Dinshunoslik ma'ruza doc


Islomiy qadriyatlar va hozirgi davr



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/47
tarix07.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#126262
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   47
Dinshunoslik ma\'ruza doc

Islomiy qadriyatlar va hozirgi davr. 
Kishilarni o'tmishga, undagi qadriyatlarga, ma'naviy madaniyatga 
hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalash ularga shaxsiy va ijtimoiy hayotda to'g'ri yo'l topishda yordam 
beradi. Bunday yo'l topa olmagan kishilar o'zlarini qiyin ahvolga solib qqo'yadilar. Haddan tashqari chetga 
chiqishlar esa ko'pincha haqiqatning ayon bo'lmay qolishiga olib keladi. 
Dinda umuminsoniy qadriyatlar juda ko'p. Hozirgi zamon ruhoniylari ham dahriylar kabi unutgan bu 
qadriyatlarni tiklamoqdalar; zamona ehtiyoji va manfaatlariga xizmat qiladiganlarni qayta tilga 
kirgizmoqdalar. Biz ularga bu xayrli ishda ittifoqchi va xayrixohmiz. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


Hozirgi diniy uyushmalar rahbariyatining xalq ommasi, jumladan oddiy dindorlar orasida hurmat va 
obro'ga tobora ko'proq ena bo'lib borayotganligining o'z sabablari bor. Bulardan biri, ular dunyoviy bilim, 
ilm-fan, madaniyat, ma'naviyat, e'tiqod va imonni tan olib,e'tirof etmoqdalar. 
Hozir oliy islom o'quv yurtlarida 19-20 turdagi fanlardan dars o'tilib, imtihon olinadi. Bu o'quv 
predmetlarining yarmidan ko'pi dunyoviy bilimlar ekanligi hammamizga ma'lum. Bu hol hozirgi zamon 
ruhoniylarining ilm-fandan iborat qadriyatlarga har qachongidan ham katta e'tibor berayotganliklarining 
ishonchli, diqqatga sazovor dalilidir. Yana bu – Muhammad (s.a.v.)ning «Ilmga nisbatan go'yo cho'pon kabi 
posbon bo'linglar, lekin ilmni faqat rivoyat qiluvchi bo'lmanglar», «Ilm o'rganish har bir mo'min uchun 
farzdir», «Shahid qonidan ko'ra olimning siyohi muqaddasdir», «Ilm ibodatdan afzaldir» - degan da'vatu 
hikmatlariga hozirgi zamon din ahllari sobitqadamlik bilan amal qilmoqdalar. Biz ham ularni targ'ib 
qilamiz. 
Islomning muhim talablaridan biri har bir inson imonli, e'tiqodli bo'lishi lozimligidir. 
Biz xalqimizning diniy e'tiqodini endi g'oyat hurmat qilamiz, uni umuminsoniy ma'naviy madaniyatning 
uzviy qismi, deb qadrlaymiz. Chunki hozirgi diniy ta'limotda birinchi navbatda insoniy elementlar ustun 
turadi. 
Hadislardagi da'vat, pand-nasihatlarning hozirgi zamon bilan hamohang bo'lgani, ayniqsa 
mamlakatimizdagi turli millatlar orasida noxush voqealar yuz berib turgan davr taqozosiga muvofiq 
keladigan odamlarni do'stliq hamkorlikka chaqiriqlardir. Hadislarning birida «Salomlashib yuringlar, 
odamlarga taom yediringlar… uzaro birodar bo'linglar» deyilgan. Ularning yana birida, «Mo'minlar uzaro 
do'stlashishda, rahm-shafqatda va mehru-oqibatda go'yoki bir tananing a'zolaridir. Uning biror a'zosi 
og'risa, unga qo'shilib qolgan a'zolari ham bedorlik va og'riq bilan alam chekadi». 
Hadislarda xayriya, ya'ni saxovat, muruvvat, shafqat, hadya, xayru sadaqa kabi masalalarga juda ko'p 
o'rin va e'tibor berilgan. Ularning birida «sadaqa va xayru ehson qtltsh yuli bilan rizqu nasibalaringizga 
baraka tilanglar», deyilsa, ikkinchisida, «Tangri g'am-tashvishli odamlarga yordam beradiganlarni do'st 
tutadi» deb ta'kidlanadi; uchinchisida «ochlarga ovqat bering, bemorlarni borib ko'ring va hojatmandning 
hojatini chiqaring» deyiladi. Yana birida «bir-biringizga ehson qilinglar, chunki ehson muhabbatni oshiradi 
va dildagi g'amliklarni yo'qotadi», degan da'vatlar, hikmatlar olg'a suriladi. 
Shuni e'tirof etishimiz kerakki, dingina emas, balki ilm-fanning birgina o'ziyoq insonni yuksak fazilatli 
qilishga qodir emas. Buning uchun ijtimoiy tuzum, moddiy omil, iqtisodiy zamin, ahloqiy tarbiya, boy 
ma'naviy hayot va hokazolar mavjud bo'lishi kerak. Bunda dinning real qadriyatlari ishtirok etishi mumkin. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə