Dinshunoslik ma'ruza doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/47
tarix07.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#126262
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   47
Dinshunoslik ma\'ruza doc

Z a r d u sh t i y l i k. 
Zardushtiylik eng qadimgi dinlardan bo'lib, bu din eramizdan avvalgi VII-VI 
Asrlarda dastavval O'rta Osiyoda-Xorazm vohasida paydo bo'lgan. Uning payg'ambari Zardusht tarixiy 
shaxs edi. U mazdakiylik dinini isloh qilib, uning asosida yangi Yakkaxudolik dinini ijod etgan. 
Zardushtiylik – ilgarigi diniy tasavvurlar va kup xudochilikka asoslangan diniy e'tiqodlarni takror 
Zardusht isloh qilishi oqibatida yuzaga kelgan dindir. Bu qadimiy din haqida bir-birini istisno etuvchi fikrlar 
hanuz davom etib keladi. Ko'p tadqiqotchilar Zardusht tarixiy shaxs bo'lib, milodgacha 589-512 yillarda 
yashab ijod etgan birinchi ilohiyotchi, faylasuf, tabiyotshunos va shoir ekanini e'tirof etadilar. Bu haqiqatga 
yaqindir. 
Zardushtiylik p paydo bo'lgan vaqt quldorlik tuzumi endigina paydo bo'layotgan davr edi. U urug'-
qabilachilik qabilachilik tuzumi yemirilib aholi qullar va quldorlarga bo'linayotgan davr bo'lgan. Bu din eng 
avval O'rta Osiyo, so'ng Eron,Ozorbayjonda qaror topgan edi. 
Zardusht yashagan davrda o'troqlik hayoti afzalligi yaqqol namoyon bo'lgan. O'z davrining kohinlari, 
sehrgarlari va mo''tabar qariyalari bilan keng munozaralar olib borgan Zardusht xalqlarga tinch mehnat bilan 
shug'ullanish imkonini yaratish uchun kupxudolik e'tiqodlariga va otashparastlikka barham berib, 
yakkaxudolikka sig'inishni targ'ib etish deb bilgan va shu vazifani bajargan. 
Zardushtiylik eradan avvalni VII-VI asrlarga xos bo'lgan din sifatida undan oldingi urug'-qabilachilik 
dinlari negizida paydo bulgan yakkaxudolik dini. U eramizning to VII-IX asrlargacha turli shaklda davom 
etib, so'ngra uning o'rnini islom egallagan. U dastavval Xorazm vohasida shakllanib, Yaqin va O'rta 
Sharqgacha tarqalib, ayrim asoratlari haligacha saqlanib kelmoqda. 
Avesto faqat diniy manbagina emas, balki dunyoviy bilimlar, tarixiy voqealar, o'zi tarqalgan o'lkalar, 
elatlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, madaniy va ma'naviy qarashlari, diniy e'tiqodlari, urf-odatlari haqidagi 
manba hamdir. Unda bayon etilgan asosiy g'oyalar diniy e'tiqodning ilk sodda bilimlari Zardusht degan 
payg'ambar nomi bilan bog'langan. U «Avesto»ning eng qadimiy qismi «Gat» (xat nomi)ni ijod etgan. 
«Avesto» tarkibiga kirgan bilim, ma'lumotlar qariyb milloddan avval 3000-yillik oxirlari va 2000-yillik 
boshlaridan to milodning boshlarigacha o'tgan davrda yuzaga kelgan; avloddan-avlodga og'zaki o'tib 
olingan, uning buqa terisiga yozilgan ko'p qismi yo'qolgan, yettidan bir qismi saqlangan. U milloddan 
avvalgi III asrda ashrakiylar sulolasi davrida to'plangan. 
Zardushtiylik dini ta'limotini quyidagi uch tarixiy qismga bo'lish mumkin; 1. Eng qadimiy qismi 
miloddan avvalgi 3-ming yillikda vujudga kelgan Yashtlardir; ularda urug'chilik tuzumidagi e'tiqodlar, ko'p 
xudolik tasavvurlari tasvirlangan; 2. Gatlar deb atalgan qismidir. Bunda Axuramazda nomli xudo haqida 
fikrlar yozilgan; 3. Qadimiy ko'pxudolilik va keyingi yakkaxudolilik g'oyalari orasidagi kurash sharoitlarida 
eramizdan avvalgi V asrda har ikkisini kelishtirgan mazdahiylik dini shakllangan. «Avesto» bu dinning 
oxirgi va asosiy qismini bayon etgan. Zardushtiylikning asosiy g'oyalari olimdagi barcha tartiblar, ezgulik 
(yaxshilik) va yomonlikdagi, ziyo va zulmat, hayot va o'lim o'rtasidagi kurashga bog'liq; dunyodagi barcha 
ezguliklarni Ahuramazda, yomonliklarni Ahriman ifodalaydi; bu kurashda odam asosiy kuch va rolni 
o'ynaydi, u tanlash erkinligiga ega, u o'z g'ayrati bilan bu dunyoda adolat topishiga ta'sir eta oladigan
kurashdir. 
«Avesto» ning mukaddas kitoblarida kadimgi dunyo falsafasining 4 asoslari (substansiyasi) – 
tuproq, suv, havo, olov muqaddaslashtirilgan. Tuproq, suv, havoni bulg'ash, ifloslantirish eng og'ir gunohlar 
qatoriga ko'shilgan. Hatto marhumlarning murdalari yerni, suvni, havoni zaharlab ko'ymasliklari uchun
ularning jasadlarini maxsus sopol idishlarda ko'mish rasm bo'lgan. Oxuramazda «yerga yaxshi, mustahkam 
urug'lar sepishdan ortiq savob ish yo'q», degan. Xudoning bu aytganiga amal qilish, 10 ming marta ibodat 
etish yoki yuzlab jonivorni qurbonlikka so'yishdan afzal hisoblangan. Ekin ekish yerdagi yovo'zlikka 
barham berish, hisoblangan. «Odam go'zalligi dehqondan, dehqonchilikdan, - deyilgan bashoratlarda, - 
kimki yerga urug' qadabdi, u odamiylikka iymon keltiradi, shu yo'lgina yagona haqiqat bo'lib, qolgani 
sarobdir. Zardushtiylikning vazmin, musiqa bilan uyg'unlashib ketgan dono o'gitlari ona zaminga
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


dehqonchiliq chorvachiliq hunarmandchilikka va vatanga, xalqqa ulug' muhabbat ruhi bilan uyg'unlashib 
ketgan. Bu hol unda diniy mazmunga qaraganda dunyoviy elementlar ko'p bo'lganidan dalolat beradi. 
Zardushtiylikning barcha marosimlari, jumladan, Navro'z, Mehrjon bayramlari tantanalarida bu ruh 
ayniqsa ulkan qudrat bilan namoyon bo'lgan. Boychechakning chiqishi, lolaqizg'aldoqning ochilishi, 
bodomning gullashi, umuman bahor bilan birga tabiatning go'zallashib borishi ezgulik ruhining tantanasi 
bo'lib, ularning har biri katta shodiyonalikka sabab bo'lgan. Odamlar tabiatning bu go'zalliklarini muqaddas 
bilib, ularni xalq bayramlari va sayillariga aylantirib yuborganlar. 
Zardushtiylikda diniy dasturlar haqidagi g'oyalar bilan birga real, dunyoviy, hozir ham foydali 
nasihat, tavsiya, cheklash, ta'qiqlash, rag'batlantirishga doir o'git va da'vatlar ko'p bo'lgan. Ulardan hozirgi 
mustaqilligimiz davrida ham foydalanish mumkin va lozim. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə