23-mavzu. Qoziqli poydevorlar reja


Qoziqli poydevorlarni o‘rnatish



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə2/4
tarix12.05.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#109809
1   2   3   4
23-mavzu-GMZP ma`ruza

Qoziqli poydevorlarni o‘rnatish


Qoziqli poydevorlar asosan gruntga quyidagicha o‘rnatiladi:
1) qoqib kiritiladigan qoziqli poydevorlar;
2) suv yordamida titratish yo‘li bilan kiritiladigan qoziqli poydevorlar.

  1. ezib (bosib) kiritish;

  2. burab kiritiladigan qoziqli poydevorlar.

1. Qoqib kiritish - bu usul yordamida o‘rnatishga mo‘ljallangan qoziq maxsus qurilmalar yordamida tik holatga keltirilib ustidan gurzi yordamida qoqiladi.
Bu usul qurilish jarayonida keng tarqalgan bo‘lib, unda eng yaxshi natija gurzilar qoziq tepasidan minutiga 60 marotaba yarim metrlik masofada tekis harakat qilishida erishiladi. Gurzilar og‘irligi qoziqlar o‘lchoviga moslab tanlanadi.

  1. Suv bilan to‘yingan qumlarda qoziqlar titratish yo‘li bilan kiritiladi. Titratish natijasida suvli qum oquvchan holatga kelib, ishqalanishi kamayadi va qoziq suvli qum ichiga kiritiladi;

  2. Ezib (bosib) kiritish. Bu usul dinamik ta’sir mumkin bo‘lmagan joylarda qo‘llaniladi.

  3. Burab kiritish (parmalash) usuli yordamida qoziq o‘rnatish. Bu usul yordamida og‘ip hamda uzun qoziqlar qoqiladi. Qoziq ustiga «Kabeston» deb ataluvchi turli tezliklarda aylantiruvchi moslama o‘rnatiladi, so‘ngra, «Kabeston» harakati natijasida qoziq burab
    kiritiladi va loyihadagi satha etgandan so‘ng «Kabeston»ning teskari harakati natijasida parma aslahasi chiqarib olinadi.




  1. Tayyorlash usullariga qarab:

  1. gruntni o‘ymasdan bosqonlar, titratma botirgichlar, titrama bosib kirgizgichlar va bosim kirgizish konstruksiyalari yordamida botiriladigan qoqma temir-beton, yog‘och va po‘lat qoziqlar, shuningdek gruntni o‘ymasdan va qisman o‘yib beton qorishmasi to‘ldirmasdan titrama botirgichlar bilan botiriladigan temir-beton qoziq-qobiqlar;

  2. gruntni o‘yib, hamda beton qorishmasi bilan qisman yoki to‘liq to‘ldirib, titrama botirgichlar bilan botiriladigan temir-beton qoziq-qobiqlar;

  3. gruntni zo`rlab zichlab kiritsh natijasida hosil bo‘lgan quduqlarga beton qorishmasi to‘ldirish yo‘li bilan gruntga o‘rnatiladigan temir-beton qoziqlar;

  4. Parmasimon qoziqlar. Parmasimon qoziqlar asosan sug‘irishga ishlaydigan yuklarni qabul qilish uchun ishlatilib, qoziq o‘zagi va parrakli boshmoqdan iborat (5.3-rasm).

O‘zakning diametri parrak diametrining (0.3-0.45) qismi qabul qilinadi. Parrakning diametri 0.4-1.2 metr. Sug‘iruvchi yukning miqdoriga va gruntning fizik-mexanik xususiyatlariga bog‘liq ravishda parrakning diametri 0.4-1.2 metrgacha qabul qilinadi.
Qobiqsiz o‘rnatiladigan qoziqlar. Bunday qoziqlar hech qanday qo‘shimcha qobiqlardan foydalanmay, gruntda ochilgan chuqurlarni qatlamlab betonlash yo‘li bilan tayyorlanadi. Betonni zichlash maqsadida o‘tkir va yassi gurzilardan foydalaniladi.
Qoqma qoziq va qoziq-qobiqlar. Ko‘ndalang kesimi 0,8 m gacha bo‘lgan qoqma temir-beton qoziqlar va diametri 0,8 m va undan katta bo‘lgan qoziq-qobiqlar quyidagilarga bo‘linadilar:

  1. ko‘ndalang kesim shakli bo‘yicha (5.4-rasm);

  2. bo‘ylama kesim shakli bo‘yicha (5.5-rasm);

  3. o‘zaklash usuli bo‘yicha bo‘ylama va ko‘ndalang armaturalangan qoziq-qobiqlar (5.6-rasm), hamda oldindan zo`riqtirilgan bo‘ylama o‘zakli (mustahkamligi yuqori sim va sim arqonlardan qilingan) ko‘ndalang o‘zaklangan yoki o‘zaklanmagan qozi`lar va qoziq-qobiqlar (5.7-rasm);

4) tuzilish xususiyatlari bo‘yicha-yaxlit va tarkibiy (ayrim qismlardan yig‘ilgan) qozi`lar;



5) pastki uchining tuzilishi bo‘yicha o‘tkir yoki yassi uchli, osti yassi yoki hajmiy kengaygan va pastki uchi ochiq yoki yopiq ichi bo‘sh yoki kamuflet tovonli qoziqlar.


Barpo etish usuliga ko‘ra tiqma qoziqlar quyidagi turlarga bo‘linadi:

  1. pastki uchlari gruntda qoldiriladigan boshmoq yoki beton tiqin bilan berkitilgan inventar quvurlarni botirish va quduqlar beton qorishmasiga to‘lgan sari bu quvurlarni chiqarib olish yo‘li bilan hosil qilinadigan tiqma qoziqlar;

  2. zarblab ochilgan quduqlarga quyuq beton qorishmasini to‘ldirib pastki uchi o‘tkirlangan va unga titrama botirgich mahkamlangan quvur ko‘rinishidagi titrama shtamp yordamida zichlash yo‘li bilan hosil qilinadigan tiqma qoziqlar;

  3. gruntda shtamplash yo‘li bilan piramida yoki konus shaklidagi quduqlarni ochib, keyin ularga beton qorishmasi to‘ldirib hosil qilinadigan shtampli asosdagi tiqma qoziqlar

Hosil qilish usuliga ko‘ra burkilama qoziqlar quyidagi turlarga bo‘linadi:

  1. changli-loyli gruntlarda yer osti suvlari sathidan yuqorida burg‘ilangan, devorlari mahkamlanmagan quduqlarni betonlab hosil qilinadigan, boshqa istalgan gruntlarda yer osti suvlari sathidan pastda devorlari loyli qorishma yoki keyin chiqarib olinadigan himoya quvurlari bilan mustahkamlangan quduqlarni betonlab hosil qilinadigan kengayib boruvchi yoki o‘zgarmas kesimli burg‘ilama-tiqma qoziqlar (5.8-rasm);

  2. ko‘p qismli titrama o‘zak qo‘llab hosil qilinadigan doiraviy kesimli ichi bo‘sh burg‘ilama-tiqma qoziqlar;

  3. quduq ichiga shag‘alni shibbalab to‘ldirish yo‘li bilan hosil qilinadigan zichlangan burg‘ilama-tiqma qoziqlar;

  1. burg`ulangan quduqlarni portlatib kengaytirish va quduqlarga beton qorishmasi to`ldirish yo`li bilan xosil qilinadigan kamuflet tovonli burg`ilama-tikma qoziqlar (5.9-rasm);

  2. burg‘ulangan quduqlarga mayda donli beton qorishmasi yoki sement qumli qorishmani xaydash yo‘li bilan hosil qilinadigan diametri 0.15-0.25 metrli burg‘ilama-haydama qoziqlar;

6) burg‘ulangan quduqlarni kengaytirib yoki kengaytirmasdan, ularga yaxlitlaydigan sement-qumli qorishma to‘ldirish va quduqlarga tomonlari yoki diametlari 0,8 m va katta butun kesimli silindr yoki prizma shaklida elementlar tushirish yo‘li bilan hosil qilinadigan ustun qoziqlar;

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə