Dinshunoslik ma'ruza doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/47
tarix07.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#126262
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47
Dinshunoslik ma\'ruza doc

Hadisi sharif. 
Arabcha sunna (as-sunna, ko'plikda sunan)-yo'l, yo'nalish, ya'ni «rivoyat», «naql», 
«xotira», «odat», «an'ana», «hatti-harakat» ma'nolarini anglatadi. 
Sunna islomda Qur'ondan keyingi, uni to'ldiruvchi manba, islom islohiyoti va shariatining ikkinchi 
asosi sifatida e'tirof etilgan. U VII asr o'rtalaridan e'tiboran yig'ila boshlagan. Unda arab xalifaligidagi sinfiy 
munosabat, ijtimoiy ziddiyatlar, islom mafkurasi doirasidagi ichki kurashlar o'z ifodasini tolpgan. 
Islomgacha davrdagi Arabistonda bu nom bilan odat tusini olgan ahloqiy-huquqiy yo'l-yo'riqlar majmuasi – 
Shimoliy Arabistondagi eski jamoaning oddiy huquqlari atalgan. Sinfiy jamiyat va islom vujudga 
kelgandan so'ng bu eski arab majusiy sunnasi rad etilib, asta – sekin yangisi, musulmon sunnasi bilan 
almashtiroila boshlangan. 
Musulmon sunnalari ko'plab hadislardan tashkil topgan. Hadis so'zining dastlabki ma'nosi (ar. 
Ko'plikda «ahadis» so'zidan) – «xabar», «hikoya», «bildirish», tor ma'noda - «parcha»(sitata). Rasmiy 
ma'noda hadis – Muhammad Payg'ambar (s.a.v.) so'zlari va amaliy ishlari haqidagi rivoyatlardir. Bu 
ma'noda hadis faqat Muhammad Payg'ambar (s.a.v.) so'zlariga nisbatangina ishlatiladi. 
Hadis-Islomda Qur'ondan keyingi muqaddas manba hisoblangan. Bunda Muhammad Payg'ambar 
(s.a.v.) ning hayoti, faoliyati va ko'rsatmalari, uning diniy, ahloqiy dasturlari ham o'z ifodasini topgan. 
Muhammad Payg'ambar (s.a.v.) biror gap aytgan yoki ma'lum ishni qilib ko'rsatgan bo'lsa, yohud 
boshqalarning qilayotgan ishini ko'rib, uni man etmagan bo'lsa, shu uch holatning har biri hadis deb 
atalavergan. Ma'lumki, hadislarda islom ahkomlari, ya'ni farz, vojib, sunnat, mustahab, halol, harom, 
makruh, muboh kabi amal turlaridan tashqari ahloq-odobga doir dasturlar talqin etiladi. Unda xalq orasida 
keng tarqalgan ahloq-odobga oid maqol, qimmatli hikmatli gaplar ham qamrab olingan.
Hadislarda ibodatning tartib qoidalari va ularni astoidil bajarishga da'vat etish bilan birga insoniy 
fazilatlar keng tashviq qilingan, insoniylik sha'niga dog' tushiradigan razil hatti-harakatlar keskin 
qoralangan. Shuning uchun ham islomning ilk tarqalish davridanoq musulmonlar orasida hadislarda juda 
katta ahamiyat berilgan. Eshitgan har bir hadisni yanglishmay, asl holicha boshqalarga yetkazishga qat'iy 
rioya qilingan. Bu to'g'rida Muhammad Payg'ambar (s.a.v.) o'zi musulmonlarni tez-tez ogohlantirib turgan. 
Hadis mazmuni va iborasini bo'zib yoki o'ziga yangi hadis to'qib tarqatuvchilar qattiq qoralangan. Bunday 
talabchanlik Muhammad Payg'ambar (s.a.v.) vafotidan ancha keyingacha ham hadislarning sof holda 
saqlanib turishida imkon bergan. 
Hadislar asosan Muhammad Payg'ambar (s.a.v.) vafotidan keyin yozila boshlagan. Islomda 
Muhammad (s.a.v.)ga Payqambarlik uning 40 (qirq) yoshida nasib bo'lgan, deb hisoblanadi. Shunga ko'ra, 
Qur'on oyatlari payg'ambar umrlarining oxirigacha, ya'ni 23 yil davomida turli munosabatlar bilan nozil 
bo'lib turgan. Payg'ambar safdoshlari – sahobalar bu oyatlarni maxsus sahifalarga yozib borganlar, ularning 
ba'zilari payg'ambarning aytgan so'zi va hatti-harakatlarini ham yoza boshlaganda payg'ambar bu ishni 
davom 'ttirishni taqiqlagan va bunga ular Qur'on bilan Sunnani ajratolmay qolishlaridan cho'chishligini 
sabab qilib ko'rsatgan. 
Ilk yozilgan hadislar qatoriga Muhammad Payg'ambar (s.a.v.)ning horijiy o'lkalarga – Vizantiya 
imperatoriga, Eron shohiga, Misr ham Habashiston hukmdorlariga yo'llagan maktublari ham kiradi. Undan 
tashqari ko'plab vasiqa va hujjatlar ham bo'lganki, ular ham ilk bor yozilgan hadislardan hisoblanib, ularda 
islomga da'vat etish, muayyan vazifalarga tayinlash, yer va undan olinadigan soliqlar, imon va tavsiya 
maktublari, payg'ambarga kelgan xatlarga javoblar o'rin olgan. 
Hadislarni saqlab, kelajakka yetkazuvchilar birinchi navbatda sahobalar-payg'ambarning 
qarindoshlari, do'stlari, yordamchilar va shogirdlari, ularning vafotidan keyin asosan Madinada yashab 
kelganlar hisoblanganlar. 
Umuman «sahoba» so'zi arabcha bo'lib, «suhbat» so'zidan olingandir. Hadislardan biriga ko'ra 
payg'ambarni ko'rgan, u bilan muloqotda bo'lgan har bir musulmonni «sahobiy» deyilgan. Imom Bo'xoriy 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


ham shu fikrni tasdiqlagan. Ibn Hambal ta'biricha, Payg'ambar bilan bir yil, yo bir oy, yo bir kun va yoki 
hatto bir soat suhbat etgan, yo bo'lmasa hayotida bir marta bo'lsa hamki uni ko'rgan musulmon kishi 
sahobalardan hisoblanaveradi. 
Shakllangan an'anaga ko'ra hadis ikki qismdan iborat bo'lishi kerak edi: 
1.
Isnod (ar. Aynan-«tayanch»), ya'ni shu hadisni yetkazgan kishilarni sanab o'tish; 
2.
Matn, ya'ni hadisning mazmuni. 
Ishonchliligiga qarab hadislar uch guruhga ajratilar edi. Hikoya qiluvchilar ro'yxati hech qanday 
shubha tug'dirmasa, bunday hadis sahih (ar. Ishonchli, to'g'ri) deyilgan. Agar hikoya qiluvchilar ro'yxatida 
ayrim nuqsonlar bo'lsa, masalan, isnodda aytilgan biror shaxs kam tanilgan bo'lsa yoki hamma muhaddislar 
uni benuqson deb topmagan bo'lsa, yoki ro'yxatda biror xalqa, bo'lim o'zilib qolgan bo'lsa, hadis to'la 
qimmatga ega deb tan olinmasa-da baribir, qabul qilingan; bunday hadis hasan (ar. yaxshi, marhamatli) deb 
nomlangan. Nihoyat, agar hikoya qiluvchilar ro'yxatida taqvodorli yoki ahloqiy obru-e'tibori nuqtai-
nazaridan muvofiq kelmaydigan kishilar bo'lsa, hadis ishonchsiz hisoblangan va a'if (ar. zaif) deb 
nomlangan. 
Hikoya qiluvchilar ro'yxati muntazam bayon etilagn bo'lsa, bu hadis mutassil deyilgan. Birorta nom, 
ayniqsa ikkinchi nom ya'ni sahoba shogirdi nomi tushirib qoldirilgan bo'lsa, munqati (o'zilgan) deyilgan. 
Hadis isnodida shogird-tabi' ko'rsatilgan bo'lib, hadis qaysi sahobadan eshitilganligi noma'lum bo'lsa, unda 
mursal-«tushirib qoldirilgan» deb nomlangan. 
Hadislar VII asr ikkinchi yarmi IX asr oxirlarida yaratilagn hadislarning ko'p qismi xalifalik 
mamlakatlarida ijtimoiy munosabatlar, tarixiy siljishlar va o'sha davrda shakllangan huquqiy qarashlarni 
o'zida aks ettirgan. Hadislar ilk o'rta asr davrida xalifalik mamlakatlari ijtimoiy va davlat taraqqiyoti tarixi 
uchun manba ahamiyatiga egadir.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə