Dinshunoslik ma'ruza doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/47
tarix07.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#126262
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   47
Dinshunoslik ma\'ruza doc

 
Tasavvuf tariqati. 
Tasavvuf (arab.), uni sufiyliq sufizm deb ham yuritiladi. Tasavvuf – islomdagi diniy-
falsafiy oqim bo'lib, u VIII-asrda arab mamlakatlarida vujudga kelgan. Tasavvuf musulmon mamlakatlari 
ijtimoiy taqqiyotining xususiyatlari bilan bog'liq ravishda paydo bo'lgan. 
Tasavvuf ta'limotining asosiy mazmuni inson va uning xudoga munosabatidir. Yangi odamlarni 
xalolikka, tenglikka, inson qadr-qimmatini yerga urmaslikka, barcha musulmonlarni teng bo'lib yashashga 
chorlagan. Ayniqsa bu ta'limot boshqalarning kuchidan foydalanmasdan o'z halol mehnati evaziga 
yashashni talab qiladi. 
Tasavvuf ta'limotining yuzaga kelishining yana muhim sabablaridan biri ko'p mamlakatlarni 
birlashtirgan arab imperiyasida fanlarni rivojlantirish, diniy ta'limotni hayotga tatbiq qilish borasida turli xil 
yondoshuvlar bo'ldi. 
Tasavvuf vaxdat-ul mavjud va vaxdat-ul vujud diniy-falsafiy g'oyalar hamda Arastu qarashlaridan oziq 
olib rivojlangan Sharq falsafasi ta'sirida islomning alohida oqimi sifatida vujudga keldi. U murakkab diniy-
falsafiy oqim bo'lib, xilma-xil shakllarga, mazmun va yo'nalishga ega. Tadqiqotchilarning fikricha, uning 17 
ta asosiy suluki (yo'nalishi) mavjud. 
Tasavvufda ikkita asosiy g'oyaviy yo'nalish ko'zga yaqqol tashlanadi: bu o'tkinchi dunyo, mol-mulq 
mansabga ixlos qo'yish Allohni unutishga, imonsizlikka olib keladi, degan g'oyaga tayanganlar 
tarkidunyochilikni targ'ib etganlar; azro'i azalda peshonaga yozilgan taqdir borligiga, odam undan qochib 
qutula olmasligiga ishontirishga intilganlar. Ikkinchi yo'nalish bu dunyo Alloh-taolo tomonidan odamlar, 
ularning insonlardek yashashi uchun yaratilgani, odam shu dunyodagi ezgu ishlari bilan u dunyoda visoliga 
musharraf bo'la olishiga, binobarin, undan qo'rqish asosida emas, Allohni sevish, uning visoliga yetish 
uchun og'ir, mashaqqatli poklanish yo'lidan borishni tashviq etganlar. 
Tasavvufning so'l qanoti diniy-falsafiy ta'limot sifatida aqidaparastlik islomga nisbatan muxolifiyat 
bo'lib, Yaqin va O'rta Shprqda, ayniqsa O'rta Osiyoda tabiiy va falsafiy fanlar rivojida o'z o'rni va mavqeiga 
egadir. O'rta Osiyo mutafakkirlarini sho'rolar davrida o'sha davrdagi islom aqidalariga qarshi qo'yildi. 
Ijtimoiy hodisa, ma'naviyatga sinfiy(partiyaviy) munosabat tarixiy jarayonlarga shunday g'ayriilmiy 
yondoshuvni, ularni mafkura va siyosat talablariga bo'yosundirishni taqozo etardi. 
Shu yo'sinda rivojlangan tasavvuf Sharqda, shu jumladan Turkiston musulmonlari orasida tafakkur tarzi 
va axloq me'yorini belgilaydigan ijtimoiy hodisaga aylangan. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə