Dinshunoslik ma'ruza doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/47
tarix07.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#126262
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47
Dinshunoslik ma\'ruza doc

KONFUSIYCHILIK. 
Bu oqim qadimgi Xitoyda eramizdan avvalgi IV-V asrlarda paydo bo'lgan. 
Keyinchalik diniy mazmun kasb etgan bu ta'limotga ma'rifatparvar Konfusiy (Kun-Szi, 551-479 yillar) asos 
solgan. 
Konfusiychilik ta'limotida dunyoqarash masalalariga emas, balki, ijtimoiy axloq muammolariga 
kuprq o'rin berilgan. Unda «Axloqli kishi» bo'lish, donishmandlardan ta'lim olish haqidagi g'oyalar ilgari 
surilgan. Bu ta'limotga ko'ra jamiyatda hukm surgan «jen» insonparvarlikka rioya qilmog'i lozim. Bu esa 
kamtarliq ongliliq vazminliq mehribonliq odilliq saxiylikdan iborat. Inson «jen» qonunini o'zlashtirish 
uchun jamiyatda tutgan o'rniga qarab «li» me'yorlarini bajarishi talab etiladi. An'analar, urf-odatlar shunga 
muvofiq belgilanadi. Past tabaqa xalqning «axloqiy ulug'» boshliqlarga itoat qilishi zarurligi shu bilan 
oqlangan.
Konfusiychilikda kishilarni yuqori va quyi tabaqalarga ajratishda ularning boyligi yoki ijtimoiy kelib 
chiqishi asosiy rol uynamagan; bunda yuksak axloqiy fazilatning xizmati katta deb hisoblangan. Biroq bu 
xukmron va qaram tabaqalarga ajratish butunlay inkor etiladi, degan gap emas. Konfusiyning fikricha
tabaqalarga ajratish tartibi eski an'analarga asoslanishi va uni davlat boshqarishi lozim. 
Eramizning boshida konfusiylikka diniy g'oyalar kiritilgan va u diniy ta'limot sifatida talqin qilina 
boshlangan. Konfusiyning qabri yoniga ko'plab ibodatxonalar qurilgan, unga qurbonliklar qilina 
boshlangan. Shu tariqa Konfusiy xudo darajasiga ko'tarila boshlangan. XX asr boshlariga kelib, Konfusiy 
sharafiga qurilgan ibodatxonalar soni tobora ko'paya bordi. 
Konfusiylikda oliy ilohiy kuch osmon hisoblanib, Xitoy xukmroni esa xudolar bilan insonlar 
o'rtasidagi vositachi, «osmon o'g'li», deb talqin qilina boshlagan. Xitoy imperatorlarini hatto xudo darajasiga 
ko'tarishgacha borib yetilgan. 
Konfusiylikda ajdodlarga va ruhlarga sig'inish muhim frin egallaydi. Shu boisdan qurbonlik qilish, 
tug'ilish, oila qurish, dafn va boshqa marosimlar tantanali bajariladi. 
Konfusiylikda kohinlar bo'lmagan, dastlabki davrlarda hech qanday sistemali ta'limot ham 
bo'lmagan. Keyinchalik bu taq'limotlar yaratilib, u hamma klassik qonunlari 13 kitobda, sharhi esa 40 jildda 
bayon qilingan. Bularning eng ahamiyat li qismi 9 ta kitobdan iborat.
Bular: «Sishu» (To'rt kitob) va «Uszin» (Besh kitob) dir. Bu qonunlar ham diniy «muqaddas», ham 
dunyoviy donishmandlik manbai hisoblanadi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə