Amaliy mashg’ulot-9 Mavzu: Muhit va moslashuv Amaliy mashg’ulotining maqsadi


Tuproq organizmlarining ekologik guruhlari



Yüklə 84,93 Kb.
səhifə5/11
tarix19.12.2023
ölçüsü84,93 Kb.
#152422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
амалий экология-ЎзФин

Tuproq organizmlarining ekologik guruhlari. Tuproq organizmlarining son va sifati, ularning turli guruhlari-jamoalar hosil qilishi biz yuqorida bayon qilgandek tuproqning fizikaviy, kimyoviy va biologik xislatlaridan kelib chiqadi. Ya’ni ayrim o'simliklarni tuproqning vodorod ioni, undagi oziq moddalarining miqdoriga qarab guruhlarga ajratiladi, hayvonlar esa katta-kichikligi bo'yicha klassifikatsiya qilinadi. Tuproq tarkibidagi organik (kul) qoldiqlarining solishtirma tarkibiga qarab, o'simliklar oligotrof, evtrof, mezotrof, neytrafil, galofit, pedrofit, psammofit ekologik guruhiga bo'linadi. Shular ichida iloq, oq saksovul, qora saksovul, cho'l akatsiyasi kabilar tinimsiz oqib turuvchi Qizilqum, Qoraqumlarda o'sadi.
Psammofitlarning o'tsimon vakillari ichida efemer va efemeroidlar ko'p bo'lib, ular muhitda namlik ko'p bo'ladigan davrlarda rivojlanadi. Tuproq hayvonlari muhit omillari bilan bog'liq bo'lgan holda quyidagi 3 ta ekologik guruhga bo'linadi:
1) Geobiontlar- yomg'ir chuvalchanglari, hasharotlar kiradi;
2) Geofillar - rivojlanishning bir sikli yoki fazasi tuproqda o'tadigan chigirtkalar, qator qo'ng'izlar, pashshalar kiradi;
3) Geoksenlar vaqtincha tuproq ichida, yer ostida yashaydigan tarakanlar, yarim qattiq qanotlilar, qo'ng'izlar, sug'urlar, kemiruvchilar va boshqa sutemizuvchilar kiradi.
Tuproqda uchraydigan hayvonlar o'zlarining katta-kichikligiga qarab, quyidagi ekologik guruhlarga bo'lingan: mikrobionta, mezobionta, makrobionta; ulardan tashqari mikrofauna, mezofauna, makro-megofauna guruh hayvonlar ham uchraydi.

Tirik organizmlar hayot muhitining ekologiyasi.
Organizmlarning turli abiotik omillar orqali bir-birlariga ta’sir qilishi, ularning topik bog'lanishlari) aloqalari deyiladi, ya’ni bir organizm ikkinchi organizmga fizikaviy, kimyoviy yoki biologik sharoit yaratishidan iboratdir. Tabiiy muhitda organizmlar uchun topik aloqalar muhim ahamiyatga egadir. Lekin topik aloqalar tirik organizmlarning ayrimlariga qulay bo'lsa, boshqalari uchun noqulay bolishi ham mumkin. Shuning uchun ham organizmlarning tabiatda joylashishi turlicha bo‘ladi.
O'simliklar yuzlab, minglab hayvonlarga pana joy hisoblanadi. Hayvonlar shamol, past harorat, yirtqichlardan saqlanadi. Hayvonlar o'simliklar ildizlari, tanasi va yaproqlarida o'zlariga yashash joyi topadi. Ayrim o'rmalab yuruvchi hayvonlar (ilonlar, kaltakesaklar, chumolilar, mushuksimon yirtqichlar) daraxtlar tanasi va shoxlaridan o'zlariga yashash muhitlari topadi. Bu yerda turlararo munosabatlarga parazitlar misol bo'ladi.

Yüklə 84,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə