Dinshunoslik ma'ruza doc


Mustag'il ta'lim uchun adabiyotlar



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/47
tarix07.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#126262
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47
Dinshunoslik ma\'ruza doc

 
Mustag'il ta'lim uchun adabiyotlar: 
 
1.
Buddizm. Spravochnik.-M.: Respublika, 1992. 
2.
Jabborov Iso. Jabborov Sanjar. Jahon dinlari tarixi.-T.: O'zbekiston,2002 
3.
Dervish R.A. Lavteva G., Musapayeva A. Pamyatniki istorii, religii i kultura v Uzbekistane.-T.: 
1994. 
4.
Vasilyev L.S. Istoriya religii Vostoka. 3-izd.perevod i dop.-M.: Knijno'y dom. Universitet, 1998. 
 
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


5-Mavzu. X R I S T I A N L I K . 
 
R e j a : 
1.
Xristianlikning paydo bo'lishi va tarqalishi. 
2.
Xristianlikning diniy ta'limoti. 
3.
Xristianlikdagi yunalishlar. 
4.
Xristianlikning Sharqqa tomon tarqalishi. 
XRISTIANLIKNING PAYDO BO'LISHI VA TARQALISHI
. Xristianlik jahon dinlaridan biri 
bo'lib, eramiz I asrining 2-yarmida Rim imperiyasining sharqiy viloyatlarida ko'p xudolik dinlari o'rniga 
qullar va mazlum elatlarning dini sifatida yakkaxudolik(monoteistik) shakldagi tarzda shakllangan. 
Demaq u dasavval demokratik xususiyatga ega bo'lgan. Shuning uchun tez, oson tarqalgan. Davrlar 
o'tishi bilan uning bu xususiyati kamayib, undan hukmron mafkura (ideologiya) sifatida foydalanishga 
harakat qilingan. 
Xristianlik Falastin va O'rta Yer dengizi yahudiylari dinlari doirasida vujudga kelgan; o'nlab 
yillardan keyin esa boshqa, asosan geografik jihatdan qaralganda Rim imperiyasi bilan bog'liq yoki 
uning siyosiy va madaniy ta'sirida bo'lgan xalqlar orasida tarqalgan. Yangi va eng yangi tarix davrlarida
u mustamlakachilik siyosati va missionerlik natijasida Yevropadan tashqariga ham tarqalgan. 
Xristianlikning vujudga kelishida sharq dinlarining ham ta'siri bo'lgan. Jumladan, misrliklarning 
Osiris va isida, eronliklarning Mitra, yahudiylikning Muso haqidagi rivoyatlari, oxirat to'g'risida hikoya 
qiluvchi har xil rivoyatlar ham xristianlik ta'limotiga kiritilgan. 
Lekin shakllanayotgan xristian mafkurasi asosida birinchi galda iudaizm monoteizmining «Eski 
ahd» kitobiga kirgan barcha «muqaddas g'oyalar», ya'ni Yerni Xudo yaratganligi, o'simlik va hayvonot 
dunyosining vujudga kelishi, insonning yaratilishi, uning tili, axloqi, huquqi, ohirat rohatlari haqtdagi 
g'oyalar katta rol o'ynagan. Xristos muso (Moisey) bilan tenglashtirilgan turli rivoyatlar ham aynan 
ifodasini topgan. 
Shunday qilib, xristianlik Rim imperiyasida yashagan ko'pchilik elatlarning dinlari, rivoyatlari, arf-
odatlari asosida tashkil topgan. Bu din dastlab qullar, ezilgan kambag'allarning talablarini, «xoloskorlik» 
g'oyalarini o'ziga singdirgan din sifatida vujudga kelgan. Keyinchalik uning ijtimoiy, diniy strukturasi 
o'zgarishi bilan hukmron tabaqalar qo'lida mazlum xaqlarni ekspluatasiya qilishning g'oyaviy quroliga 
aylangan. 
O'sha davrda jamiyatda yuzaga kelgan hukmron doiralar bilan mazlum xalqlar o'rtasidagi ziddiyatni 
yumshatishga xizmat qilishi mumkin bo'lgan xristianlikdagi diniy g'oyalarni hisobga olgan imperator 
Konstantin 324 yili bu dinni davlat dini deb e'lon qilgan. 325 yilda uning ko'rsatmasi bilan Nikey 
saborida xristianlarning 1 – yig'ini bo'lib o'tgan. Unda yepiskoplar va ilohiyotchilar xristianlikning 
asosiy aqidalarini tasdiqlab, cherkov tashkilotini takomillashgan xolga keltirganlar. 
Shundan buyon, davrlar utishi bilan xristianlik butun Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, afrika, 
Avstraliya kit'alariga yoyilgan. Keyinchalik Markaziy Osiyo respublikalari hududlariga ham qisman 
yetib kelgan jahon dinidir. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə