Dinshunoslik ma'ruza doc


Mustaqil ta'lim uchun adabiyotlar



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/47
tarix07.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#126262
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Dinshunoslik ma\'ruza doc

Mustaqil ta'lim uchun adabiyotlar: 
 
1. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi.-T.: O'zbekiston, 1998. 
2. Karimov I.A. O'zbekistonning o'z istig'lol va taraqqiyot yo'li.-T.:O'zbekiston, 1992. 
3. Jo'rayev U., Saidjonov I. Dunyo dinlari tarixiyu O'quv qullanmasi.-T.: 1998. 
4. H.Yo'ldoshxo'jayev, B.Rahimjonov, M.Komilov. «Dinshunoslik».-T.:2001. 
5. Mustaqillik izohli lug'ati.-T.: «Fan» 1998 (tegishli maqolalar). 
 
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


2-MAVZU. DIN,DINNING TARIXIY SHAKLLARI VA MOHIYATI. 
R e j a : 
1.
Din va diniy jamoa tushunchalari. 
2.
Ibtidoiy dinlarning shakllari. 
3.
O'rta Osiyo xalqlari tarixida din. 
DIN VA DINIY JAMOA TUSHUNCHALARI
. «Din» tushunchasi ifoda etgan ijtimoiy hodisa ko'p 
qirrali, murakkab va ziddiyatli jarayon ifodasidir. Undan o'tmishdagi g'oyat og'ir va hozirgi murakkab 
sharoitlarda har xil ijtimoiy-siyosiy harakatlar turli maqsadlar yo'lida foydalanishga intilganlar. 
DIN 
tushunchasi o'zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan bo'lib, ishonch, inonmoq ma'nosini bildiradi. 
Bizning fikrimizcha, din real voqelikdagi, ijtimoiy hayotdagi narsa va hodisalarni tabiatdan, jamiyatdan 
tashqarida mavjud deb hisoblaydigan, ularni o'ziga xos tarzda aks ettiradigan ma'naviy e'tiqod va amalning 
bir turidir. 
E'TIQOD 
so'zi ham arab tilidan kirib kelgan bo'lib, chuqur, mustahkam ishonch ma'nosini 
anglatadi. Demaq diniy e'tiqod deganda mustahkam, chuqur ishonch, maslaq ishonish tushuniladi. Iloo'iyot, 
ya'ni diniy ta'limot nuqtai nazardan «din», «diniy e'tiqod» tushunchalari jamiyat, inson, uning ongi 
hayotning ma'nosi, maqsadi va taqdiri uni bevosita qurshab olgan moddiy olamdan tashqarida bo'lgan, uni 
go'yo yaratgan, ayni zamonda insonlarga birdan-bir «tugri», «haqiqiy», «odil» hayot yullarini ko'rsatadigan 
va o'rgatadigan ilohiy kuchga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslaq karashlar, ta'limotlar majmuidan 
iboratdir. 
Islomgacha «din» so'zining o'rniga «tangri yo'li», «unga ishonch» iboralari qo'llanilgan bo'lsa kerak. 
Turkiy elatlarning islomgacha bo'lgan diniy e'tiqodlariga binoan «tangri» butun olamni, insonni yaratgan, 
«yuksaklik», «eng baland», «bahaybat» degan ma'nolarni ham anglatgan. 
Ilmiy bilimlarga asoslangan dunyoviy ishonchli, haqiqiy ta'limot olamning mavjudlik sabablari masalasida 
diniy qarashlar bilan kelishmasa-da, ammo insonni, uning ijtimoiy faoliyati, ma'naviy va axloqiy 
qadriyatlarini o'rganishda minglab yillar mobaynida uning bag'rida qo'lga kiritilgan bilim, tajriba, ularning 
hozirgi kundagi ijobiy ahamiyatini aslo rad qilmaydi. qolaversa, din bag'rida shakllangan ma'naviy, 
jumladan axloqiy qadriyatlarning vujudga kelish sabablari, ularning kishilarga ijobiy ta'sirchanlik masalalari 
ilmiy jihatdan o'rganish va bu ma'naviy-ahloqiy qadriyatlardan foydalanish ko'proq ahamiyatga ega 
bo'lmoqda. 
Ma'lumki, diniy olng ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib, uning mavjudligi ham ijtimoiy borliq bilan 
belgilanadi. Kishilarning ijtimoiy, ma'naviy hayoti moddiy asosga (bazisga) bog'liq. Ijtimoiy xayot jamiyat 
bilan tabiat orasidagi birlikning muayyan ko'rinishi bo'lgan hukmron ishlab chiqarish usulining taraqqiyot 
darajasiga asoslanadi. Demaq ijtimoiy borliq, bir tomondan, jamiyat bilan tabiat orasidagi birlikni, ikkinchi 
jihatdan, jamiyat a'zolari orasidagi o'zaro munosabatni qamrab oladi. Diniy ong ijtimoiy ong shakllaridan 
biri sifatida ana shu munosabatning muayyan shakllarining in'ikosidir. 
Dindor o'z tasavvurida o'zining toat-ibodatga oid harakatlari orqali ilohiy kuch bilan bevosita aloqa 
bog'lanish o'rnatadi. Din muayyan ta'limotlar, his-tuyg'ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning 
faoliyatlari orqali namoyon bo'lganligi uchun ular dinning elementlari (qismlari) deb ataladi. Bu tarkibiy 
qismlar bir-birlari bilan uzviy bog'liqdir; dinning mavjudligi bu tarkibiy qismlarning hammasini taqozo 
qiladi. Dinning tarkibiy qismlari orasida diniy ong, diniy tasavvurlar yetakchi o'rin egallaydi. Binobarin, 
diniy marosimlar, diniy psixologiya, diniy birlashmalar esa diniy tasavvurlarni mustahkamlaydi va uzoq 
davrlarda yashashi uchun xizmat qiladi. 
Diniy ong bir-biri bilan bog'liq, o'zaro muayyan darajada ijobiy mustaqil bo'lgan diniy mafkura va diniy 
psixikadan iborat. Diniy mafkuraning vujudga kelishi va shakllanishi sinfiy jamiyatda ro'y bergan aqliy 
meo'natning jismoniy mehnatdan ajralishi va buning 
natijasida vujudga kelgan dastlabki qohinlar, keyinchalik ruhoniylar faoliyatlari bilan bog'liq. Ular o'z 
g'oyaviy faoliyatlarida diniy mafkurani yaratadilar va buni asoslash, targ'ib qilish bilan shug'ullanadilar. 
Diniy psixologiya – ruhiy holat bo'lib diniy mafkuradan ancha oldin vujudga kelgan. U oddiy 
dindorlarning his-tuyg'ulari bilan boghliq odatlari, kayfiyatlaridan tashkil topadi. Diniy mafkura diniy psixik 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


holatni g'oyalar bilan mustahkamlasa, bunisi diniy mafkurani his-tuyg'ular, odatlar vositasida 
chuqurlashtiradi. Hozirgi davrda oddiy dindorlarning xatti-harakatlaridagi islomga xos bo'lmagan ibtidoiy 
dinlarning qoldiqlari bunga misol bo'la oladi. Bularga pol ochirish, kinna soldirish, issiq-sovuq qildirish, va 
h.k.lar kiradi. 
Dinning ta'rifi, uning tarkibiy qismlari, diniy ong darajalarini bilishning ilmiy, amaliy ahamiyati 
shundaki, u kishilar hayotidagi diniy va diniy bulmagan xarakatlarni bir-biridan farqlash, ularga alohida-
alohida yondashish imkonini beradi. 
Jamiyat moddiy hayot sharoitlarining ta'siri ostida vujudga kelgan din tarixiy va ijtimoiy shodisadir. U 
ijtimoiy taraqqiyotning muayyan bosqichida, ma'lum bir sabablarga binoan vujudga kelgan. 
Diniy munosabatlar, birinchidan, har bir diniy jamoa, uyushma, tashkilotlar orasidagi, ikkinchidan, diniy 
tashkilotlar o'rtasidagi va uchinchidan, tashqi munosabatlar doirasidagi aloqalarga bo'linadi. Bu aloqalarning 
ob'yekti va sub'yekti diniy jamoalardir, ular diniy e'tiqodga asoslangan kishilar birligining muayyan shakli 
va diniy uyushmaning boshlang'ich elementidir. Bu birlikning asosiy belgilari quyidagicha: 
1)diniy e'tiqod. Maqsad va vazifalar birligi; 2) diniy marosimlar va undan tashqaridagi 
faoliyatlarning birligi; 3) etnik birlik tuyo'usi; 4) jamoa a'zolari orasidagi uzaro taqsimlangan mavqei va 
vazifalarning birligi. 
Diniy jamoalarning to'zilishi an'analar va urf-odatlar, huquq yoki umumiy dasturlar, qoida, fatvolar bilan 
belgilanadi. Bular maxsus mezonlar asosida rasmiy va norasmiy guruhlarga:- «Jamoa kengashi», 
«ruhoniylar», «qavmlar» va «va'zxonlar»ga, diniy va xujaliq moliya ishlari bilan shug'ullanuvchi guruhlarga 
bo'linadi. 
O'rta Osiyo xalqlari mslomgacha e'tiqod qilgan zardushtiylikda diniy qarash va tasavvurlar dunyoviy 
ishlarga faol munosabatda bo'lishga chaqirilgan. Xususan, bu dinda chorva mollarini boqish, dehqonchilik 
bilan shug'ullanish dindorlikning asosiy belgisi, vazifasi darajasiga kutarilgan. Taqvodorlikning asosiy 
belgisi chorvaga, oilaga ega bulish va don ekishdir. Dan ekkan kishi taqvodorlik urug'ini ekadi. Bunga ixlos 
kuyish 10 ming marta ibodat qilish bilan barobar, yuzlab qurbonlik g'ilishga teng deb hisoblangan. Bu 
zardushtiylikning muhim ijobiy tomoni edi. 
Bu dinda mehnat juda ulug'langanyu u faqatgina moddiy ne'matlar manbai bulmay, balki birinchi 
navbatda, ahloqiy sog'lom va ezgulik manbai bo'lgani uchun ham yuksak qadrlangan. Bu vaziyat muayyan 
shaklda boshqa dinlarda ham bor. Chunonchi, hadislarda bayon qilingan ota-ona va farzandlar, boshqa 
millat vakillari bilan bog'liq fikrlar, qarashlar ham bunga yorqin misol bo'la oladi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə