Dinshunoslik ma'ruza doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/47
tarix07.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#126262
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   47
Dinshunoslik ma\'ruza doc

Ismoiliylar. 
Bu sekta tarafdorlari shialar orasida eng ko'pchilikni tashkil etgan. Sekta VIII asrning 2-
yarmida Bog'dod xalifaligida paydo bo'lgan va imom Ja'farning o'g'li Ismoil nomi bilan atalgan. Ismoiliylar 
diniy ta'limotida go'yo butun olamni yaratgan «dunyoviy aql» va «dunyoviy ruh» ga e'tiqod etish asosiy 
o'rinni egallagan. Ularning ta'limotida neoplatonchilar falsafasi va buddaviylikning katta ta'siri sezilardi. 
Ismoiliylar turli davrlarda xalqlarga turli payg'ambarlarning yuborilishi – «dunyoviy aql» ning yerda 
namoyon bo'lishidir deb hisoblashardi. Ular yettita payg'ambarni – Odam Ato, Nuh Ibrohim, Ismoil, Muso, 
Iso va Muhammad (s.a.v.)ni tan olishadi. Ularning fikricha, imomlar payg'ambarlarning vorislari 
hisoblanadi.
XI asrdan boshlab ismoiliylar sinfiy ziddiyatlarning kuchayishi natijasida turli qismlarga bo'linib ketgan. 
Hozirgi paytda ismoiliylar O'rta Sharq mamlakatlarida, Hindiston, Uganda Keniya, Tanzaniya, 
Tojikistonning tog'li Badaxshon viloyatida mavjud. 
Druzlar. 
O'z ta'limotiga ko'ra, bu sekta ismoiliylardan kelib chiqqan. Druzlar vahdoniyatga – 
Allohning yagonaligiga e'tiqod etadilar va 998-1021 yillarda xukmronlik qilgan fotimiylar xalifasi Hakimni 
xaloskor sifatida yerga ikkinchi marta keladi deb hisoblaydilar. Ular o'zlarining «muqaddas» yozuvlariga 
ega. Ularda diniy marosimlar unchalik rivoj topmagan, shu sababli masjidi ham yo'q. Barcha sektalar kabi, 
druzlar ham shariatni, shia imomlarini tan oladilar. 
Islomni e'tiqodga aylantirish davrida O'rta Osiyo xalqlari madaniyati. 
Islom g'oyalari yoyilishi 
arafasida O'rta Osiyo xalqlari arablardagiga nisbatan rivojlangan madaniyatga ega bo'lganlar. VIII-IX asrlar 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


bo'sag'asida Amudaryo bilan Sirdaryo oralig'ida yashagan xalqlarni ilmiy adabiyotlarga saq massaget, 
xorazmiy, sug'd, baqtriyaliq uyosho'n, tohir, qo'ng'ir, eftalit (oq xun)lar deb kelingan. Hozirgi O'zbekiston 
hududida, hususan Toshkent vohasida miloddan avvalgi 1 min yillikning o'rtalaridayoq turk elati va 
madaniyatini o'zida ifodalagan qabilalar vujudga kelgan. Ko'chmanchm turkiy qabilalarning ko'pchiligi 
miloddan oldingi X-U! Arlardayoq o'troqlangan, shaharlarda hunarmandchiliq savdo-sotiq, qishloq joylarda, 
tog' etaklarida chorvachilik rivojlangan, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy yaqinlashuv ham amalga osha 
boshlagan. 
O'rta Osiyoda boshqa joylardagi kabi sof quldorlikka asoslangan munosabatlar bo'lmagan. Feodal 
munosabatlari ham demokratik elementlari bilan ajralib turgan. Chunki sun'iy sug'orishga asoslangan 
dehqonchiliqerkin hunarmandchilik an'analari u munosabatlarga alohida mazmun kiritganki, bu xolat 
chuqur ilmiy tadqiqotga muhtojdir. Eron, Hindiston va Xitoy mamlakatlari bilan savdo-sotiq olib borilgan. 
Yunon, hind va O'rta Osiyo xalqlari madaniyatining aralashib ketishi tufayli Sharqda o'ziga xos juda yuksak 
ellinistik madaniyat vujudga kelgan. O'rta Osiyo «Ipak yo'li» orqali Sharq bilan G'arbni bir-biriga 
bog'lovchi, tajribalarni yoyuvchi maskan bo'lgan. Natijada Gresiya va Hindiston madaniyatiga ham ijobiy 
ta'sir ko'rsatgan. Bu yerda pul-tovar munosabatlari ham rivojlangan. Tarixiy asarlarda Baqtriya «2000
shaharli mamlakat» sifatida tilga olingani bejiz emas. 1932 yilda Amudaryo bo'yida eski Termiz yaqinidagi 
Ayritom xarobasidan ikkita toshtaxta topilgan. Ularda kuy chalayotgan uch ayol obrazi tasvirlangan. Bu 
faqat monumental san'at bo'libgina qolmay, balki o'tmishda O'rta Osiyoda musiqa madaniyati ham 
rivojlanganligidan dalolatdir. 1965 yilda Qadimiy Afrosiyob shaharchasi xarobalaridan topilgan tasviriy 
san'at obidalari VII asrga oid bo'lib, go'zalligi jihatidan shu vaqtgacha jahonda topilgan yodgorliklardan 
ustun turadi. 
Markaziy Osiyo xududida ibtidoiy djamoa tuzumining yemirilishi bilan miloddan avvalgi 2-ming 
yillikning oxiri, 1-ming yillikning boshlarida Baqtriya, So'g'd, Xorazm, Parfiya kabi davlatlar vujudga 
kelgan. 
Miloddan avvalgi VI asrda O'rta Osiyoning katta qismini Eron shohi Kir P bosib olib, uni 
ahmoniylar davlati tarkibiga kiritgan, so'ngra Iskandar Zulqarnayn bu yerlarni ishqol qilib, juda katta 
boyliklarni, madaniy obidalarni, jumladan, 12 ming xo'kiz teriga tilla suvi bilan yozilgan «Avesto»ning 
yagona kitobini ham olib ketgan. 
VII asr oxirlari va VIII asr boshlaridan boshlab arablar O'rta Osiyo yerlarini istilo qilishga kirisha
boshlaganlar va VIII asrning birinchi yarmida uni o'zlariga to'la bo'ysundirishga muvaffaq bo'lganlar. 
O'lkada arab istilochilariga qarshi qattiq qo'zg'olonlar bo'lib o'tgan. Muqanna boshliq 
qo'zg'olonchilarni arablar faqat mahalliy aholining orasini bo'zish vositasi bilan bostirishga muvaffaq 
bo'lganlar. Ammo bir yomon ishning yaxshi tomoni ham bo'lar ekan. Arablar O'rta Osiyoda VII-VIII asrda 
avj olib ketgan va xalqni holdan toydirgan qabilalar o'rtasidagi urushlarga barham berdilar. Natijada arab 
xalifaligiga qaram bo'lgan yirik davlat vujudga keldi. Bunda Somoniylarning alohida o'rni bor.ular islomni 
keng yoyishda katta rol o'ynaganlar. Ayni chog'da dehqonchiliq hunarmandchilikni rivojlantirish uchun ilm-
fanga yo'l ochganlar. «davlati Somoniyon» asarining muallifi .Ne'matovning yozishicha, o'sha zamonda 
Movarounnahr va Xurosonda qishloq ho'jaligi, hunarmandchilik va chorvachilik yuksak darajada 
rivojlangan. Chunonchi, Buxoro viloyatida, Zarafshon vodiysida, Shohrud, Karmish, Shopurkon, Varaxsha 
kanallarida suv limmo-lim oqib, butun atrofni yashnatib turgan. Samarqand, So'g'd, Afg'oniston, Shimoliy 
Eron, Xorazm yerlaridan iborat juda katta xududda tarkiy qabilalar jamoasining o'zaro birikishidan iborat 
Qorahoniylar saltanati vujudga kelgan. Bular davrida ilm-ma'rifat, madaniyat ancha rivoj topib, qator 
yuksak ilmiy,ijtimoiy-falsafiy asarlar asosan turkiy tilda yaratilgan. Bu asarlar sirasiga birinchi navbatda 
eslatib o'tilgan Mahmud Qoshg'ariyning «Devoni lug'otit turk», Yusuf Xos Hojibning «Baxt-saodatga 
eltuvchi bilim» asarlari bilan bir qatorda Ahmad Yugnakiyning «Hibat-ul-haqoyiq», Tavsif, Rabg'o'ziyning 
«Qissai Rag'bo'ziy» kabi asarlari kiradi. 
Ma'naviy va moddiy hayotning turli sohalarida islom nuri ila yo'g'rilgan qadriyatlar izchillik bilan 
saqlanib, davom etib kelmoqda. To'ylaru ma'rakalarda, turli taomillarda, turmushning turli onlarida xayrli 
an'analar ko'pincha Qur'on suralari, oyatlari, hadis namunalari orqali odamlar qalbidan o'rin olmoqda. 
Bunday ehtirom o'tmish avlodlar urf-odatlariga sadoqat ramzi sifatida qabul qilinmoqda va ardoqlanmoqda. 
Oddiy xalq - ziyoli ham, ishchi ham, dehqon ham faqat tinchlik va hayot farovonligini orzu qiladi. Buni 
amalga oshirishda esa asriy ezgu aqidalar, qadriyatlar timsoli bo'lgan islom an'analari ham ma'naviy va 
amaliy yordam beradi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə