Dinshunoslik ma'ruza doc


BUDDAVIYLIKNING PARCHALANIB KETISHI



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/47
tarix07.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#126262
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47
Dinshunoslik ma\'ruza doc

BUDDAVIYLIKNING PARCHALANIB KETISHI
. Barcha jahon dinlari kabi 
buddaviylik ham ijtimoiy taraqqiyot natijasida va turli mamlakatlardagi ijtimoiy guruhlar tuzumlarning 
xususiyatlariga qarab, turli mazhablarga bo'linib ketgan. 
Buddaviylikda bir necha mazhablar paydo bo'lgan. Bulardan eng yirigi I asrda undan ajralib chiqqan 
xinoyana («kichik arava», tor yo'l ma'nosida) Shri Lanka, Birma kabi mamlakatlarda keng tarqalgan
maxayana («katta arava», keng yo'l ma'nosida) Tibet, Xitoy, Yaponiya, Mongiliyada hamda Oltoy va Uzoq 
Sharqda yashovchi ba'zi xalqlar o'rtasida keng tarqalgan. 
Buddaviylikka xos mazhablardan biri Tibet va Mongoliyada ham tarqalgan bo'lib, u lamaizm degan 
nom bilan yuritiladi. Buddaviylikning bu mazhabi maxalliy xalqlar o'rtasida qadimdan mavjud bo'lgan diniy 
tasavvur va urf-odatlarni o'zlashtirgan. Lamaizmda buddaviylikka xos tasavvurlar bilan bir qatorda, 
Buddaning yana qaytib kelishi va yer yuzida adolatli hokimiyat o'rnatishi to'g'risidagi rivoyatga keng o'rin 
berilgan. Lamaizmni ko'chmanchi, qaloq, savodsiz xalq hayotiga moslashtirishga urunish mavjud; undagi 
ibodat qilish tartibi ham ancha soddalashtirilgan. 
Hindistonda quldorlik tartiblari barham topishi bilan buddaviylik braxmanizmga tobora yaqinlashib 
borgan; keyinchalik hinduizmga qo'shilib ketgan. XI-XII asrlarda buddaviylik Hindistonda o'z ta'sirin 
deyarli butunlay yo'qotgan. 
Buddaviylik ta'limotini tartibga solish maqsadida 1871 yilda Birmada buddavistlarning maxsus 
ibodatxonasida Tripitakaning turli tarjimalari va variantlarini taqqoslash natijasida yagona teksti ishlab 
chiqilgan edi. Yangi tekst mazmuni 729 ta marmar plitaga tushirilgan edi. Bu yozuvlar saqlangan 
ibodatxona dunyo buddistlarining muqaddas joyiga aylantirilgan. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


Buddaviylik ruhoniylari xalqaro miqyosda uning maqeini kuchaytirishga harakat qilmoqdalar. Shu 
maqsadda buddaviylikning turli tashkilotlarini birlashtirmoqdalar, buddistlarning xalqaro konferensiyalari
s'yezdlarini muntazam o'tkazmoqdalar. 
Buddaviylikning bir necha xaoqaro tashkilotlari mavjud. Shulardan eng yirigi Jahon buddistlari 
qardoshligidir. 1 1950 yili to'zilgan. 1956 yili otaxon buddistlarining bu din paydo bo'lganligining 2500 
yilligi nishonlandi. 
Markaziy Osiyoda bir necha yuz mingdan iborat koreys millatiga mansub kishilar yashaydi. 
Ularning oilaviy maishiy an'analari, milliy udumlarining ayrim tarkibiy qismlari mahayana (shimoliy) 
ko'rinishdagi buddaviylik ta'sirida shakllangan. Hozirgi vaqtda bu mintaqada, ayniqsa O'zbekistonda koreys 
buddistlarni xristianlik ta'siriga olishga qaratilgan harakatlar avj olmoqda. 


Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə