Tatu urganch filiali konferensiyalari Axborot texnologiyalari va innovatsiyalar Anjumanda ishtirok etish shartlari



Yüklə 9,32 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix23.12.2023
ölçüsü9,32 Kb.
#155254
Tezis va maqolalarni rasmiylashtirish talablari Konferensiyalar



TATU Urganch filiali konferensiyalari
Axborot texnologiyalari va innovatsiyalar
Anjumanda ishtirok etish shartlari
Konferensiyada qatnashish uchun tezislar va ma'ruzaning to'liq teksti hamda prezentatsiyasini
taqdim qilish kerak. Tezislar o'zbek, rus va ingliz tillarida taqdim qilinishi mumkin. Tezislarning
hajmi - bir varaqqacha, maqolalarning hajmi - 5 varaqqacha.
Dasturiy qo'mita maqolalarni ko'rib chiqadi va talabga javob beradiganlarini to'plamda chop
qilish uchun ajratib oladi.
Anjumanda ishtirok etish uchun shuba nomi ko'rsatilgan holda maqola yoki tezis matnini
nauka@ubtuit uz electron manziliga yuborishingiz kerak bo'ladi.
Maqolalarda keltirilgan ma'lumotlarning aniqligi va imlo xatolari uchun mualliflarning o'zi
javobgardir.
Belgilangan muddatlardan kechiktirilgan, konferesiya yo'nalishlari va rasmiylashtirish talablariga
mos kelmagan materiallar chop qilinmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.
Tezislarni rasmiylashtirish bo'yicha talablar
Fayl matni .doc yoki .docx formatida yozilishi va fayl Name_No.docx formatida nomlanishi
kerak. Bu yerda Name — birinchi muallifning familiyasining lotin harflaridagi yozilishi, No —
maqolaning shart bo'lmagan nomeri (faqat muallif konferensiyaga bitta Name nom bilan bir
nechta maqola jo'natayotgan bo'lsa qo'yiladi).
1. Varaqning tepasida tezisning nomi bosh harflar bilan sahifa o'rtasisiga yozilishi kerak. Ikki
interval qoldirib, navbatdagi qatordan muallifning ismi, familiyasi va bir intervaldan keyin ilmiy
darajasi va u ishlayotgan tashkilot ko'rsatiladi. Ikki interval qoldirilib, muallifning E-mail va
telefoni, bir interval qoldirilib, navbatdagi qatordan kursiv bilan annotatsiya (3-5 satr) va kalit
so'zlar (3-6 so'z), yana ikki inteval qoldirilib, navbatdagi qatordan tezis, maqola matni yoziladi.
2. Konferensiyaning ish tili - ingliz, rus, o'zbek tillari.
3. Sahifa o'lchami - A4, mo'ljal - "knijnaya".
4. Sahifa hoshiyalari: yuqoridan 2,5 sm; pastdan 2,5 sm; chapdan 2,5 sm; o'ngdan 1,5 sm.
5. Shrift "Times New Roman", o'lcham - 14.
6. Satrlararo interval - 1,5.
7. Abzats uchun qoldiriladigan masofa - 1,25 sm.
8. Maqola, tezis matni talablarga mos ravishda rasmiylashtirilishi va 3-5 bet hajmda bo'lishi
kerak.
9. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati maqolaning oxirida alifbo tartibida tartiblangan holda
keltitrilishi shart.
10. Maqola, tezis matni ichida foydalanilgan adabiyotlarga ishoratlar kvadrat qavslar [] ichida
berilishi kerak.
11. Rasm yoki grafiklar bo'lsa, ular matn ichida keltiriladi hamda albatta uning tagida rasmning
nomeri qo'yilgan holda bu nimaning rasmi yoki grafigi ekanligini tushuntiruvchi matn keltirilishi
shart.
12. Jadvallarning albatta nomeri bo'lishi va unda qanday ma'lumotlar keltirilganligini
tushuntiruvchi yozuv bo'lishi shart.
Ma'ruza matnining prezentatsiyasini tayyorlashga
qo'yiladigan talablar

Yüklə 9,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə