Dinshunoslik ma'ruza doc


Mustaqil ta'lim uchun adabiyotlar



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/47
tarix07.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#126262
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   47
Dinshunoslik ma\'ruza doc

Mustaqil ta'lim uchun adabiyotlar: 
1.Avesto tarixiy-adabiy yodgorlik. Asqar Mahkam tarjimasi.-T.:- Sharq, 2001. 
2.Yuldoshev J. Xasanov S. Avestoda axloqiy ta'limiy qarashlar.-T.: O'qqituvchi, 1992. 
3.Isxoqov M.M. Xalq dahosining qadimgi ildizlari va ilk kurtaklari. Til va adabiyot ta'lim. 1993, 2-
son. 
4. Boys M., Zaroastriyso': verovaniya i obo'chai. Izdaniye 2-ye Sankt-Peterburg, 1998 
5. I.Jabborov, G.Dresyanskaya. «Duxi, svyato'e, bogi Sredney Azii»-T.: 1993. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


 
4. – Mavzu. B U D D A V I Y L I K. 
R e j a : 
1. Buddaviylikning paydo bo'lishi va tarqalishi. 
2. Buddaviylik ta'limoti va uning mazmuni. 
3. Buddaviylikning parchalanib ketishi. 

Buddaviylikning paydo bo'lishi va tarqalishi
.Buddaviylikning asoschisi miloddan avvalgi 1-ming 
yillikda yashagan Budda hisoblangan. U tarixiy shaxs bo'lib, 80 yil yashagan. Uning xususida turli 
rivoyatlar mavjud. Uning nomi hhind tilida nurlangan, oliy haqiqatga erishgan degan ma'noni anglatadi. 
Rivoyatlarga qaraganda, keng ma'noda ko'p marta ilohiy tug'ilishlar tufayli mutlaq barkamolikka erishgan; 
boshqalarga ham diniy najot yo'lini ko'rsata oladigan odam bo'lgan. 
Tarixiy manbalarning dalolat berishicha buddaviylikning asoschisi shahzoda Sidxartxadir. U vafot 
etgandan so'ng Budda – «haqiqatga erishgan» deb atalgan; u ushbu oliy maqsadga erishish uchun Gautama 
urug'idan bo'lgan eng obro'li Shakya qabilasini tanlagan; ana shundan bu diniy rivoyatda Budda-Gautama 
nomi keng tarqalgan. Diniy rivoyatlarga ko'ru Gautama hhind qabilasi xukmdorlaridan birining ug'li bo'lib, 
u befarzand bo'lgan; ammo uning xotini g'oyibdan xomilador bo'lib, 45 yoshida o'g'il tuqqan; bola 
tug'ilganda mo''jiza yuz bergan: tabiiy hodisalar – yer qimirlab, chaqmoq chaqib, momaqaldiroq gumbirlab 
turgan; uning ovozini Koinotdagi ilohiy kuchlardan tashqari barcha tirik mavjudodlar ham eshitib turganlar; 
chaqaloqqa Sidxartxa (topshiriqni bajaruvchi) deb nom qo'yganlar; U 7 kundan keyin yurib ketgan va gapira 
boshlagan. 
Sidxartxaning otasi o'g'lini din yuliga bag'ishlashga rozi bo'lmay, unga yaxshi ma'lumot bergan 
hamda yaxshi sharoitlarda tarbiyalagan va u hech qanday qiyinchilik ko'rmay o'sgan; o'spirinligidayoq 
o'zining donoligi, kuchliligi va epchilligi bilan hammani hayratga solar ekan. U bir cholga duch kelgan
kasal yotgan kishini, o'likni ko'rgandan so'ng xayotning mohiyati, maqsadi, og'irliklari, kasallik va o'lim 
haqida o'ylay boshlagan. Binobarin, hayotning behudaligini anglab, tarki dunyo qilgan, darvesh yo'liga 
kirgan; bu bilan u kishilar boshiga tushadigan kulfatlar, azob-uqubatlar sabablarining mohiyatiga tezroq 
yetib, ulardan qutulish yo'lini topmoqchi bo'lgan. Nihoyat, 36 yoshida «haqiqiy bilim»ni topganligini e'lon 
qilgan. Shundan so'ng u Budda deb nom olgan («budda» so'zi ilohiy haqiqitga erishgan, degan ma'noni 
anglatadi). Shu tariqa o'ta ulug'vor haqiqat siri ochilgan, ular buddaviylik ta'limotiga asos qilib olgan. 
Har qanday dinlar kabi buddaviylikning ham kelib chiqishi sababini xalqlarning yashash sharoiti va 
hayotidan, muayyan davrdagi ijtimoiy munosabatlardan izlash va topish lozim. 
qadimgi Hindistonda buddaviylik shakllangan qadar murakkab sinfiy munosabatlar mavjud edi. 
Kishilar oliy, o'rta va quyi tabaqalarga ajratilib, oliyga braxmanlar, xarbiylar, o'rta tabaqaga – dehqanlar, 
eng quyi tabaqaga oddiy xalq xizmatkor, cho'rilar kiritilar edi. 
Buddaviylik quldorlik jamiyatida braxmanlik mazhablaridan biri sifatida paydo bo'lgan. U 
braxmanlikni jonning ko'chib yurishi, jannat va do'zax haqidagi aqidalarni saqlab qolgan. Braxmanlikning 
jamiyatning kasblarga bo'linishi to'g'risidagi ta'limotiga qarshi chiqib, barcha kishilar e'tiqodda teng huquqli 
deb e'tirof etilgan. Buddaviylikning diniy tenglik haqidagi g'oyasi odamlarning kasblarga bo'linib ketishiga 
qarshi kurashda ijobiy rol o'ynagan. Ayni paytda buddaviylik kishilar «azob-uqubat» chekishda va undan 
xalos bo'lishda ham tengdirlar deb hisoblangan. 
Buddaviylik diniy ta'limotining asosiy manbai muqaddas kitob –«Tripitaka» (Uch savat donolik) deb 
atalgan. Bu ta'limotda Budda uchta savatda ta'limot qoldirgan deyiladi: birinchi savat Vinoyapitana (pand – 
nasihatlar, axloqiy me'yorlar); ikkinchi savat – 
Suttapitaka (duolar, dostonlar); uchinchi savat – Abxidhammapitaka (diniy falsafiy masalalar bayoni)lardan 
iborat 
Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi tarixi va madaniyatida buddaviylik muayyan o'rin egallagan. 
U zardushtiylik dini ta'sirida va u bilan yonma-yon shakllangan dinlardan biri bo'lgan buddaviylik miloddan 
avvalgi VI-V asrlarda Xindistonning shimolida vujudga kelgan; keyinchalik Janubi-Sharqiy va Markaziy 
Osiyo hamda Uzoq Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan. Uning vujudga kelishi hind jamoalarida ro'y 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


bergan muhim ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar – urug'-qabilachilik aloqalari va tartiblarining yemirilishi, 
sinfiy jamiyatlarning vujudga kelishi va yirik quldorlik davlatining paydo bo'lishi bilan bog'liq edi. III asrga 
kelib dunyoviy jamiyat (imperator Ashoka)ning faol qo'llab-quvvatlashi natijasida mulkchilik darajasida 
yagona bo'lgan budda tashkiloti (monaxlik jamoasi – singxa) va diniy aqidachilik shakllangan. 
Buddaviylikning markaziy Osiyo va Sharqiy Turkistonda tarqalishi miloddan avvalgi II asrlarda bu 
yerlardagi qabilalarning avlodlari tugatgan grek-baqtriya podshohligining o'rnida qaror topgan Kushon 
imperiyasining rivojlangan davriga to'g'ri keladi. 
Kushon imperiyasi o'zining eng gullagan davrida (milodning I-III asrlarida) hozirgi Markaziy 
Osiyoning bir qismini, Afg'oniston, Pokiston, Shimoliy Hindiston, ehtimol Uyg'uristonni ham o'z ichiga 
olgan. Kushon podsholigi davrida buddaviylik Hindistondan Markaziy Osiyoga, undan esa Buyuk ipak yo'li 
orqali Xitoy va Uzoq Sharqqa tarqalgan. 
Keyingi o'n yilliklar mobaynida olib borilgan arxeologik izlanishlarning natijalari va tarixiy 
ma'lumotlarni umumlashtirgan holda tahmin qilish mumkinki, islomgacha bo'lgan davrda buddaviylik 
Markaziy Osiyo g'oyaviy hayotining muhim tarkibiy qismlaridan birini tashkil etgan. Buddaviylik faqat 
maxsus ibodatxonalargagina emas, balki podsho saroylaridan boshlab, oddiy kambag'al dehqon va 
hunarmandlarning kulbasigacha kirib borgan dindir. Buddaviylikni qabul qilgan Markaziy Osiyo xalqlari 
diniy ibodatlar uchun har xil maxsus inshootlar qurganlar. 
Buddaviylik bilan bog'liq obidalar, ibodatxonalar, haykallar, devorlarga olingan rasmlar Markaziy 
Osiyoda topilgan qadimgi tarixiy obidalar orasida muhim o'rin egallaydi. Buddaviylik bilan bog'liq 
imoratlar, qurilishlar hozirda ham Shimoliy Qirg'iziston, O'zbekiston va Turkmanistonning Janubiy 
tumanlarida, Tojikistonda va Qozog'iston janubida ma'lumdir. 
Bular orasida eng yirik inshoot eski Termizdagi Qoratepa nomli g'or ibodatxonasidir. Bu ochiq sariq rangli 
katta tepalik bo'lib, unga qum toshli g'or binolar o'yib solingan; yer ustida binolar barpo etilgan; bularning 
hammasi bir butun uyg'un bo'lgan buddaning 20-25 ibodatxonasini tashkil qilib, Kushon podshohiligida 
buddaviylikning muhim ahamiyatga egaligidan dalolat beradi. Devorlarga solingan rasmlarni, haykallarni, 
toat-ibodat buyumlarini, tangalarga, sovg'a qilingan sopol idishlarga bitilgan har xil yozuvlarni o'rganishlar 
Qoratepaning milodning I asr oxiri va II asri boshlarida bunyod qilinganligidan, arablar O'rta Osiyoga kirib 
kelganlaridan keyin ular tugatilgan va keyinchalik vayronaga aylanganligidan dalolat beradi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə