Dinshunoslik ma'ruza doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/47
tarix07.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#126262
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   47
Dinshunoslik ma\'ruza doc

SINTOIZM 
(Sinto-xudolar yo'li demakdir). Yaponiyada keng tarqalgan, an'anaviy milliy 
xarakterdagi dinlardan biri. Bu din ilk feodalizm davrida (VI-VII asrlar) rivojlangan va urug'chiliq 
qabilachilikka xos animistik va shomonlik marosimlari yig'indisidan iborat holda vujudga kelgan. Sintoizm 
ta'limotida Yaponiyada joriy etilgan ijtimoiy-siyosiy tartibning mustahkamligi va o'zgarmasligiga, quyosh 
tangrisi-Amaterasuning naslidan deb hisoblangan yapon imperatori-Mikado hokimiyatining ilohiyligiga 
ishonish, imperator ajdodlarini muqaddas deb tan olish, ajdodlar sharafiga tayinlangan oila-urug' 
marosimlarini bajarish kabilar asosiy o'rin egallaydi. Sintoizmning puxta ishlangan aqidalari yo'q. Diniy 
marosimlarni kannushlar deb ataladigan alohida kohinlar ijro etadi. Kannushlik vazifasi nasldan-naslga 
o'tadi. Hozirgi vaqtda yaponlarning yarmida ko'pi Sintoizm bilan Buddizmni teng ko'rib, har ikkalasiga 
e'tiqod qiladilar; Hayotiy marosimlar-tug'ilish, nikoh kabilar Sintoizm ibodatxonlarida bajarilsa, dafn 'tish 
va marhumni xotirlash marosimlari buddaviylik ibodatxonalarida o'tkaziladi.
Sintoizm bilan buddaviylikning bir-biriga ta'siri kuchli. Sintoistlar buddaviylik dini uchun 
ibodatxonalar qurish bilan cheklanmadilar, balki o'rta asrlarga kelib sinto-budda qo'shma ibodatxonalari 
vujudga kela boshlagan. Sintoizmning o'ziga xos xususiyati o'zi targ'ib qilgan xudoga sig'inish, boshqa 
millat kishilarining bu dinga sig'inishini man etishdan iborat. Sintoistlarning muqaddas kitobi 
bo'lmagan,ammo ibodatxonalarda yozilgan diniy afsonalar uchrab turadi. VIII asrga kelib og'zaki diniy 
afsonalar asosida «Kodziki» (Qadimgi ishlar to'g'risida yozuvlar) nomli diniy kitob paydo bo'ldi. Unda 
asosan imperatorlar sulolasining kelib chiqishi ilohiylashtirilgan.
1886 yildan to XX asrning 40 yillarigacha Sintoizm yaponiyaning davlat dini hisoblanar edi. 
Natijada dinning strukturasi ham o'zgara boshladi, ilohiy ruhlar o'rniga imperator shaxsi ulug'landi. 
Sintoizmda milliy ibodatxonalar ko'plab qurildi. XIX asrning oxirlariga kelib mohiyatini yo'qota boshlagan 
Sintoizm 1945 yilda davlatdan ajrtib tashlandi. Hozirgi paytda Sintoizm tarafdorlari unchalik ko'p emas, 
ammo uni zamonga moslashtirishga urinishlar davom etmoqda. 
IUDAIZM
-Eng qadimgi dinlardan bo'lib, eramizdan oldigi XIII asrda yaxudiylarning milliy dini 
sifatida vujudga kelgan. Uning paydo bo'lishi va umstaqil monoteistik din din sifatida maydonga chiqishi 
markazlashgan yahudiy davlatining tashkil topishi bilan uzviy bog'liqdir. 
Hozirgi Falastin hududida qadimgi zamonlarda dehqonchilik va chorvachilik bilan shug'ullangan 
ko'chmanchi yahudiy qabilalari yashagan. Bu qabilalarda din sifatida animizm, magiya, fetishizm, 
sehrgarlik va turli o'simlik hamda hayvonlarga sig'inish hukmronlik qilgan. Yahudiy qabilalari o'zlarini 
muayyan hayvonlarning nomalari bilan ataganlar. Iudaizmning «muqaddas» kitoblar to'plamida hayvonlarni 
va o'simliklarni, tabiatdagi dahshatli, stixiyali kuchlarni, arvohlarni va boshqalarni e'zozlash izlari bor. 
Ruhoniylar iudaizmning obro'sini ko'tarish maqsadida yahudiylar «mumtoz xalq», unga dinni xudoning o'zi 
ato etgan, degan fikrni ilgari surardilar; hozir ham qisman. Buning
isboti sifatida ular asrlar davomida jamiyatda sodir bo'lgan ulkan ijtimoiy o'zgarishlar iudaizm ta'limotiga 
hech qanday ta'sir ko'rsatmadi, u yagona milliy dinligicha qoldi, shuning uchun uning ijtimoiy va 
gneseologik ildizlari ham yo'q, deb jar solmoqdalar. Aslida esa yahudiy xalqining ijtimoiy – iqtisodiy 
sharoitiga muvofiq iudaizm, boshqa dinlar kabi, shakl va maxzmunini bir necha bor o'zgartirgan.
Iudaizm politeizmdan monoteizmga o'tguncha bir qancha tarixiy jarayonni boshdan kechirgan. Bu 
jarayon ibtidoiy jamoa tuzumidan quldorlik jamiyatiga o'tguncha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Mana shu 
tarixiy davrda yahudiy qabilalari ko'p xudolarga e'tqod qilganlar.Har bir qabilaning, har bir urug', hatto 
shaharning o'z xudosi bo'lgan; moddiy olam hodisalarining har bir guruhi alohida xudoning nomi bilan 
bog'langan. «Sening shaharlaring qancha bo'lsa,xudolarning shahri ham shunchadir», deyiladi Tavrot 
yozuvlarida. Iudaizmda mahalliy avliyolar hisoblanmish Iso (Iisus), Navin, Ibrohim (Avraam), Ishoq(Isaak), 
Ё
qub(Iakov), Yusuf(Iosif) va boshqalar. Bular boshqa dinlarda, jumladan islomda payg'ambar deb tan 
olingan. 
Falastindagi Ruvim, Simon, Levin va Iuda singari eng mashhur qabilalar obro'si ko'tarila boshlagan. 
Bularning orasida Iuda qabilasi kuchli hisoblanib, obro'si juda oshib ketgan, uning xudosi Yaxve esa barcha 
xudolardan yuqori turuvchi yakka hukmron xudo sifatida qabul qilingan. 
Ilohiyotchilar fikriga binoan, Bibliyaning birinchi besh kitobi bo'lmish Tavrot (aynan tarjimasi 
Qonun, Musoning besh kitobi) yahudiylarga yetkazish uchun Muso payg'ambarga xudo Yaxveining shaxsan 
o'zi Sinion tepaligida bergan. Bibliyaning boshqa qismlari esa (Qadigi ahdga taalluqlisi) xudoning bevosita 
pand-nasihatlari ta'siri natijasida yahudiylarining boshqa turli payg'ambarlariga yuborilgan deb tushuniladi. 
Shunda qilib, Bibliyani shakllanishi uzoq davrni o'z ichiga oladi.
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


Hozirgi zamon iudaizmida isloh qilingan iudaizm bilan bir qatorda ortodoksal iudaizm (sof) 
fundamental iudaizm ham mavjuddir. Ortodoksal iudaizm Isroilda alohida mavqega ega bo'lib, rasmiy 
davlat dini hisoblanadi. Bunga XX asrda vujudga kelgan muhofazakor yo'nalishdagi iudaizm, uning 
mafkurachilari iudaizm va sionizm ittifoqining tarafdorlaridir. Markaziy Osiyoda yashayotgan yahudiy 
dindorlari orasida asosan ortodoksal shakldagi iudaizm mavjud va ular shartli ravishda etnik ko'rinishlar 
tartibiga muvofiq to'rt xil; yevropaliq buxoro, gro'zin, tog'li yoki tat yahudiylariga bo'linadi. 
Bu joylardagi yahudiylarning asosiy qismi, keyinchalik ular Buxoro yahudiylari nomini olgan, 
chamasi, sosoniylar davrida Mavr va Eron orqali kirib kelgan bo'lsalar kerak.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə