardan ustun qilib 
qo'ymaydi. Shu bilan birga jamiyatda ilmiy dunyoqarashning qaror topishini vijdon erkinligining amalda 
namoyon bo'lish belgilaridan biri deb hisoblaydi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə