Dinshunoslik ma'ruza doc


O'RTA OSIYO XALQLARI TARIXIDA DIN



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/47
tarix07.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#126262
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   47
Dinshunoslik ma\'ruza doc

O'RTA OSIYO XALQLARI TARIXIDA DIN. 
Markaziy Osiyo xalqlari shakllanish tarixining 
murakkab va o'ziga xos tomonlari mavjuddir. Bu vaziyat ularning diniy e'tiqodlarida ham o'z aksini topgan. 
Bu tarixiy jarayonning mazmunini dinning qadimgi shakllari va elementlari, zardushtiyliq monixeyliq 
buddizm, xristianliq yahudiylik va islomdan tashkil topgan dinlarning tarixi tashkil qiladi. qayd qilingan bu 
dinlar Markaziy Osiyo xalqlari tarixida oldinma-ketin o'rin olgan. 
Bu hudud xalqlarining dastlabki manzilgohlari Farg'ona vodiysi tosh davrida, ya'ni eramizgacha 
bo'lgan 1 mln. – 500 minginchi yillarda vujudga kela boshlagan. Quyi paleolit davridayoq (eramizgacha 
bo'lgan 10 ming yillar) bu yerlarda Teshiktosh, Sherobod va boshqa makonlar) ma'naviy madaniyatini 
shakllanganligini ifoda etuvchi qoyalarga o'yib tasvirlangan rasmlarYU xaykaltaroshlikning eng oddiy 
turlari paydo bo'la boshlagandi. Ibtidoiy odamlar o'simlik va hayvonlarning ramziy ifodalarini xayoliy 
tarzda o'zaro biriktirgan, uyg'unlashtirgan; bu ilk badiiy asarlar voqelikni insonning real va hayoliy 
o'zlashtirishlarini o'zida ifoda etgan; shu bilan birga bular diniy qarashlarning ham vujudga kela 
boshlaganligini ham bildirgan. Keyinchaliq nealit davrida «muqaddas» hayvonlarga, ona-xudoga 
bag'ishlangan xaykallar, toat-ibodatlar, diniy urf-odatlar bilan bog'liq buyumlar paydo bula boshlagan. 
Sharq xalqlarining qadimgi diniy qarashlarida samoviy jismlarga, hodisalarga itoat qilishlar ham keng 
o'rin olgan. Bu borada yulduzlar harakatiga keng o'rin berilgan. Markaziy Osiyo xalqlarining «Tangri»ga 
ishonishi, samoviy jism va hodisalarni muqaddaslashtirishlar bilan bog'liq qadimgi bir qancha diniy 
tasavvurlarning o'zaro uyg'unlashuvining natijasidir. Ko'pgina turkiy xalqlarda Tangri xudo sifatida 
osmonga, yerga, oyga nisbatan ham qo'llanilgan. Bu vaziyat osmon, yer, suv, tog' xudolarini u davrlarda bir-
biridan ajratilmaganligidan dalolat beradi. Sharq xalqlari orasida ajdodlar ruhlariga sig'inishlar, ulardan 
madadlar kutishlar, yer, inson salomatligi uchun foydali bo'lgan chashma va buloqlarni 
muqaddaslashtirishlar, ular bilan bog'liq qurbonliklar qilishlar hanuzgacha uchrab turadi. Tog' balandliklari, 
dovonlari, so'qmoqlari bilan bog'liq ruhlar eng kuchli va qudratli ruhlar hisoblangan. Ular sharafiga 
bag'ishlangan tosh buyumlari, muqaddas tepaliklar, sun'iy to'siqlar, ayrim hollarda esa xom g'ishtlardan 
qurilgan gumbaz tom bilan yopilgan maxsus inshootlar barpo qilingan. Odatda bular atrofiga tog' echki va 
quylarning shohlari terib qo'yilgan, uzun tayoqlarga bir tutam jun, latta, paxta va yovvoyi qo'toslarning 
dumlari osib qqo'yilgan. Hozirgi davrda ham bunday «muqaddas joylar»da, garchi hech kim dafn 
qilinmagan bo'lsa ham, mozorlar deb atalaveradi. Bular islom bilan bog'liq marosimchiliq toat-ibodatlarning 
tarkibiy qismiga aylanib qolgan. Dinning qadimiy shakllariga ona xudo (Onaxit) bilan bog'liq tasavvurlar 
ham kiradi. Ona xudo hosildorlikning, mo'l-ko'lchilikning ramziy ifodasi, oila o'chog'ini, yangi yosh 
avlodning homiysi ham xisoblangan. O'zbeklardagi Anbar ona, qirg'izlardagi Umoy enelar shular jumlasiga 
mansubdir. Dehqonlarga «Bobo dehqon» haqidagi tasavvur ham shular qatoriga kiradi. 
O'rta Osiyo xalqlarining ilk qarashlari tarixi totemistik qarashlar bilan bog'liqdir. Bu qarashlar asosan 
yirtqichlarni muqaddaslashtirish orqali namoyon bo'ladi. Muayyan insonlar guruhlari hayvon turidan kelib 
chiqqan deb faraz qilish totemistik qarashlarning asosiy mazmunidir. Masalan, it, buri, kiyik yoki bug'u, 
burgutlar turkiy xalqlarning bosh totemlari hisoblangan. Ular muayyan urug'larning asoschisi va homiysi 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


deb bilingan. Markaziy Osiyo xalqlarining ilk diniy qarashlarida tuya va otlarni muqaddaslashtirish keng 
o'rin olgan. Bu jarayon eramizdan oldingi davrlarda kuchmanchilik turmush tarzi va u bilan bog'liq xujalik 
ishlarining shakllanishi tufayli yanada rivojlangan. Eramizning III-IV asrlaridan boshlab 300 yildan kuproq 
davr mobaynida qadimgi Buxoroda zarb etilgan tangalarda, garchi turli-tuman ko'rinishlarda bo'lsa ham, 
tuyaning tasvirlari chop etilgan. Markaziy Osiyo xalqlarining diniy qarashlarida bunday xayvon 
shakllaridagi muqaddaslashtirishlarning g'oldiqlari uzoq davrlar mobaynida saqlanib qolgan. 
Fetishizm, animizm va boshqa shu kabilardan iborat bo'lgan qadimgi xalqlarning ilk diniy qarashlarni 
urug'chilik tuzumining yemirilishi va uning o'rnida sinfiy tabaqaviy jamiyat tashkil topishi jarayonida 
o'zgarib borgan. Ovchilik bilan bog'liq sehrgarliq afsungarlik va totemistik xislatlarga ega bo'lgan qarash va
harakatlar, keyinchalik ruhlar yoki shaytonlar haqidagi tasavvurlarga, hamma narsa va hodisalarni, 
odamlarni ikkilantirishga, ya'ni bir-biriga nisbatan mustaqil moddiy va ruhiy tomonlari bor degan 
qarashlarni vujudga keltirgan. 
Kishilik jamiyatining ilk bosqichlarida; toat-ibodatlar bilan bog'liq ijtimoiy hayotda jamoaning, 
urug'ining hamma a'zolari bir xil shakllarda qatnashganlar. Chunki bu bosqichlarda urug'dosh va 
qabiladoshlar orasida ijtimoiy tenglik hukm surgan. Keyinchalik urug'chilik-qabilachilik tuzumining 
yemirilish davrida, mas'ul kishilar uchun maxsus joylar, ruhoniylikni kasb-hunar qilib olgan kishilar 
toifasiga (kohinlar, sehrgarlar va boshqalar) vujudga kelgan. 
Diniy tasavvurlarning ilk shakllari Markaziy Osiyo xalqlarining keyingi diniy qarashlarining tarkibiy 
qismlarida tarixiy sharoitlar ta'sirida o'zgargan xolda saqlangan: ularning san'ati, madaniyati va turmushiga 
ham muayyan darajada ta'sir ko'rsatgan. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə