Dinshunoslik ma'ruza doc


Mustaqil taqlim uchun adabiyotlar



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/47
tarix07.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#126262
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   47
Dinshunoslik ma\'ruza doc

Mustaqil taqlim uchun adabiyotlar: 
1.
Iz istorii drevnix kultur Sredney Azii. Xristianstvo.-T.: 1994. 
2.
Iso Jabborov, Ruhiy olam: jaholat va kamolot.-T.:O'zbekiston, 1998. 
3.
Dervish R.A., Lavteva G., Musapayeva A. Pamyatniki istorii, religii i kulturo' v Uzbekistane.-T.: 
1994. 
4.
Osnovo' religovedeniya.Pod redaksiyey I.N.Yablokova.Izd. vtoroye.-M.: 1998. 
5.
Frezer D.D. Zolotaya Vetv.-M.: Politizdat, 1986. 
 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


6-Mavzu. ISLOM – JAHON DINI. 
R e j a : 
1. Islom dinining paydo bo'lishi. 
2. Muhammad ibn Abdulloh – islom dini da'vatchisi va asoschisi. 
3. Islom ta'limoti va qadriyatlari. 
4. Islomdagi oqimlar va mazhablar. 
5. Islomni e'tiqodga aylantirish davrida O'rta Osiyo xalqlari madaniyati. 
ISLOM DINING PAYDO BO'LISHI
. Islom – dunyoda keng tarqalgan jahon dinlaridan biridir. 
Osiyo qit'asidagi Arabiston yarim oroli, Iordaniya, Suriya, Iroq, Eron, Turkiya, Afqoniston, Pokiston, Afrika 
kit'asidagi Marokash, Jazoir, Tunis, Liviya, Misr Respublikasi Somali singari mamlakatlar xalqlari, 
Efiopiya, G'arbiy Sudanda yashovchilarning bir qismi, Malayziya, Indoneziya xalqlari, Livan, Hindiston, 
Xitoy hamda Filippin axolisining ma'lum bir qismi. Yevropa kit'asida esa Bolqon yarimorolida yashovchi 
xalqlarning bir bo'lagi islomga e'tiqod qiladi. Islom O'rta Osiyo, Zakavkazye va Shimoliy Kavkaz, 
Volgabo'yi, G'arbiy Sibir 
va boshqa ayrim hududlarda yashovchi aholining bir qismi ongi va 
turmushida mavjuddir. Bu xalqlarning turmush tarziga o'z ta'sirini ko'rsatib kelmoqda. Yer yuzida islomga 
e'tiqod qiluvchilar, ya'ni musulmonlar bir milliard 300 mln.dan oshdi. 
Yevropa, Amerika va Rossiyada islom, uning tarixi va manbalarini o'rganish XIX asrning ikkinchi 
yarmidan boshlangan. Lekin islom tarixi, ta'limoti, muqaddas yozuvlarini tahlil, tatqiq qilish Rossiyada 
ayniqsa O'zbekiston, Qozog'iston, Tojikiston, Shimoliy Kavkazda keng ko'lamda ancha oldin amalga 
oshirilgan. Bu ish endi yanada kengroq miqyoslarda olib borilmoqda. 
Arab xalqi hayotni VI asr oxiri VII asr boshlarida yuz bergan jiddiy tarixiy voqealar arab 
qabilalarining ijtimoiy hayot taqozasi bilan vujudga kelgan markazlashishga intilishga undagan. Islom ayni 
shu intilishni o'zida aks ettirgan g'oya, mafkura sifatida yuzaga kelgan, markazlashgan arab davlatining 
vujudga kelishi, qo'shni mamlakatlarga yurish qilib, yangi din Islomni targ'ib qilish arab xalifaligining 
kengayishi muhim ijtimoiy yo'nalish edi. 
Markaziy va Sharqiy Arabiston yarim oroli sahrolarida yashagan arab badaviylari o'rtasida ibtidoiy 
tuzumga xos bo'lgan politeistik majusiylik diniy tasavvurlari shukmron edi. 
Yahudiylik va xristianlik hamda ularning ayrim sektalari islom paydo bo'lishi arafasida arab 
qabilalari orasida muayyan darajada tarqalgan edi. 
V-VI asrlarda arab qabilalari urug'-qabilachilik tuzumi yemirila boshlagan, ibtidoiy diniy tasavvurlar 
tanazzulga yuz tutgan edi. qabilalar o'rtasida markazlashishga bo'lgan intilishning g'oyaviy in'ikosi sifatida 
yakka xudolikka xos diniy aqidalarning kurtaklari shakllana boshlagan. Yakka xudolik to'g'risidagi bunday 
diniy ta'limot islomdagina emas, balki u paydo bo'lmasdan birmuncha vaqt ilgari Arabistonning ayrim 
joylarida targ'ib qilina boshlagan edi. Islom esa ana shu targ'ibotlarning galdagi shakllanishi va tarkib 
topishining natijasi sifatida vujudga kelgan. 
Islomdagi ilgari arab qabilalari orasida yakka xudolilik to'g'risida targ'ibot yuritgan, o'zini 
payg'ambar deb e'lon kilgan shaxslar manbalarda «xaniflar», ya'ni haq-haqiqat izlovchilar nomi bilan 
ma'lumdir. Islomning paydo bo'lishi arab qabilalari o'rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning muayyan 
bosqichi bilan bog'liq bo'lgan. 
Islom monoteistik din sifatida. Ya'ni yakka xudoga e'tiqod qiluvchi ta'limotni yaratib, barcha 
ko'rinishlarini shirk deb atab, ularni ta'qiqlagan. 
Islomda, shunday qilib, yagona – xudoga Allohga e'tiqod qilish bu diniy ta'limotning asosini tashkil 
etgan. Alloh – arabcha so'z bo'lib, o'zbekchaga tarjima g'ilsaq Tangri degan ma'noni bildiradi. Forsiyda 
Xudo deyiladi. Alloh, Tangri, Xudo so'zlariga odatda sifat qo'shilib, Alloh taolo, Xudoi Taolo shaklida ham 
ishlatiladi. Taolo – ulug', oliy degan ma'noni anglatadi. Alloh taoloning Qur'onda va Hadislarda qayd etilgan 
ismlari 99 tadir. Bulardan tilimizda eng ko'p qullaniladiganlar: Rahim – juda rahimli; Rahmon – o'ta 
mehribon; Mo'min – omon va omonlik beruvchi; Karim karamli, saxovatli, kechirimli, Sattor, Akbar buyuk 
kabi sifatlar qo'shib aytiladi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


Allohning mazkur ismlariga abd-qul so'zi olddan qo'shilib kishi ismlari yasaladi: Abdurahmon – o'ta 
mehribon Allohning quli; Abdulkarim – karamli, sahovatlining quli; Abdug'agi, Allohning ehtiyojsiz quli va 
boshqalar. 
Islom ta'limoti bo'yicha, Alloh hamma joyda xoziru nozirdir, ammo o'zi lomakan, ya'ni bemakondir; 
unga vaqt, zamon ham daxlsizdir. Tug'ilish, o'lim barcha jonzotlarga, shu jumladan odamlargagina xosdir; 
Alloh bundan mustasnodir. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə