Dinshunoslik ma'ruza doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/47
tarix07.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#126262
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Dinshunoslik ma\'ruza doc

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


1 – MAVZU. DINSHUNOSLIK FANIGA KIRISH

R E J A : 
1.
 
Kursning predmeti. 
2.
 
Kursning maqsad va vazifalari. 
3.
 
Dinning funksiyalari. 
4.
 
Kursning amaliy ahamiyati. 
 
Kursning predmeti. 
«Dinshunoslik» dinning paydo bo'lishi va rivojlanishi tarixini, uning ijtimoiy, 
gnesologiq psixologik ildizlarini, turli xil dinlar ta'limotining vujudga kelishi va shakllanishini o'rgatuvchi 
fandir, ta'limot va o'kuv predmetidir, u dastlabki diniy tasavvurlarning paydo bulishidan urug'-qabila, milliy 
va jahon dinlari paydo bo'lgan barcha ijtimoiy xodisalarni, ma'naviy omillarni – mafkura va aqidalar, urf-
odat va marosimlar, masjid va diniy tashkilotlarning talab va tartiblarini o'rganish, tahlil kilishni ko'zda 
tutadi. 
Din muammolariga xos dastlabki g'oyalar Markaziy Osiyoda – deizm, panteizm va boshqalar, bu o'lkada 
yashagan, ijod qilgan ulug' allomalar Muhammad Muso Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Forobiy, Beruniy, Ibn 
Sino, Umar Xayyomning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida, Ibn Rushdning «Ikki haqiqat» ta'limotida olg'a 
surilgan edi. XVII asrda Boburning nabirasi Shox Akbar, so'ngra XVII asrda fransuz faylasuflarining 
dinga, diniy tashkilotlarga munosabatlari X!X asrda ilmiy dinshunoslik doirasida yangi oqim, yunalish va 
nazariyalar yuzaga kelishiga katta turtki bo'lgan. 
Ammo o'sha davr dinshunosligi dinga o'z ijtimoiy-siyosiy qarashlarini bayon etar ekan, bu qarashlari 
diniy tashkilotlar manfaatlari bilan bog'lanmagan, mafkuraviy jihatdan betaraf qilib kursatmoqchi bo'lgan. 
Amalda esa ilohiyotga ko'prok yondashgan. 
Olimlarning dinshunoslik izlanishlari muhim xulosalar chiqarishga olib kelgan. Birinchidan, har qanday 
din ijtimoiy hodisa fenomen hisoblanib, diniy ong ijtimoiy ong shakllaridan biridir; ikkinchidan, diniy 
tasavvur va e'tiqodlar jamiyat taraqqiyotining muayyan ijtimoiy sharoitlari ta'sirida turli-tuman shakl kasb 
etgan; uchinchidan, ibtidoiy diniy tasavvurlardan tortib jahon dinlarigacha bulgan dinlar evolyusiyasini 
e'tirof etish dinshunoslik haqida to'g'ri ilmiy xulosa chiqarish imkoniyatini beradi.
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, «Dinlar tarixi»ni o'rganuvchi «Dinshunoslik» predmetini quyidagicha 
ta'riflash mumkin: Dinshunoslik kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining muayyan bosqichida paydo bo'lgan 
barcha din shakllarining ma'naviy, ijtimoiy, gnoseologik va psixologik ildizlarini, ularning ta'limoti va 
marosimchiligi, ijtimoiy hayotdagi mavqei va ijtimoiy funksiyalarini ilmiy jihatdan o'rganuvchi fandir. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə