Dinshunoslik ma'ruza doc


Shariat joriy etgan tartib va qoidalar



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/47
tarix07.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#126262
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   47
Dinshunoslik ma\'ruza doc

Shariat joriy etgan tartib va qoidalar.
1. Farz (arab.-majburiyat) diniy-huquqiy kategoriya bo'lib, 
bevosita Qur'onda qayd etilgan, har bir musulmon qanday bo'lmasin bajarishi majbur shart bo'lgan qat'iy 
talab, tartib-qoidalardir. 
2.Mandub (arab.- tavsiya etilgan) – diniy-huquqiy kategoriya sifatida bajarsa lozim va savob deb 
tavsiya etiladigan, lekin majbur va gunoh bo'lmagan harakatlar (masalan, qurbonliq mavlud, majburiy 
bo'lmagan namozlarni o'qish va e'tiqof, xayr-ehson va hokazolar). Bular diniy nuqtai nazaridan yaxshi va 
maqtovga sazovor, oxiratda taqdirlanadi, ammo ijro etmagan taqdirda mas'uliyat talab etilmaydi. 
3.Muboh. (arab. – umumiy, hech kimga taaluqli bo'lmagan)- shariat kategoriyasi bo'lib, tor ma'noda 
ijozat beriladigan barcha hatti-harakatlar. Ijrosi rag'batga yoki mukofotga sazovor bo'lmasa ham, gunoh 
hisoblanmaydigan, u dunyoda taqdirlanmaydigan, inson hayoti va turmush tarzi bilan bog'liq bo'lgan oddiy 
xatti-harakatlar (ovqatlanish, uxlash, o'yin-kulgu, uylanish, dam olish va h.k.). bu kategoriya joiz 
kategoriyasi kabi majburiy deb ham hisoblanmagan, ularni bajarish ham taqiqlanmagan. 
4.Makruh (arab. – rad etilgan, qoralangan, nomaqbul) - qat'iyan taqiqlanmagan, ammo nomaqbul 
hisoblangan va rad etilgan xatti-harakatlarni ifodalovchi shariat kategoriyasidir. Diniy e'tiqod nuqtai 
nazaridan nokeraq nomaqbul, ammo qat'iyan rad etilmagan. Bu taqiqlarni buzganlik uchun jinoyat yoki 
gunoh hisobida jazolanmaydi, imonni saqlash uchun jinoyat, makruh ishlarni qilmaslik lozim, ammo bu 
dunyoda ham, u dunyoda ham jazoga tortilmaydi. 
5.Mazhura – yoki harom (arab.- man etilgan, saqlanadigan narsa) musulmonlar uchun qat'iy 
taqiqlangan xatti-harakat, muomala, qiliq, fikr, xayol, e'tiqod, narsalar, yeyish man etilgan oziq-ovqat va 
boshqalar. 
Musulmonlar xulq-atvori, muomala va yurish-turishini chegaraga oluvchi shariatning 5 
kategoriyasida diniy-huquqiy mazmun mujassamlashgan. Uning amri, ahloqiy-marosimiy taqiqlari jinoiy va 
fuqarolik huquqi qonunlar bilan aynan ma'nolarda ishlatilgan, ya'ni diniy gunoh jinoiy va huquqiy 
gunohlardan farq qilmaydi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


Islom ta'limotida nimaiki halol deb hukm qilingan bo'lsa, bu narsa inson uchun foydali ekanligi, agar 
xarom deyilgan bo'lsa zararli ekanligi musulmon xalqlarining tarixiy tajribasi, turmush tarzida muhim 
ahamiyatga ega bo'ldi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə