Dinshunoslik ma'ruza doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/47
tarix07.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#126262
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   47
Dinshunoslik ma\'ruza doc

H I N D U I Z M
- hozirgi Hindistonda tarqalgan din shaklidir. U eramizdan oldingi dinlar – 
braxmanizm va vedizmning evolyusiyasi natijasida eramizning birinchi ming yilligi o'rtalariga kelib 
shakllangan. Shu davrdan boshlab hinduizm hukmron dinga aylangan. Xozirgi vaqtda Hindiston aholisining 
80 dan ortiqroq foizi hinduizmga e'tiqod qiladi. Hinduizm sinkretik din bo'lib, turli e'tiqodlar, urf-odatlar va 
marosimlar, maxalliy diniy e'tiqod va qarashlarning murakkab kompleksi sifatida voqe bo'lib, urug'-qabila 
dinlari elementlarini, braxmanizm, buddizm va jaynizmning asosiy g'oyalarini qamrab olgan. Hinduizm 
o'zining yagona tashkilotiga ega emas. 
Hinduizm insonnning tug'ilganidan to vafot etishigacha bo'lgan huquq va vazifalarini belgilab va cheklab 
qo'yadi. Shuning uchun unda marosimchilikka keng o'rin berilgan. Hinduizm kishilarning ijtimoiy 
tengsizligini oqlaydi va abadiylashtiradi, ruhning o'lmasligi va ko'chib aylanib yurishi (sansara ta'limoti), 
qayta tug'ilishi (karma ta'limoti), gunoh ishlar uchun javob berishi, jannat va do'zax kabi aqidalarni o'z 
ichiga oladi. 
Hinduizm politeistik din bo'lib, unda ko'p xudolilik elementlari saqlangan. Dindorlar tasavvurida bosh 
xudo Braxman Koinotning ijodkori va yaratuvchisidir. Bundan tashqari hindlar Vishnu va Shiva xudolariga 
ham e'tiqod qiladilar. Hinduizm ta'limotida xudoning uch xil ko'rinishida tasavvur etilishi (trimurti) eng 
oliy, ilohiy, yakka xudoning uch xususiyati, deb talqin qilinadi. Bu xristianlikdagi uch yuzli xudoga 
uxshaydi. 
Hinduizm ta'limoticha, olam paydo bo'lib, yemirilib, yuq bo'lib turadi, ya'ni olamning yashashi 
progressiv emas, aksincha, regressiv xarakterga ega; har bir davr olamning yuksak rivojlangan cho'qqisidan 
boshlanib, uning inqirozga uchrashi bilan tugaydi, insonlar gunohga botib ketgach, olam yuqoladi. 
Hinduizm jamiyatning tabaqalarga bo'linishini aks ettiruvchi savob va jazo (karma) g'oyasiga asosan, 
inson hayotida 4 ta asosiy maqsad bor, deb da'vo qilinadi: 1) dxarma – oila va jamiyatda diniy talablarni 
bajarish; 2) artxa – foydali ishlar qilish, zarur materiallarga ega bo'lish; 3) kama muhabbat tuyg'ulariga 
erishish, his-tuyg'ularni qondirish; 4) moksha – o'zgarish zanjiridan butunlay xalos bo'lish. 
Vishnuizm va shivaizm oqimlarining vakillari o'z xudolariga bag'ishlab minglab katta-kichik 
ibodatxonalar qurganlar. Bu dinga e'tiqod qiluvchilar «muqaddas joylar», daryolar va boshqa xar hil 
narsalarga sig'inadilar. Hind xalki orasida yovuz ruhlarga e'tiqod qtltsh keng tarqalgan. Ular turli hayvonlar 
– hukiz, sigir, maymun va ilon kabilarga ham sig'inadilar, ularni muqaddaslashtiradilar. 
Hind xalqi uchun Gang daryosi muqaddas hisoblanadi. Hinduizm diniga e'tiqod qiluvchilar Banoras 
shahrini ham muqaddaslashtirishgan. Rivoyatlarga ko'ra, go'yo Gang daryosi qirg'og'ida kishi hayotdan ko'z 
yumsa, narigi dunyodagi hayoti ancha yengillashar, jannatga yul olar degan diniy fikr bor. 
Hinduizmning xarakterli xususiyatlari, yuqorida qayd qilingandeq jamiyatdagi kishilarni tabaqalarga – 
kastalarga ajratishdir.hozirgi paytda kishilarni tabaqalarga bo'lish ta'qiqlanadi. Hinduizmning «muqaddas» 
yozuvlariga Veda, Upanishadlar kiradi. Keyinchalik «Maxabxarata» va «Ramayana» dostoniga o'xshash, 
diniy marosimlar va urf-odatlar sigdirilgan har xil afsona, rivoyat, hikmatli suzlar, epik dostonlar paydo 
bo'la boshladi. 
Hozirgi vaqtda hinduizm Hindistondan tashqari Nepal, Shri Lanka, Bangladesh, Gavana va hindlar 
yashaydigan boshqa hududlarda tarqalgan. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə