Dinshunoslik ma'ruza doc


Qur'oni Karim suralarining to'planishi va mushaf qilinishi



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/47
tarix07.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#126262
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   47
Dinshunoslik ma\'ruza doc

Qur'oni Karim suralarining to'planishi va mushaf qilinishi. 
Qur'on islomning muqaddas kitobi 
sifatida «Allohning mo'jizali kalomi bo'lib, Muhammadga vahiy orqali tushgan, Tilovoti ibodat 
hisoblanuvchi kitob» deb tavsiflanadi. 
Rivoyatlarga ko'ra, Qur'on sura va oyatlari Muhammadga parcha-parcha tarzida vahiy qilib borilgan; 
bu vahiyning birinchi bayoni «Laylatul qadr» kechasi boshlanib, uning vafotigacha, ya'ni 23 yil davom 
etgan deb hisoblanadi. Keyinchalik islomda diniy an'ana buyicha hijradan 12 yil oldin ramazon oyining 27-
kuniga o'tar kechasi melodiy hisob bilan 610 yilning 31 iyulidan 1 avgustiga o'tar kechasi deb hisoblanadi. 
Qur'onni vahiy qilishning boshlanishi to'g'risidagi tasavvur uning 97- «al-Qadr» surasida ifodalangan. 
Qur'on matnlarining to'planishi, tahrir qilinishi va muqaddas yozuv sifatida e'tirof etilishi 
Muhammad vafotidan keyin 20-25 yil davomida, dastlabki choriyorlar davrida amalga oshirilgan. 
Qur'onning hozirgi nushasidagi 114 ta sura taqqoslab ko'rilsa, Suhufda hammasi 109 ta sura 
bo'lganligi va birmuncha suralar bo'lmaganligi aniqlangan. Shundan ham ma'lum bo'ladiki, Suhuf tarkibi 
to'la bo'lmagan. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


Hozirgi kunda Islom olamida 4 ta qadimiy Mushaf nusxalarining borligi ma'lum. Ulardan biri 
madinada saqlanayotgan asl nusxa bo'lib, islom manbalarida u «Imom» nomi bilan tilga olinadi. Ikkinchi 
nusxa Ka'bada, uchinchi nusxa Qohiradagi Misr milliy kutubxonasida saqlanmoqda. Turtinchisi, 
Toshkentda O'zbekistonda xalqlari tarixi muzeyida saqlanib, 1989 yil boshlarida O'zbekiston musulmonlari 
diniy idorasiga topshirilgan. 
Ayrim tadqiqotlarda Qur'onning oxirgi tahriri Umaviylar xonadonidan bo'lgan xalifa Abd al-Malik 
xukmronlik qilgan davrda (685-705) amalga oshirilgan, degan fikr ham uchraydi. Lekin aslida bu tahrir 
emas. Shu davrgacha Kur'on matnida arab yozuviga xos bo'lgan qiska unlilarning belgilarigina emas, balki 
harflarning ustiga va ostiga qo'yiladigan kalta chiziqcha ham amalda bo'lmagan. Bu hol yozuvning 
o'qilishida qiyinchilik va talaffo'zida nomuvofiqlik tug'dirar edi. Shuning uchun bu davrda Iroq xokimi 
bo'lgan al-Hajjoj Qur'on matnlarining o'qilishidagi chalkashliklarga xotima berish maqsadida shunday 
nuqtalar va belgilar qo'yib chiqishni buyurgan. Demaq bu aslida faqat unli harf belgilarini qo'yish bilan 
bog'liq ish bo'lgan va bu vaqtda Qur'on matniga o'zgartirishlar kiritish imkoniyati bo'lmagan. 
Yuqorida ilk manbalar asosida bayon etilgan Qur'on suralarining o'qilish davrlari, ular bilan bog'liq 
bo'lgan tarixiy voqealar, Muhammad vafotidan keyin suralarning to'planishi va musxaf qilinib, yagona kitob 
shakliga keltirilishi tafsilotlari bilan tanishgan har bir kitobxon islomshunoslik va qur'onshunoslikning 
qanday mashshaqatli yullarini bosib o'tganini o'zi tasavvur qilishi va zarur xulosalarni chiqarib olishi 
mumkin. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə