Dinshunoslik ma'ruza doc


Mustaqil ta'lim uchun adabiyotlar



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/47
tarix07.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#126262
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   47
Dinshunoslik ma\'ruza doc

 
Mustaqil ta'lim uchun adabiyotlar : 
 
1.
Karimov I.A. Olloh qalbimizda, yuragimizda.-T.: O'zbekiston, 1999. 
2.
Mustaqillik izohli lug'ati.-T.: «Fan», 1998, 53-54, 74-75, 155-157 betlar. 
3.
Islom. Spravochnik.-T.: 1989. 
4.
Dinshunoslik asoslari.-T.: O'zbekiston, 1995, 11-19 betlar. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


3-Mavzu. M I L L I Y D I N L A R. 
R e j a : 
1.
Milliy dinlar tushunchasi. 
2.
Hinduizm, jaynizm, sikxizm. 
3.
Konfusiychiliq sintoizm. 
4.
Iudaizm. 
5.
Zardushtiylik. 
Milliy dinlar tushunchasi
.Kishilik jamiyati tarixida din shakllari turli-tuman bulgan. Ammo har 
qanday din muayyan, konkret tarixiy sharoit va ijtimoiy munosabatlarga muvofiq holda paydo bo'lgan, 
o'zgargan hamda rivojlangan.
Din shakllarini shartli ravishda uchta asosiy guruhga bulish mumkin: urug'-qabila dinlari, milliy dinlar 
va jahon dinlari. 
Urug'-qabila dinlarida kishilarning tabiat bilan bo'lgan munosabatlari, ishlab chiqarishga oid faoliyatlari 
(ovlash, ovqat izlash va to'plash) bilan bir vaqtda ularning ibtidoiy tashkilotchilik xususiyatlari ham aks 
etgan. Urug'chilikning ilk davrlarida tabiat diniy e'tiqodning asosiy ob'yekti hisoblangan. O'sha davr 
kishilari qaysi geografik mintaqada yashashlari va qanday turdagi mehnat bilan shug'ullanishlariga bog'liq 
holda buyum va xodisalarning turli jihatlarini ilohiylashtirganlar. Masalan, ov bilan shug'ullanuvchi 
qabilalar uchun hayvonlarning turli zotlariga sig'inish, dehqonchilikning qoyat sodda shakllari bilan 
shug'ullanuvchi uchun esa o'simliklar va samoviy jismlarga sig'inganlar. 
Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilgan va sinfiy tabaqalanish boshlangan davrda xudolar haqidagi 
tasavvurlarning shakllanishi ular bilan bog'liq bo'lgan urf-odat va marosimlarda ham muayyan o'zgarishlar 
bo'lishiga olib kelgan. Dehqonchilik bilan shug'ullanadigan qadimiy xalqlarda halok bo'lib, qayta 
jonlanadigan mavjudot xudolariga sig'inish, yer, suv, samoviy jismlarni ilohiylashtirish, shular bilan bog'liq 
bo'lgan qurbonlik qilish marosimlari paydo bo'lgan. 
Ammo ibtidoiy jamoa tuzumi davrida din jiddiy o'zgarishlarga uchragan bo'lsa ham, muayyan bir 
tizimga aylana olmagan. Urug'-qabila dinlariga xos diniy ibodat-marosimlar Osiyo, Afrika, Janubiy 
Amerika va Okeaniyada yashovchi bir qancha xalqlarda hozirgacha mavjuddir. Shuningdek bu din 
shakllarining elementlari hozirgi zamon milliy va jahon dinlarida ham uchraydi. 
Milliy dinlar deb, odatda bir millatga mansub xalqlar e'tiqod qiladigan dinlar tushuniladi. Bunday dinlar 
shakllanishining dastlabki va eng sunggi davrlarini bir-biridan farqlash lozim.. dastlabki milliy dinlar 
quldorlik jamiyatida vujudga kelgan bo'lib, odatda, politeistiq ya'ni kup xudolik dinlari bo'lgan. Masalan, 
qadimgi grek dini ko'p xudolikning o'zginasidir. Zevs-pantion (qadimgi grek tilida – bosh xudo) hisoblanib, 
bir ukasi dengiz xudosi, ikkinchi ukasi - yer osti podsholigining xudosi hisoblanar edi. Shuningdeq 
muhabbat va go'zallik ma'budasi, urush xudosi, quyosh xudosi va san'at homiysi va boshqa yana bir qancha 
xudolar bo'lgan. Xuddi shunga o'xshash qadimgi yaxudiylar dinning xudosi – Yaxve ham ko'p xudolilikning 
yaqqol namunasidir. 
quldorlik jamiyatidagi dastlabki milliy dinlarning o'ziga xos yana bir xususiyati oxirat to'g'risidagi 
tasavvurning paydo bo'lishi va unga ishonishdir. Ammo bu davrda bunday tasavvurlar hali to'la 
shakllanmagan edi. Ular keyingi davrlarda rivojlangan. Bu davrda qurbonlik qilish keng rasm bo'lib hatto 
majburiy marosimlardan biri hisoblanar edi. Xudolar yo'lida meva-cheva, noz-ne'matlardan tortib, uy 
hayvonlarining barcha turlarigacha, qadim zamonlarda esa hatto odamlar ham qurbon qilinar edi. Milliy 
dinlar rivojlanishining sunggi davrlariga kelib odamlar o'rniga hayvonlar qqurbon qilina boshlangan. Shu 
bilan birga oxirat haqidagi tasavvurlar keng targ'ib qilinardi. 
Milliy dinlar elat-millat dinlari deb ham yuritiladi. Chunki ular urug'-qabila dinlaridan farqli ravishda 
sinfiy jamiyat qaror topishi va shakllanishi davrida vujudga
kelgan va rivojlangan. Binobarin, ular avvalo elatning, sungra millatning shakllanishini uzlarida aks 
ettirgan. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


Milliy dinlarda tasavvur qilingan xudolar milliy xudolar hisoblanib, ibodat-marosimlar asosan muayyan 
elat yoki millatnikigagina mos tushar edi. Binobarin, bu xildagi qadimgi dinlar milliy davlat xarakterida 
bo'lishi bilan boshqa din shakllaridan ajralib turgan. 
Eng sunggi davrning milliy dinlariga quyidagilar kiradi: hinduizm, sikxizm, daosizm, konfusiychiliq 
sintoizm va iudaizm (yahudiylik). 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə