Ikkinchisida esa tobe bo‘lgan so‘z hokim so‘zni aniqlaydi, to‘ldiradi va hokazo



Yüklə 8,65 Kb.
tarix24.04.2023
ölçüsü8,65 Kb.
#106800
2. Sintaktik mu-WPS Office


2. Sintaktik munosabatlarning turlari. Sintaktik munosabatlar dastlab ikki turga bo‘linadi: predikativ va nopredikativ

Predikativ bo‘linish gap qurilishi asosi (grammatika markazi/ komponentlari (ega va kesim)ning sintaktik munosabatidir. Bular orqali gap hosil qilinadi. Misol: Men ishga kecha chiqdim. (shaxs va sonda moslashayapti).

Nopredikativ boғlanish bunday xususiyatga ega emas. Teng boғlanish (teng sintaktik munosabatda bo‘lish, so‘zlar shuningdek, qo‘shma gaplarning predikativ komponentlari orasidagi biri ikkinchisiga bo‘ysinmagan, teng aloqasini ko‘rsatuvchi munosabat:o‘qituvchi va o‘quvchi, qo‘nғiroq chalindi va dars boshlandi va ergash boғlanish (bunda biri hokim va ikkinchisi tobe bo‘lgan so‘zlar o‘zaro aloqaga kirishadi: Salimni ko‘rdim) nopredikativ boғlanishning bir turlaridir.

Tenglashish munosabati asosan, teng boғlovchilar va sanash intonatsiyasi orqali ifodalanadi.

Ikkinchisida esa tobe bo‘lgan so‘z hokim so‘zni aniqlaydi, to‘ldiradi va hokazo.

Tobelanish munosabatini ifodalovchi vositalar, asosan affikslar, ko‘makchilar, flektsiya, so‘z tartibi va intonatsiyadir.

Sintaktik munosabatining ergashish usuli uch xil: moslashuv, bitishuv , boshqaruv.

Tobe so‘zning hokim so‘z shakliga mos holda bo‘lishi moslashuv dir. Mas., shaxs va sonda - SHamol maysalar orasida lola chamanlarini silkiydi. Qaratqich-qaralmish: Ustozning vasiyatlariga sodiq qolamiz

Tobe so‘zning hokim so‘z talab qilgan formani olish boshqaruv dir: Oltin o‘tda bilinadi. Boshqaruvchi vazifasini fe`l bajaradi.

So‘z birikmasining bitishuv turida hokim va tobe so‘z o‘zaro so‘z tartibi yoki ohang yordamida munosabatga kirishadi: Keksa boғbon, kichkina maydon kabi.


Sintaktik munosabatlar grammatik vositalar orqali ifodalanadi. Ular quyidagilar: affikslar, yordamchi so‘zlar, so‘z tartibi va intonatsiya.

Affikslar yoki so‘z formalari sintaktik aloqani ifodalashda keng qo‘llaniladigan vositadir. Turkiy tillarda-suffikslar, hind-evropa tillarida - flektsiya: Xoroshaya pogoda, alie rozi.

YOrdamchi so‘zlar grammatik vosita sifatida barcha tillarda mavjud.

Morfologik ko‘rsatkichlar bo‘lmaganda so‘z tartibi sintaktik munosabatlarni ko‘rsatuvchi asosiy vosita rolini o‘ynaydi.



Intonatsiya ham sintaktik munosabat ifodalaydigan vositadir. Intonatsiyani tashkil etgan komponentlar: logik urғu, pauza, ritm, milodika turli tillarda turli darajada sintaktik vosita sifatida ishlatiladi.
Yüklə 8,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə