23-mavzu. Qoziqli poydevorlar reja



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə1/4
tarix12.05.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#109809
  1   2   3   4
23-mavzu-GMZP ma`ruza


23-MAVZU. QOZIQLI POYDEVORLAR
Reja

  1. Qoziqli poydevorlar turlari

  2. Qoziqli poydevorlarni o‘rnatish

  3. Qoziqli poydevorlarni loyihalash va hisoblash. Qoziqli poydevorlarni hisoblash

  4. Qoziqli poydevorlarni loyihalash

Qoziqli poydevorlar turlari. Qoziq deb – gruntga o‘rnatilgan yoki gruntga qoqilgan, gruntda tayyor yasalgan va inshootdan tushayotgan yukni zaminga uzatadigan poydevorning ustunsimon qismiga aytiladi.
Qoziqli poydevorlar ishlatiladigan ashyolar bo‘yicha yogoch qoziqlar, betondan ishlangan qoziqlar, aralash qozshular, temir-beton qoziqlar, metall qoziqlarga bo‘linadi.
Yog‘och qoziqlar
Hozirgi zamonda juda kam qo‘llaniladi. Asosan qayrog`ochdan qilinadi d=2234 sm, uzunligi 6,5-8 m.
Beton qoziqlar
Asosan quyma qoziqlar toifasiga kiradi, ya’ni qurilish maydonida tayyorlanadi. Tayyorlash jarayonida mos ravishda beton qoziqlap quyidagicha bo‘linadi:
a) grunt ichida qoluvchi yupqa qobiqlar yordamida tayyorlanuvchi qoziqlar. Bunda qalinligi 3-4 mm qobiqlar maxsus uskunalar yordamida loyihada ko‘rsatilgan chuqurlikka tushiriladi, so‘ngra ularning ichi beton bilan to‘ldirilib qoziq hosil qilinadi;
b) qalin devorli qobiqlar yordamida hosil bo‘luvchi qoziqlap. Bunda yupqa qobiq o‘rnida qalinligi 10-20 mm qobiqlar ishlatilib betonlash jarayonida asta-sekin sug`urib olinadi.
Metall qoziqlar
Metall po‘latdan qilingan qoziqlar quvur shaklida juda ko‘p ishlatiladi. Ayrim hollarda qo1shtavr va murakkab shakldagi qoziqlar qo‘llaniladi. Toshkent metrosi qurilishida ham qo‘llashgan.
1. Gruntda ishlash sharoitiga mos ravishda qoziqlar osma qoziqlar va ustun qoziqlarga, bo‘linadi.
Osma qoziqlar o‘tkir uchlari odatda mustahkam gruntga etib bormaydi. Bunday poydevorlarga xos xususiyatlardan eng muhimi ular orasidagi gruntlarning poydevor ish jarayonida qatnashishidir. Bunday poydevorlarda inshootdan uzatilgan yuk ularning butun tanasi bo‘ylab
gruntga tarqatiladi. .
Ustun qoziqli poydevorlarda esa ularning o‘tkir uchlari mustahkam gruntga ma’lum mikqdorda kirib borishi shart. Bunday poydevorlarning ishlash jarayoni odatdagi ustundan farqlanmaydi.
Bir necha qoziqlarning yuqori qismini birlashtiruvchi va-ularning bir xil cho‘kishini ta’minlovchi qurilma roskverk deyiladi.
Ashyosi bo‘yicha beton va temir-betondan tayyorlanadi; tarxdagi shakliga ko‘ra: roskverka bino va inshoot ostki qismini shaklini taqkrorlaydi. Qoziqli poydevorning shakliga ko‘ra qoziqlar to‘plami, qoziqli yo‘lak va qoziqli maydon shaklida bo‘ladi (5.1-rasm).

  1. Rostverk turiga qarab, baland joylashgan rostverkli poydevorlar va past joylashgan rostverkli qoziqli poydevorlarga bo‘linadi. Baland rostverkli poydevorlar suv xavzalarida joylashgan inshootlar, ko‘prik va boshqa qurilishlarda ishlatiladi. Past rostverkli poydevorlar oddiy sharoitlarda ishlatiladi (5.2-rasm).

  2. O‘qlar yo‘nalishi bo‘yicha qoziqli poydevorlar tik yo‘nalgan o‘qli poydevorlar va burchak ostida yo‘nalgan poydevorlarga bo‘linadi.

Tik yo‘nalgan o‘qli poydevorlar oddiy sharoitlarda ishlatiladi. Burchak ostida yo‘nalgan poydevorlar esa arkasimon, gumbazsimon inshootlarda, tirgovich devorlar va xakozolarda ishlatiladi.



    1. Yüklə 0,56 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə