Dinshunoslik ma'ruza doc


IBTIDOIY DINLARNING SHAKLLARI



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/47
tarix07.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#126262
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   47
Dinshunoslik ma\'ruza doc

IBTIDOIY DINLARNING SHAKLLARI
. Ibtidoiy odamlar hozirgi davrdagi singari to'la shakllangan 
diniy sistemaga ega bulmagan. Ularda boshlang'ich diniy tasavvurlargina bulgan, xolos. Dinning ana 
shunday ibtidoiy shakllari urug'chilik tuzumi shakllanayotgan davrda paydo bulgan. 
Ibtidoiy odamlarning diniy e'tiqodlari totemizm, animizm, fetishizm, shomonliq magiya(sehrgarlik) 
shakllarida tarqalgan; ularning elementlarim hozirgi zamon dinlarida ham uchraydi. 
T O T YE M I Z M
- hindlar tilidagi «O totem»(uning urug'i) degan so'zdan kelib chiqqan. Totemizm 
ibtidoiy g'oyat sodda diniy e'tiqodning bir turi bo'lib, qadimgi zamondagi urug'-qabila a'zolarining muayyan 
bir hayvon, o'simlik bilan g'ayri-tabiiy aloqasi, yaqinligi, qon qarindoshligi bo'lgan deb, bu hayvon va 
o'simliklarni muqaddaslashtirishdan iboratdir. Totemizmning muayyan kishilar guruhining tabiat, binobarin, 
tashqi muhit bilan bog'liqligini ifodalovchi dastlabki shakllaridan edi. Har bir qabila yoki urug' o'z sharoitini 
hamda imkoniyatlarini ko'zda tutib, ba'zi hayvonlarni ovlar va ular haqida yetarli ma'lumotlarga ega edi. 
Bunday hayvonlarni yaqindan bilish ularning urug' bilan yaqinligi yoki qon-qarindoshligi bo'lsa keraq degan 
tasavvurni keltirib chiqargan. Natijada ba'zi hayvonlar, keyinchalik esa o'simlikning ba'zi navlari ham 
muayyan urug' a'zolarining ajdodi – totemidir, degan tasavvur shakllanishiga olib kelgan. Shu boisdan 
keyinchalik urug' a'zolari totemning «yordamiga» ko'z tikkanlar, uni muqaddaslashtirib, o'z homiylari deb 
hisoblaganlar, sehr yo'li bilan unga ta'sir qilishga uringanlar. Totemga sajda qilingan, u himoya qilingan, 
e'zozlangan, uni otib o'ldirish, iste'mol qilish man etilgan. Faqat ayrim hollarda, ya'ni tantanali kunlarda 
totem hisoblangan hayvon yoki o'simlikni maxsus rasm-rusumga rioya qilingan holda iste'mol kilish 
mumkin bulgan. Urug' a'zolarida shundagina totemning kuch-quvvati kishilarga o'tadi va u kelgusida ham 
urug'ning homiysi bo'lib qoladi degan tasavvur bulgan. 
Totemizm e'tiqodlari tub avstriyaliklarda keng saqlanganligini ularning nomlaridan payqash mumkin. 
Ular urug'larni konkret hayvonlar (kenguru, oq ho'kiz, qora ho'kiz kabi ayrim o'simliklar) nomi bilan 
ataganlar. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


Totemizining elementlarini hozirgi dinlarda ham ko'rish mumkin. Masalan, hinduizm dinida fil, sigir, 
maymun, ilon kabilar muqaddas hayvonlar hisoblangan. O'zbeklarda qaldirg'och, musicha, laylaq ko'k 
qarg'ani muqaddas qushlar deb e'zozlash ham totemizmning ko'rinishlaridan biridir. Markaziy Osiyo 
xalqlarida, shu jumladan o'zbeklarda muchalga qarab vaqt xisobini chiqarish totem e'tiqodi bilan bog'liqdir. 
Masalan, ota-bobolarimizda odamlarning yoshini ya'ni tug'ilgan kunidan boshlab qancha yashaganligini 
muchal orqali, muayyan hayvon nomlari bilan atalgan yil hisobidan keltirib chiqarish odati bo'lgan. 
Muchal mo'g'ul, xitoy va butun turkiy xalqlarda keng talqalgan yil hisobi bo'lib, unda yil oylari 12 hayvon 
nomi bilan ataladi: sichqon (mush), mol (gav), yo'lbars (palang), quyon (xargusht), baliq (naxang), ilon 
(mor), ot (asp), qo'y (go'sfand), maymun (hamduna), tovuq (murg'), to'ng'iz (xo'k) shular jumlasiga 
kiritilgan. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə