Amaliy mashg’ulot-9 Mavzu: Muhit va moslashuv Amaliy mashg’ulotining maqsadi



Yüklə 84,93 Kb.
səhifə1/11
tarix19.12.2023
ölçüsü84,93 Kb.
#152422
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
амалий экология-ЎзФин


Amaliy mashg’ulot-9
Mavzu: Muhit va moslashuv
Amaliy mashg’ulotining maqsadi: Talabalarga Mavzuning аhаmiyati – muhit, uning turlari hamda yashahs muhtlariga moslashuv xususiyatlari hаqidа tаlаbаlаrdа tushunchа hоsil qilish va mustahkamlash
Amaliy mashg’ulot jihozii: O’quv metodik majmua, kompyuter texnologiyasi, fanga oid darslik, uslubiy qо‘llanmalar, ishchi dastur, slaydlar, qog‘oz, marker
Amaliy mashg’ulot jarayonida foydalaniladigan texnologiya: Jamoaviy, kichik guruhlarda ishlash, slayd-shou va «Aqliy hujum» metodi
Amaliy mashg’ulot rejasi:
1. Muhit to`g`risida tushuncha va uning turlari
2. Muhit va unga moslashuv
3. Muhitga mosashishning turlari


Ishni bajarish tartibi: talabalar mavzu yuzasidan berilgan nazariy ma’lumotlar bilan tanishish bilan birga adabiyotlar va smart telefon vositasi yo`rdamida internet ma’lumotlarini o`rganadilar. So`ngra berilgan savollarga javob beradi. Savol-javobdan so`ng mavzuga oid berilgan topshriqlarni bajaradilar.


Asosiy nazariy ma’lumotlar: Muhit tushunchasi. Muhit - ekologik tushuncha, u majmua tabiiy element va voqeliklardan tashkil topgan bo'lib, tirik organizmlar ular bilan bevosita va bilvosita munosabatda bo'ladi. Muhit-organizmlarni o 'rab turgan hamma tabiiy ekologik omillar (havo, yorug'lik, tuproq)dir. Muhit elementlari organizmlarning holati, o'sish, rivojlanish, ko'payish, tarqalishiga to'g'ridan-to'g'ri yoki boshqa ikkilamchi omil orqali ta ’sir qiladi. Har bir organizmning muhiti juda ham ko'p organik va neorganik tabiiy elementlardan hamda inson
faoliyatidan kelib chiqadigan sun’iy elementlardan tashkil topadi.
Tashqi muhit tabiiy kuch va voqeliklar yig'indisi, moddalar va energiya tarqalishi inson faoliyatining turli obyektiv va subyektiv qirralari bo‘lib, ularning ba’zilari bir-birlari bilan aloqada bo‘lmasliklari ham mumkin.
«Atrof-muhit» atamasi tashqi muhit tushunchasiga identik, aynan o‘zi bo‘lib, obyekt yoki sub’yektivlik bilan to'g'ridanto'g'ri kontaktda bo'ladi. Atrof-muhit tushunchasini biolog Ya. Yuksal (1864-1944) ekologiyaga kiritgan va shunday ta’riflagan: «Tashqi dunyo, u tirik organizmlarni o'rab turgan, ularning sezgi organlari, hayvonlarning harakat organlari orqali ta’sir qilib, maxsus xislatlarning kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Har bir sub’yekt xuddi o'rgimchak to'rining tolalari kabi tashqi muhitga u yoki bu xislati bilan bog'liq, murakkab to'r hosil qilib, o'zining hayotchanligini ta’minlaydi», - degan edi.
Ekologiyada yana «Tabiiy muhit» atamasi ham uchraydi. Tabiiy muhit - bu tirik va o'lik tabiatning tabiiy omillarining yig'indisi bo'lib, inson faoliyati natijasida o'zgaradi va organizmlarga ta’sirini o'tkazadi.
Muhitni ikkiga bo'lish mumkin: 1) Abiotik muhit -tabiatning hamma va kuchi va undagi voqeliklar joyi. Ular o'zlarining kelib chiqishi bilan tirik organizmlar faoliyatiga bog'liq emas;
2) Biotik muhit - tabiatning har xil kuchlari, harakatlari va undagi voqeliklar o'zlarining kelib chiqishi bilan hozir yashayotgan tirik organizmlarning hayot-faoliyatiga bog'liq. Organizmlarni to'g'ridan-to'g'ri o'rab turgan yashash muhiti (sharoiti) - ayrim organizm yoki biotsenozni abiotik va biotik omillar yig'indisining ta ’siri natijasida organizmning o'sish, ko'payish joyi. Masalan, o'tloqzorlar, u yerlarda ekologiyadagi 4 ta yashash muhiti farqlanadi: 1) suv; 2) yer-havo; 3) tuproq; 4) tirik organizmlar tanasi.



Yüklə 84,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə