Dinshunoslik ma'ruza doc


Islomdagi oqimlar va mazhablar.Sunniylik-



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/47
tarix07.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#126262
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   47
Dinshunoslik ma\'ruza doc

Islomdagi oqimlar va mazhablar.Sunniylik-
bu islomda izchil, sobitqadam yo'nalish hisoblanadi. 
Musulmonlarning juda ko'pchilik qismi – 92,5 foizi sunniylikka e'tiqod qiladi. Qolgan 7,5 foizi shialikka 
e'tqod qiluvchilardir. Sunna arabcha odat, an'ana, hatti-harakat tarzi degan ma'nolarni bildiradi. Sunniylik 
degan so'z arabcha «Sunna»-«muqaddas rivoyat», ya'ni Muhammad to'g'risida rivoyatlar va uning hadislari 
to'plami degan tushunchadan olingan. Yana Sunna farzdan farqli ravishda bajarilishi ixtiyoriy bo'lgan 
ko'rsatmalar, amallardir. 
Sunniylik qisman Eron, Janubiy Iroq, Yaman, Markaziy Osiy, Kavkaz, Volga bo'yi, Sibir, Ural, 
Kichik Osiyo, Misr va Shimoliy Afrika, Indoneziya, Malayziyada keng tarqalgan. Uning muqaddas 
shaharlari Makka va Madinadir. Unda to'rtta shariat maktabi-hanafiylar, malikiylar, shofi'iylar, xanbaliylar 
mazhablari bor. 
Shialik. 
Guruh, partiya, tarafdorlar degan ma'nolarni beradigan arabcha «shia» so'zidan kelib 
chiqqan. Shialik o'z ahamiyat va tarafdorlari soniga ko'ra islomdagi ikkinchi yo'nalishdir. U VII asrning 
ikkinchi yarmida musulmonlarning maxsus va siyosiy guruhi sifatida yuzaga kelgan. U choryorlarning 
to'rtinchisi Ali tarafdorlarini birlashtirgan. U ko'p sektalarga bo'linib ketgan. Ular orasida ismoiliylar hozir 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


35 millionga yaqin tarafdorga ega bo'lib ogaxonlar boshchiligidagi hozir ham islom doirasida katta rol 
o'ynamoqda. 
Shialar Arabistonda paydo bo'lgan teokratik davlat – xalifalik dagi oliy hokimiyat uchun oldib 
borilgan keskin kurash jarayonida kelib chiqqan. Xalifalikning barcha bosh lavozimlari 644 yildan boshlab 
Quraysh qabilasiga mansub bo'lgan xalifa Usmon boshliq Makkalik oqsuyaklar-muhojirlar qo'liga o'tgan.
Shialar Alidan boshqa barcha sunniy xalifalarni uzurpatorlar, ya'ni siyosiy hokimiyatni zo'ravonlik 
bilan qo'lga olgan kishilar deb hisoblaydilar. Bular Alining avlodi bo'lgan 12 imomdan iborat o'z sulolalarini 
ularga qarshi qo'yganlar. Ular Alini, uning o'g'illari-Hasan va Husaynni hamda ularning avlodlarini shahid, 
deb hisoblashgan. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə