Dinshunoslik ma'ruza doc


Xristianlikning sharqqa tomon tarqalishi, O'zbekistonda xristian cherkovining tutgan o'rni



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/47
tarix07.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#126262
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   47
Dinshunoslik ma\'ruza doc

Xristianlikning sharqqa tomon tarqalishi, O'zbekistonda xristian cherkovining tutgan o'rni.
XI asrning oxirida xristianlikning Sharqqa tomon harakati va tarqalishi ommaviy tus oldi. Bu dinni 
mahalliy aholi orasida tarqatuvchilar Sharqning ayrim viloyatlariga ilgariroq kirib borganlar. 280 
yildayoq Talos (merke) da xristian cherkovlari qurilgan bo'lib, Samarqandda (301 yildan), Marvda (334 
yildan), Hirotda (430 yildan), Xorazmda, Marida va Markaziy Osiyoning boshqa shaharlarida 
yepiskopliq kafedra, missiyalar, keyinchalik Samarkandda, Marvda (430 yillar), Hirotda (558 yillar) 6-
12 yepiskoplikdan iborat diniy xududiy jamoalar, birlashmalar bo'lgan. Xurosonliklar va 
so'g'diyonaliklar buddistlar, zardushtiylar, moniylar bilan bir qatorda xristianlar ham bo'lgan. Ular 
qoraxitoylar va sosoniylarga qaram yerlarda ta'qib qilinganlar. 
O'rta Osiyo hududida islom tarqatilgan davrlarda bu din bilan xristianlik o'rtasidagi 
kelishmovchiliklar keskinlasha boshlagan. Biroq, X asrgacha samarqand, Xorazm, Toshkent 
viloyatlarida xristianlarning manzilgohlari bo'lgan. Hatto Beruniy yashagan davrda ham (973-1050) 
Marvda pravoslav mitropoliyasi bo'lgan. 
Ana shu davrlarda xristianlik Kavkazda ham tarqala boshlagan; Armaniston (301 yil) va Gro'ziyada 
(318 yili) davlat diniga aylangan. Kavkaz Albaniyasi hududida esa (hozirgi Ozarbayjon va Janubiy 
Dog'iston hududi) IV-VIII asrlarda hukmron din hisoblangan. 
O'sha davrdagi ko'pdan-ko'p va bir-biriga qarshi kurashayotgan dinlar orasidagi Sharqning 
hukmronlari tomonidan eng ko'p homiylik ko'rsatilgan din xristianlikning sharqiy yo'nalishi bo'lmish 
nastorianlik bo'lgan. Xalif saroylarida nestorianlik patriarxlariga butun sharq xristianligining homiysi 
sifatida qaralgan, patriarxning qarorgohi esa Konstantinopoldan Bag'dodga ko'chirilgan. Nestorianlar 
xristianlikni Turkistonda, amurgacha bo'lgan Shimoliy va G'arbiy Xitoyda targ'ib qilganlar. 
Nestorianlikning Markaziy Osiyodagi tayanchi va islomga qarshi kurashdagi markazi 1257 yildan 
so'nggina o'z faoliyatini to'xtatgan Samarqand mitropoliyasi bo'lgan. 
Hozirgi mustaqil O'zbekistonda 130 dan ziyod millat va elat yashaydi. Bular orasidagi dindorlar 16 
konfessiyaga, ya'ni diniy uyushmaga e'tiqod qiladi. Bular doirasida islomdan so'ng 2-o'rinni 
xristianlikning pravoslaviye oqimi egallaydi. Uning bir necha cherkovi va markaziy uyushmasi
chunonchi baptist, iyegovist, adventist kabi sektalari bor. 
O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va unga asoslanib ishlab chiqilgan vijdon erkinligi va diniy 
tashkilotlar to'g'risidagim yangi tahrirdagi e'lon qilingan qonunga asosan respublikadagi barcha diniy 
uyushmalar erkin, oshkora, teng huquqli tarzda faoliyat ko'rsatmoqdalar. Bu huquq va erkinliklar qonun 
bo'yicha kafolatlangan. 
Respublikamizdagi barcha konfessiyalar orasida totuvliq hamjixatlilik mavjud bo'lib, xalqimizni 
tarbiyalashga, tinch va xavfsizlikni saqlashga xristianlik jamoalari ham salmoqli hissa qo'shmoqdalar. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə