Husnixat o’qitish metodikasi fanidan 1-mustaqil ta’lim yo’riqnomasi Mavzu



Yüklə 134 Kb.
səhifə1/2
tarix29.11.2023
ölçüsü134 Kb.
#138793
  1   2
1-mustaqil ish


Husnixat o’qitish metodikasi fanidan 1-mustaqil ta’lim yo’riqnomasi
Mavzu: Krill va lotin alifbosining o’xshash va farqli jihatlarini o’rganish.
Reja:

  1. Alifbo haqida ma’lumot.

  2. Krill alifbosi va uning tuzilishi

  3. Lotin alifbosining yaratilishi.

  4. Krill va lotin alifbosining o’xshash va farqli jihatlari.

Alifbo (arab Alifbosining boshlangʻich ikki harfi — alif va bo nomidan olingan) — biror tilning yozuviga qabul qilingan va maʼlum anʼanaviy tartib berilgan yozuv belgilari (mas, arab Alifbosilotin Alifbosi) yoki boʻgʻin belgilar (mas, hind Alifbosi — devanagari) majmui. Alifbo mil. av. 2000-y. oxirlarida qadimiy Ugarit va finikiy yozuvi tovush tizimidan kelib chiqqan. Undan ilgari Misr iyerogliflari sanoq tizimi mavjud boʻlgan, deb taxmin qilinadi. Turkiy xalqlarning runUrxun-Yenisey yozuvi va turkiy (uygʻur) yozuvlari boʻlgan. Ularga oid harflar jadvali tovush belgilari haqidagi boshqa manbalardagi maʼlumotlar hamda shu yozuv yodgorliklari asosida tuzilgan. Hozirgi harfiy va baʼzan boʻgʻin Alifbolari finikiy Alifbo sidan, oromiy (arab, yahudiy), yunon (lotin va hokazo) va boshqa Alardan kelib chiqqan. Arab Alifbosiga — barcha arab mamlakatlari, shuning-dek Eron, Afgʻoniston, Pokiston, Sharqiy Turkiston — Shinjon, shuningdek 13-20-asr boshlarida turkiy xalqlar yozuv tizimida; lotin Alifbosiga Amerika, Avstraliya qitʼasidagi barcha xalqlar, Yevropaning koʻpchilik xalqlari, Osiyo va Afrikadagi baʼzi xalqlar (IndoneziyaTurkiya va boshqalar) yozuv tizimida; Kirill Alifbosiga — Yevropa, Osiyodagi baʼ-zi xalqlar yozuv tizimida; hind boʻgʻin Alifbosiga — Hindistondagi koʻpgina elatlar yozuv tizimida amal qilingan.
Oʻzbek lotin alifbosioʻzbek lotin yozuvi — lotin grafikasiga asoslangan harf-tovush (fonografik) yozuv turi. Oʻzbek yozuvi tarixida lotin yozuviga asoslangan alifboning bir necha variantlari qabul qilingan.

Oʻzbek yozuvini arab grafikasidan lotin grafikasiga oʻtkazish haqidagi dastlabki qaror 1929-yil 15—23-may kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan respublika adiblari, til-imlochilari va umuman yetakchi ziyolilar ishtirokidagi konferensiyada qabul qilingan va bu qaror 1929-yil 10-avgustda OʻzSSR Xalq maorif komissarligi hayʼati tomonidan tasdiqlangan edi. Ixtiyoriylikdan koʻra koʻproq majburiylikka asoslangan bu jarayon Moskvada ishlangan reja asosida Moskva vakillari kuzatuvida amalga oshirilgan edi.

Samarqand konferensiyasida qabul qilingan „lotinlashtirilgan oʻzbek alifbosi“ 33 harf va bir belgi (apostrof)dan iborat boʻlgan. Konferensiyada singarmonizm oʻzbek adabiy tili uchun xos hodisa deb topilishi va alifboga 9 ta unli uchun alohida harflar kiritilgani, shu asosda ishlab chiqilgan imlo qoidalari keyinchalik oʻzini oqlamadi, amalda imloda boshboshdoqlik vujudga keldi, ayni bir soʻz bir necha xil yoziladigan boʻldi. Natijada 1934-yilning yanvar oyida til va imlo masalalari boʻyicha oʻtkazilgan respublika qurultoyida oʻzbek alifbosidan Ө ө, Y y, Ь ь harflarini olib tashlashga hamda Ə ə harfidan foydalanishni cheklashga va uning oʻrniga aksar hollarda A a harfidan foydalanishga qaror qilingan. Bu qaror Oʻzbek SSR hukumati tomonidan 1934-yil 13-martda tasdiqlangan.
Lekin oʻtgan asrning 30-yillari 2-yarmidan oʻzbek yozuvini rus grafikasi asosida shakllantirish ishlari boshlanib, bu jarayon 1940-yilda yangi kirillcha alifbo qabul qilinishi bilan yakunlangan.

Harflarning alifbodagi asl tartibi: A a, B b, C c, D d, E e, F f, G g, H h, I i, J j, K k, L l, M m, N n, O o, P p, Q q, R r, S s, T t, U u, V v, X x, Y y, Z z, Ç ç, Ğ ğ, Ɉ ɉ, Ñ ñ, Ö ö, Ş ş, ʼ
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng respublikada oʻzbek yozuvini rus grafikasidan yana lotin grafikasi asosidagi yozuvga oʻtkazish haqida fikr-mulohazalar oʻrtaga tashlandi. Bu masala bir yil davomida ommaviy axborot vositalarida keng jamoatchilik ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, 1993-yil 2-sentabrda Oʻzbekiston Respublikasining „Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida“gi qonuni eʼlon qilindi. Yangidan qabul qilingan oʻzbek alifbosi 31 harf va bir tutuq belgisi (apostrof)dan iborat deb belgilandi.

Harflarning alifbodagi asl tartibi: А а, B b, D d, Е е, F f, G g, H h, I i, J j, K k, L l, М m, N n, О о, P p, Q q, R r, S s, Т t, U u, V v, X x, Y y, Z z, Oʻ oʻ, Gʻ gʻ, Sh sh, Ch ch, ng, ʼ
1993-yilda joriy etilgan alifboni va shu asosda tayyorlangan „Oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalari“ni muhokama qilish jarayonida bir qator taklif va tavsiyalar qilindi, tanqidiy fikrlar bildirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995-yil 6-may kuni alifboga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida qonun qabul qildi. Bu hujjatga binoan 1) yangi oʻzbek alifbosi 26 ta harf, 3 ta harflar birikmasidan iborat ekanligi belgilandi; 2) C c, Ɉ ɉ harflari alifbodan chiqarib tashlandi; 3) Ç ç, Ğ ğ, Ş ş, Ñ ñ harflarning shakliga esa isloh kiritildi. Yangi alifbo asosida ishlash 1996-yildan boshlanishi qayd etilgan edi.
2004—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan „Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida“gi qonunni amalga oshirish ishlarini yanada jadallashtirish va takomillashtirish boʻyicha muhim qarorlar qabul qilindi[
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yil Toshkent shahar saylovchilari bilan uchrashuvida keyingi paytlarda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilayotgani xususida alohida to‘xtalgan edi. “Ayni paytda oldimizda yangi, yanada muhim vazifalar turibdi. Jumladan, ziyolilarimiz, keng jamoatchilik bilan bamaslahat lotin yozuviga asoslangan alifbomizni takomillashtirish bo‘yicha ishlarimizni yakuniga yetkazish zarur”, deb ta’kidlagan edi.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Anjuman Fanlar akademiyasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi hamkorligida tashkil etildi. O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori Nizomiddin Mahmudov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbari Nodir Xolbo‘tayev va boshqalar ona tilimizni rivojlantirishga keyingi yillarda katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
– 2019 yil ona tilimizni rivojlantirish bo‘yicha tub ijobiy burilish yili bo‘ldi, – dedi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbari Nodir Xolbo‘tayev. – Davlatimiz rahbari joriy yil Toshkent shahrida o‘z saylovoldi uchrashuvida lotin yozuviga asoslangan alifbomizni takomillashtirish bo‘yicha qator vazifalarni belgilab berdilar. Bu borada olimlar, akademik jamoa, tilshunoslar, ziyolilar, madaniyat xodimlari, ommaviy axborot vositalari xodimlarining ishtirokida bamaslahat ish ko‘rishni lozim topdik. Takliflarimiz ilmiy, mantiqiy, amaliy jihatdan ishimizga foyda berishi kerak, deb o‘ylayman.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Shuhrat Sirojiddinov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Mirzo va boshqalar lotin yozuviga asoslangan alifbomizni takomillashtirish mamlakat kelajagiga daxldor masala ekanini, bu dolzarb masala umumxalq muhokamasiga qo‘yilishi kerakligi, davlatimiz manfaatiga xizmat qilishini ta’kidladi.
Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashuv chog‘ida ziyolilarimiz, keng jamoatchilik bilan bamaslahat lotin yozuviga asoslangan alifbomizni takomillashtirish bo‘yicha ishlarni yakuniga yetkazish zarurligini ilgari surgan edi.
Ushbu vazifani amalga oshirish maqsadida shu vaqtgacha to‘plangan tajriba, olimlar, ziyolilar va keng jamoatchilikning fikr-mulohazalari, soha mutaxassislarining ilmiy xulosalari, takliflarini har taraflama hisobga olgan holda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. Ilmiy-nazariy konferensiyada ishlab chiqilgan ushbu takliflar atroflicha muhokama etildi.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzurida ish olib borgan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini isloh qilish bo‘yicha ishchi guruhning xulosalari e’lon qilindi. Anjumanda so‘zga chiqqanlar kun tartibidagi masala juda dolzarb ekani, ko‘p vaqtdan beri alifbomizda ayrim kamchiliklar borligi va ularni bartaraf etish zarurligi haqida jamoatchilik tomonidan ko‘plab fikrlar bildirilayotgani ta’kidlandi. Konferensiya davomida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti bo‘lim mudiri Yorqinjon Odilov yangi o‘zbek tiliga o‘tish bo‘yicha taklif etilayotgan o‘zgarishlar haqida ma’lumot berdi. Konferensiyada taklif sifatida Ishchi guruh tomonidan 28 ta harf, 1 ta harflar birikmasi va tutuq belgisidan tarkib topgan takomillashtirilgan alifbo loyihasi e’lon qilindi. Bunda quyidagi 4 ta harf shaklini biroz o‘zgartirish taklif etilmoqda:
Oʻ – Õ
Gʻ – Ğ
Ch – C
Sh – Ş
Mutaxassislarning fikricha, ushbu loyiha variantini yaratishda ilmiy, mantiqiy, ta’limiy, texnik jihatlar e’tiborga olindi. Taqdimotda so‘zga chiqqanlar mazkur alifboning ahamiyati, uni takomillashtirish bo‘yicha qilinishi lozim bo‘lgan ishlar, ilmiy, huquqiy yo‘nalishlarda amalga oshirilishi talab etiladigan chora-tadbirlar haqida fikr bildirdi.

Yüklə 134 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə