Dinshunoslik ma'ruza doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/47
tarix07.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#126262
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47
Dinshunoslik ma\'ruza doc

F YE T I SH I Z M
- (fetish – fransuz tilidagi «fetiko» - yasalgan tumor, but, sanam degan so'zlardan 
olingan) moddiy buyumlarda g'ayritabiiy xususiyatlar borligiga ishonib, jonsiz narsalarga sig'inishdir. 
Ibtidoiy odam ongida har xil moddiy buyumlar – tog', qoya tosh, daraxt, keyinchalik turli hayvonlarning 
suyagi, pati, tumor, sanam va hokazolarda g'ayritabiiy kuchlar bor, degan tasavvur paydo bulgan. O'zlari 
vujudga keltirgan bunday kuchlarga o'zlari sig'ina boshlaganlar. Ibtidoiy din shakllaridan biri bo'lgan 
fetishizm barcha halqlarda diniy tasavvurlar shakllanishi bilan uzviy bog'liqdir. 
Fetishizm politeistik (kup xudolik), hatto monoteistik (yakka xudolik) dinlarida hozirgacha saqlanib 
kelmoqda. Masalan, xristianlarda krestga (butga) sig'inish, islomda esa turli o'simlik turlarini – sedana, 
ko'ztikan, qalampirmunchoq, achchiq qalampir, isiriq, chilonjiyda, daraxtlardan – yong'oq, chinor, archa va 
boshqalar muqaddaslashtirilib, boshqa buyumlarga, shu jumladan odamlarga ta'siri yoki yordami bo'lishi 
mumkin degan tasavvur paydo bo'lgan. Bunday xususiyatni tog'-toshlarga, turli buyumlarga ham xos degan 
g'ayritabiiy fikrlar shakllangan. 
Fetishizm diniy ibodatning ajralmas qismidir. Hozirgi vaqtda ba'zi soddadil, mutaassiblarning turli 
tumor, ko'zmunchoq va hokazolarni taqib yurishlari, daraxtlarga latta-puttalarni osishi, is chiqarishi shunday 
jismlarni ilohiylashtirish, ularning mo''jizaviy kuchiga ishonish fetishizmning diniy e'tiqoddagi eng 
xarakterli ko'rinishi va qoldig'idir. 
SH O M O N I Z M
- ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilishi davrida paydo bo'lgan animistik e'tiqod va 
ibodatning keng doirasiga kiradigan qadimgi diniy e'tiqodlardan biri. Uning o'ziga xos xususiyati – kishilar 
orasida turli ruhlar bilan munosabatda bo'la oladigan shomonlar qobiliyatiga ishonishdir. Shomonlarga, 
shuningdeq kelajakni oldin aytib berish, kasalni davolash, o'lganlarni oxiratga uzatish, tabiatga xoxlagancha 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


o'zgarishlar qilish kabi xususiyatlar taqaladi. O'tmishda shomonlarning ruh bilan aloqasi shomon do'mbirasi 
yoki mo''jizaviy musiqa ijrosida turli rasm-rusmlarni bajarish jarayonida jazavasi tutib, holdan toygancha 
bajarilgan. Shomonizm o'tmish dinlar sarqiti sifatida ba'zi hollarda uchrab turadi. 
M A G I YA
(sehrgarlik) - insonga, hayvonga yoki tabiat hodisalariga g'ayritabiiy yo'l bilan ta'sir 
ko'rsatish maqsadida bajariladigan xatti-harakatdir. 
Sehrgarlik xarakatining shakllari turlicha bo'lib, ular turmushning xar hil sohalarida qullanilgan. 
Muhabbat magiyasi, davolash magiyasi, ishlab chiharish magiyasi, dushmanni yengish magiyasi kabi 
sehrgarlik ibodat va harakatlar ibtidoiy odamlar hayotida alohida o'rin egallagan, ya'ni ular tirikchilikka 
kerak bo'lgan narsalarni topishdan oldin shu buyum yoki xodisaga bog'lih bo'lgan magik xarakatlarni 
bajarganlar. 
Ibtidoiy jamoa ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojining darajasi pastligi, kishilar hayotining urug' va qabila 
munosabatlari tor doirasi bilan cheklanganligi, tabiat kuchlari oldidagi ojizlik dinning ilk shakllarida o'z 
in'ikosini topgan. Bu ojizlik ibtidoiy odamning sodda, yuzaki tasavvurlariga asoslangan soxta, sehrgarlik 
usullarini qullanishga majbur etgan. Ojizlik qadimgi odamlarning har doim mu'jizaga ishonish bilan 
xayoldagina maqsadga erishishiga madad bergan. 
Ibtidoiy dinlardagi xayoliy in'ikos mahsuli bo'lgan tog', suv, bo'ron, quyosh, momaqaldiroq xudosi kabi 
tasavvurlar turli-tuman bulsa-da, ular oliy va past tabaqalarga ajratilgan emas. Bunday ajratish jamiyat 
taraqqiyotining keyingi bosqichlarida o'tilgandan so'ng yuz bera boshladi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə