Vatan yagonadur, Vatan bittadir



Yüklə 204,17 Kb.
tarix05.04.2023
ölçüsü204,17 Kb.
#104452
5-sinf test


1-mavzu: O‘zbekiston-Vatanim manim
Kun shiori: “Vatan yagonadur, Vatan bittadir”
Maqsad: Mustaqillik kunini nima uchun eng ulug`, eng aziz ayyom sifatida bayram qilinishi,hayotimizdagi bugungi imkoniyatlar qanday paydo bo`lganligi, sobiq mustabid tuzum davrida xalqimiz qanday qiyinchiliklarni boshidan kechirganligi, Yurtimizda yoshlarning bilim olishi uchun qanday qulay imkoniyatlar yaratilganligi, dunyoda qanday gunoh kechirilmasligi haqidagi tushunchalar shakllantiriladi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
D oskada:
O, sen Vatan, kindik qoni tomgan joy
Seni so`rmay, ko`rmay bo`lurmi?
Ko`z ko`rgani yoshu qarining –
Ona bag`rin sevmay bo`lurmi?
Abdulla Oripov

O`qituvchi:


Jahon keng, dunyoda mamlakatlar ko`p, lekin bu olamda betakror ona-yurtimiz – O`zbekistonimiz yakka-yu yagonadir. Bu go`zal yurt, bu go`zal zamin faqat bizga ato etilgan. Mana shu ulug` tuyg`i har birimizning dilimizga jo bo`lishi, hayotimiz mazmuniga aylanishi lozim.
Islom Karimov
O`zbekiston- kelajagi buyuk davlat. Bu-mustaqil, demokratik, huquqiy davlatdir. Bu insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qat’i nazar fuqarolarining huquqlari va erkinliklarini ta’minlab beradigan davlatdir.

Z ar unadi tuproqlarida,


Hayot kular quchoqlarida,
Jannat oqar gulbog`larida,
Biling, bu yurt O`zbekistondir!

Dillarida duolari bor,


Daholari, donolari bor,
Kelajakka nidolari bor,
Biling, bu yurt O`zbekistondir!
Topshiriq: Bayram munosabati bo`lganligi uchun ko`tarinki, kayfiyat ila o`quvchilardan ona-yurtimiz O`zbekistonimizni madh etuvchi she’r va qo`shiqlardan bahramand bo`linadi.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
Maktab MMIBDO‘______________________ _______________________ sana_____ _____ 20___yil
Yüklə 204,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə