Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 2,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix24.05.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#112594
  1   2
aaaaaaaaaaaaa



1
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
ZOOLOGIYA KAFEDRASI
6510100 (turlari bo‘yicha) TA‘LIM YO‘NALISHI
"ZOOLOGIYA" FANIDAN
Mavzu: Sudralib yuruvchilar biologiyasi va
ekologiyasi
Bajardi: Biologiya ta’lim yo’nalishi _-kurs
___-guruh talabasi _____________________
Ilmiy rahbar:__________________________
KURS
KURS ISHI
ISHI


2
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………….....….............................…....3
I.BOB. SUDRALIB YURUVCHILARNING UMUMIY TASNIFI
1.1. Sudralib yuruvchilar sinfi……………………………….………..………...............6
1.2.Sudralib yuruvchilarning morfo-anotomik tasnifi……………….………..9
II.BOB. SUDRALIB YURUVCHILAR BIO-EKOLOGIYASI VA AHAMIYATI
2.1 Sudralib yuruvchilarning biologiyasi……………………...……………….........25
2.2. Sudralib yuruvchilarning ekologiyasi…………...….……...…..……...…......28
XULOSA………..……………………………………………….………....…...............................….33
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………….………….…………................…........35


3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Sudralib yuruvchilar turli-tuman va yer yuzida
keng tarqalgani uchun tabiatda va inson hayotida suvda va quruqlikda
yashovchilarga nisbatan katta ahamiyatga ega. Sudralib yuruvchilarning
deyarli hammasi foydali hisoblanadi. Koʻpchilik kaltakesaklar va ilonlar
zararkunanda hasharotlar , mollyuskalar va kemiruvchilarni qirib , ular
sonini cheklab turadi va qishloq xoʻjaligiga katta foyda keltiradi. Koʻpgina
kaltakesaklar
esa
tulki
sassiqqoʻzon
kabi
ovlanadigan
muhim
darrandalarga yem boʻladi. Mayda kemiruvchilar bilan oziqlandigan
zaharsiz ilonlarni baʼzi joylarda odamlar ( Amerika, Janubiy Osiyo , Afrika )
uylarida mushuk oʻrnida saqlaydi.Ayrim sudralib yuruvchilar zarar ham
keltiradi. Masalan: Oʻrta Osiyo choʻl toshbaqasi poliz ekinlariga va don
ekilgan maysazorlarga ziyon keltiradi. Choʻl toshbaqalari temir yoʻl
koʻtarmalari
va
sugʻorish
inshootlarini
kovlab
tashlaydi.
Baliq
yetishtiradigan xoʻjaliklarda suv ilonlari yosh baliqlarni yeb , maʼlum
darajada ziyon keltiradi. Quruqlikda yashovchi toshbaqalar , baʼzi
kaltakesaklar va ilonlar odam hamda uy hayvonlariga ayrim yuqumli
kasalliklarni tarqatadi, chunki ularda kasallik yuqtiradigan kanalar parazitlik
qiladi. MDHda Kavkaz va Oʻrta Osiyoda zaharli ilonlar inson uchun katta
xavf tugʻdiradi. Odamlar uchun oʻta xavfli ilonlarga shaqildoq ilon, kapcha
ilon, koʻlvor ilon va dengiz ilonlari kiradi. Bu ilonlar chaqqanda odamlarning
1-2 % oʻladi. Zaharli ilonlarni qanday taʼsir etishiga qarab 2 guruhga
boʻlinadi. Birinchi guruhga kiruvchi ilonlar chaqqanda toʻqima qizarib
shishib ketadi, sovuq ter chiqadi, odam alahsiraydi, koʻngli behuzur boʻladi.
Bunda odam oʻlishi ham mumkin. Ikkinchi guruhga kiruvchi zaharli ilonlar
chaqqanda zahar nerv sistemasiga taʼsir etadi, qoʻl va oyoqlar falaj boʻlib
qoladi, nafas qisiladi, yuzi koʻkaradi va nihoyat zaharlangan odam oʻladi.
Ilon chaqqanda chaqqan joyni KMnO4 ni kuchli eritmasi bilan chayqab
zaharni chiqarib tashlash kerak, chunki soʻlak tegsa ilon zahari
parchalanadi.Ilon chaqqanda choy yoki kofe ichish ham foydali , soʻngra


4
zaharlangan odamni tezda shifoxonaga olib borib , ilon zardobi bilan
emlanadi.Zardob quyidagicha tayyorlanadi: uzoq vaqt davomida sogʻlom
otning tanasiga miqdori oshib boruvchi ilon zahari yuboriladi, keyin otdan
qon olinadi va bu qondan zardob tayyorlanadi. Monvalentli zardob maʼlum
bir tur ilon chaqqanda ishlatilsa , polivalentli zardob bir necha zaharli ilonlar
chaqqanda ishlatiladi. Zahar olish uchun zaharli ilonlar tabiatdan ushlab
kelinadi va maxsus ilon saqlanadigan joylarda boqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi zoologiya instituti
qoshida maxsus zaharli ilonlar saqlanadigan pitomnik bor.Bu yerda kapcha
ilon, qora ilon va koʻlvor ilon saqlanadi hamda ulardan qimmatbaho ilon
zahari olinadi. Ilon zaharidan qimmatbaho davolash mahsulotlari ( laxezis,
vipratokis ) olinadi va revmatizm , yurak tomirlari spazmasi, bronxial astma
va boshqa kasalliklarni davolashda keng qoʻllaniladi. Shuning uchun ham
zaharli ilonlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish
kerak.Sudralib yuruvchilarning 150 ga yaqin turi va kenja turlari Xalqaro
Qizil kitobga kiritilgan. Yirik kaltakesak ,ilon, timsoh va toshbaqa goʻshti
koʻpgina mamlakatlarda ovqatga ishlatiladi.Timsohlar va yirik ilonlar va
kaltakesaklarning ( echkemar ) terisidan chemadon, portfel, tasma,xaltacha
va poyabzal tayyorlanadi. Baʼzi dengiz toshbaqalarining karettaning
qalqonidan taroq koʻzoynak gardishlari va boshqa buyumlar tayyorlanadi.
Ilonlar ,timsohlar va toshbaqalarni ortqicha ovlash , albatta ular soning
kamayishiga balki yoʻq boʻlib ketishiga olib kelishi mumkin.
Oʻzbekistonda uchraydigan 60 ta Sudralib yuruvchilarning 16 ta turi
kamyob boʻlib, Oʻzbekiston ” Qizil kitob”iga (2009-y) kiritilgan: Molchanov
toʻgarakboshi
xentogʻ toʻgarakboshi , Rustamov sink gekkoni , silliq
gekkoncha ,qalqonli gekkoncha , qoraxoldor kaltakesak ,Fargʻona qum
kaltakesagi, boʻz echkemar , Hind boygasi , toʻrt yoʻlli chipor ilon ,
koʻndalang yoʻlli boʻritish ilon, Afgʻon litorinxi, kapcha ilon, dasht qora iloni.
Yuqorida keltirilgan turlarni muhofaza qilish choralar tadbirlarini ishlab
chiqish va ulardan oqilan foydalanish Zoologiya fani oldidagi dolzarb


5
muommalardan biri hisoblanadi.
Ishning maqsadi. Sudralib yuruvchilar biologiyasi va ekologiyasi
mavzusini o’rganish va tadqiqotlarda olingan natijalarni statistik qayta
ishlab ilmiy asoslangan
xulosalar ishlab chiqish. Tabiatda sudralib
yuruvchilarni yashovchanlik xususiyatlarini o’rganish, turlar soni kamiyishini
oldini olishga qaratilgan strategik ishlarni amalga oshirilishi maqsadga
muvofiq bo’ladi.
Ishning vazifasi.
1.Sudralib yuruvchilarning biologiyasi;
2. Sudralib yuruvchilarning ekologiyasi;
3. Sudralib yuruvchilar sistematikasini talqin qilish;
4. Sudralib yuruvchilarning iqtisodiy ahamiyati va biologik xilma- xilligini
aniqlash.
Ishning ilmiy va amaliy ahamiyati:
1.Sudralib yuruvchilarning yer yuzida 8000 ga yaqin turi tarqalgan;
2. Sudralib yuruvchilar mezozey erasida keng tarqalib stegotsefallardan
kelib chiqqanligi oʻrganilgan;
3.Sudralib yuruvchilar vakillarining turli ekologik sharoitlarda yashashi
oʻrganilgan;
4. Yer yuzida sudralib yuruvchilarning tarqalish areali oʻrganilgan.
Ishning hajmi: Kurs ishi 35 betlik matndan iborat va 12 ta rasmdan
iborat bo’lib, kirish, asosiy qism, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar
ro’yxati qismlaridan iborat. Kurs ishi sudralib yuruvchilarning yangi analiz
metodlari va biologik analiz modellar yordamida yoritib berilgan.


6
I BOB 1.1SUDRALIB YURUVCHILARNING UMUMIY TASNIFI
Sudralib yuruvchilar (Reptelia) — umurtqalilar sinfi. Qadimgi Sudralib
yuruvchilar — kotilozavrlar o’rta karbonda stegotsefallardan paydo boʻlgan.
Keyinchalik stegotsefallar 2 shoxga ajralgan; ularning biridan — sut
emizuvchilar, ikkinchisidan — qushlar paydo boʻlgan. Sudralib yuruvchilar
permdan kaynozoy erasi boshlarigacha Yer yo’zi faunasida hukmronlik
qilgan. Mezozoyda kengtarqalgan; ular orasida dengizda so’zuvchilari va
havoda uchadiganlari boʻlgan. Eng yirik hayvonlar — dinozavrlar qam
mezozoy davrida yashagan. Mezozoy tugab, kaynazoyning boshlanishi
qadimgi Sudralib yuruvchilarning qirilib ketishi, sut emizuvchilar bilan
qushlarning keng tarqalishiga toʻgʻri kelgan. Hozirgi Sudralib yuruvchilar
gavdasining uzunligi bir necha sm dan 10 m gacha. Skelet deyarli toʻliq
suyaklangan. Oyoqlari boshqa quruqlikda yashovchilar singari 5 barmoqli
tipda; ayrim guruhlarda oyoqlar boʻlmaydi. Koʻpchilik Sudralib yuruvchilar
qovurg’alari toʻsh suyaklari bilan tutashib, koʻkrak qafasi hosil qiladi.
Sudralib yuruvchilarda birinchi marta koʻkrak qafasi orqali nafas olish
paydo boʻladi. Bosh miyasi sut emizuvchilar va qushlarnikiga nisbatan
kuchsiz rivojlangan. Qon aylanish doirasi 2 ta, yuragi 3 kamerali, yurak
qorinchasida chala parda toʻsiq boʻladi. Faqat timsoxlar yuragi qorinchasi
toʻliq 2 ga boʻlingan, yuragi 4 kamerali. Ayirish organi chanoq buyrakdan
iborat; koʻpchiligida qovuq bor. Gatteriyalardan boshqa barcha Sudralib
yuruvchilar erkagida kopulyativ organ bor (ilonlar va kaltakesaklarda 2
tadan). Terisi mugo’z tangachalar yoki qalqon bilan qoplangan (terili suv
toshbaqalarida boʻlmaydi), quruq, ter bezlari boʻlmaydi yoki kam boʻladi.
Hozirgi Sudralib yuruvchilarning 8000 ga yaqin turi, Oʻzbekistonda 2 turkum
(tangachalilar, toshbaqalar)ga mansub 58 turi tarqalgan. Antarktidadan
tashqari barcha kitalarda uchraydi. Koʻpchilik turlari qurukdikda, timsohlar,
bir qancha toshbaqalar va ilonlar chuchuk suvlarda, ayrim toshbaqalar,
ilonlar va timsohlar dengizda yashaydi. Tana harorati doimiy boʻlmaganidan
sudralib yuruvchilarning faol hayot kechirishi tashqi muhit harorati bilan


7
bogʻliq. Urug’ʻlanishi ichki, ayrim kaltakesaklar va ilonlar partenogenez
orqali koʻpayadi. Koʻpchilik Sudralib yuruvchilar tuxum qoʻyadi; ayrim turlari
tirik tugʻadi. Tuxumlari sariqlikka boy; qattiq ohak (toshbaqalar, timsohlar)
yoki pergamentsimon poʻchoq (ilonlar, kaltakesaklar) bilan qoplangan.
Poʻchoqtuxumni qurib qolishdan saqdaydi. Inkubatsiya davri 1—2 oydan 1
yilgacha yoki koʻproq (gatteriya). Ayrim Sudralib yuruvchilar (masalan;
timsohlar) nasli toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qiladi. Koʻpchiligi yirtqich yoki
hasharotxoʻr; ayrim kaltakesaklar (agamalar, iguanlar) hammaxoʻr; quruqlik
toshbaqalari, asosan, oʻsimliklar bilan oziqlanadi. Ayrim Sudralib
yuruvchilar goʻshti isteʼmol qilinadi; terisi va kosasidan har xil buyumlar;
ilonlar zaharidan har xil dorilar tayyorlanadi. Koʻplab ovlash tufayli
toshbaqalar, koʻpchilik ilonlar va timsohlar sonining kamayishiga olib keldi.
Sudralib yuruvchilar sonini tiklash uchun ular sunʼiy koʻpaytiriladi
(timsohlar); koʻpayish joylari muhofaza qilinadi; ovlash man etiladi. 150 ga
yaqin turi va kenja turlari Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.
1.1-rasm.
Turli sudralib yuruvchilar sinfi vakillari;
1-xitoy alligatori, 2-botqoqlik toshbaqasi, 3-ilon bo`yinli toshbaqa, 4-tirik


8
tug`ar kaltakеsak, 5-yashil kaltakеsak, 6-zahartish, 7-uzun oyoq sink, 8-
mеdyanka, 9-suv ilon, 10-ko‘lvor ilon, 11-o`rta Osiyo kobrasi, 12-anakonda


9
1.2. Sudralib yuruvchilarning morfo-anotomik tuzilishi.
Sudralib yuruvchilar gavdasining shakli amfibiyalarning gavda
shakliga nisbatan xilma-xil bo’ladi, bu ularning xilma-xil xarakat usullari
bilan bog’lik bo’ladi. Kaltakesaksimonlarning ko’pchilik turlari (kaltakesaklar,
xameleonlar, timsohlar) tashqi tomondan dumli amfibiyalarga o’xshash.
Ilonlar va Oyoqsiz kaltakesaklar ular orasida va suvda yashashga
moslashgan.
Toshbaqalarni
butun
tanasi
kosa
ichida
joylashib,
dushmanlaridan himoya qilingan.
Shunday kilib, reptiliyalar sinfida evolyutsiya yo`llari ularni substratda, suvda,
yer ostida va xatto xavoda yashashga xamda yer yo’zida ancha keng
tarqalishga olib keldi.
Teri qoplagichlari. Ko’p qavatli epidermisning ustki qatlami o‘lik
hujayralardan tashkil topgan shox qatlam hosil qiladi. Bu ulik hujayralar
qavatining tagida tirik hujayralardan tashkil topgan malpigiy qavati bor.
Shox qavat hisobidan qalqonchalar, tangachalar, shox donachalar,
bo‘rtmalar va tirnoqlar hosil bo’ladi. Shox tangachalarning tagida, koriumda
ba'zi reptiliyalarda qoplovchi suyaklar hosil bo’ladi. Malpigiy qatlamida va
koriumning ustki qismida pigment hujayralari joylashadi.
Teri organizmda suvning parlanib ketishidan yaxshi himoya qiladi, yana
mexanik yallig‘lanishdan va kasallik keltirib chiqaruvchi mikroblarni
organizmga kirishidan saqlaydi. Shu bilan birga terini nafas olishda va
parchalanish mahsulotlarini ajratishdagi roli yo‘qoladi. Terida bezlar
deyarlik yo‘q. Kaltakesaklarning sonlarini ichki tomonida son teshiklari
bo’lib, ulardan bahorda ipsimon o’simtalar chiqadi, timsohlar, ilonlar va
toshbaqalarning tumshug‘i va kloakasida hidli sekret ishlab chiqaruvchi
bezlar bor. Bu sekret jinslarni jalb qilish, yashash joylarini belgilashda
ishlatiladi. Teri tanaga zich yopishib turadi. Shox qavat tullash yo’li bilan
almashinib turadi.
Skeleti. Sudralib yuruvchilarning umurtqa pog’onasi besh bo’limdan:
bo’yin, ko’krak, bel, dumg’aza va dum bo’limlaridan tashkil topgan. Ovqatni


10
tutishda va yul topib yurishda buruluvchan bo’yinning hosil bo’lishi va
boshning harakatining kuchayishi katta ahamiyatga ega bo’ladi. Boshning
harakatchanligini birinchi ikkita bo’yin umurtqalari atlas (atlas) va
epistrofeylar (epistropheus) ta'minlaydi. Atlas suyak halqa shakliga ega va
qattiq pay bilan ustki hamda pastki teshikka bo’linib turadi. Ustki teshik
orqali bosh va orqa miyalar tutashib turadi. Pastki teshikning oldingi yuzasi
bosh skeletining ensa bo‘rtmasi bilan birikib turadi, keyingi tomondan
pastki teshikka epistrofeyning tishsimon o’simtasi kirib turadi. Bularning
hammasi boshning harakatchanligini ta'minlaydi. Embrional rivojlanish
shuni ko’rsatdiki, tishsimon o’simta aslida atlasning tanasi bo’lib, keyin
epistrofeyga qo’shilib ketadi. Sudralib yuruvchilarning umurtqalarini shakli
amfitsel, protsel va opistotsel bo’lishi mumkin.
Ko’krak
umurtqalariga
uzun-uzun
qovurg’alar
qo’shiladi,
qovurg’alarning qorin bo’limi o’zining tog'ay uchlari bilan to‘shga qo’shiladi
va amniotalarga xos bo’lgan ko’krak kafasi (Thorax) ni hosil qiladi. Bel
umurtqalarida xam qovurg’alar bor, lekin bularning pastki uchlari tushga
yetib bormaydi. Dumg’aza bo’limida ikkita umurtqa bo’lib, bular chanoq
kamariga
birikadi.
Dum
umurtqalari
kaltakesaklarda
autotomiya
qobiliyatiga ega, ya'ni dum umurtqalarining xar biri o’rtasidan tog'ay parda
bilan ikki qismga ajralib turadi, shu joydan dum uzuladi.
Umurtqalarning soni har xil guruhlarida turlicha bo’ladi, ya'ni bo’yin
umurtqalari 7-10 ta, ko’krak-bel umurtqalari 16-25 ta, dumg’aza umurtqalari
2-ta va dum umurtqalari 15-40 ta. Ilonlar bilan Oyoqsiz kaltakesaklarning
umurtqa pog’onasi faqat tana va dum bo’limlariga bo’linadi. Bosh skeleti
to’liq suyakka aylangan (5-rasm). Uning ensa
bo’limi to’rtta ensa
suyaklaridan: toq asosiy, juft yon va toq ustki ensa suyaklaridan tashkil
topgan. Bu suyaklar ensa teshigini o’rab turadi. Ensa teshigining pastki
qirrasida yagona ensa bo’rtmasi bor. Asosiy ponasimon suyak asosiy ensa
suyakni oldida joylashadi va miya qutisini tagini hosil qiladi.
Asosiy ponasimon suyakning oldiga uncha katta bo’lmagan


11
parasfenoid tegib turadi va uni oldida juft dimog’ suyaklari joylashadi,
bularning yon tomonlarida xoanalar turadi. Eshitish bo’limlarida uchta quloq
suyaklari (quloqoldi, quloq orti va ustki quloq) bor. Hidlov bo’limida suyaklar
yo’q.
Miya qutisining qopqog’i juft burun, peshonaoldi (praefrontale),
peshona, peshona orti (posfrontale), tepa va toq tepaoraliq (interparietale)
suyaklari bilan qoplangan. Tepaoraliq suyagida tepa organi uchun teshik
bor. miya qutisini chetlari juft Jag’aro, ustki Jag’, ko’z usti (supraorbitale),
chakka (jugale), kvadrat yonoq (qudratojugale) va tangacha (Squamosum)
suyaklari bilan qoplangan. Lekin kvadrat yonoq suyagi kaltakesaklarda
yo‘qolib ketadi. Miya qutisining tagi juft tanglay va qanotsimon suyaklardan
tashkil topgan. Bularni keyingi yon tomonlarida bittadan kvadrat
(quadratum) suyagi joylashadi. Sudralib yuruvchilarga xos bo’lgan
ko’ndalang suyak (transversis) qanotsimon suyakni ustki Jag’ suyagi bilan
qo‘shib turadi. Kaltakesaklarda ustunsimon yoki ustki qanotsimon
(epupterygoideum) suyagi bo’lib, qanotsimon suyakni tepa suyagi bilan
qushib turadi.


12
1.2- rasm. Hozirgi zamon sudralib yuruvchilarining gavda shakli va harakati:
Sekin yurish: A-cho'l toshbaqasi. Yugurish: B-kaltakesak, V-cho'l agamasi, G
-plashli kaltakesak, Parvozli sakrash: D-uchar ajdar. O'rmalash: YE-kaspiy
gekkoni, J-cho'l agamasi, 3-xameleon, I-Afrika bo'sh iloni, Oyoqsiz sudralib
yuruvchilar: K-sariq ilon, A-Amfisbena, M-o'q ilon. Suzuvchilar: N-missisipiy
alligatori, O-dengiz iguanasi, P-dengiz iloni. r-dengiz toshbaqasi (karetta).
1.3-rasm. Kaltakesak terisining bo'yiga kesimi
:
1-epidermis, 2-chin teri (korium), 3-shox qavati, 4-malpigiy qavati, 5-
pigment hujayralari, 6-teri suyaklanmalari.


13
1.4-rasm. Kaltakesakning skeleti:
1-o’mrov suyagi, 2-ko'rak suyagi, 3-yelka suyagi, 4-bilak suyagi, 5-tirsak
suyagi, 6-bilaguzuk suyagi, 7-kaft suyagi, 8-barmoq falangalari, 9-qovurg’a,
10-chanoq suyagi, 11-son suyagi, 12-katta boldir suyagi, 13-kichik boldir
suyagi, 14-tovon oldi suyagi, 15-tovon suyagi, 16-dum umurtqalari.
Toshbaqalarda va ayniqsa timsohlarda jag’ oraliq, ustki jag’ suyaklarining
tanglay o’simtalari va tanglay suyaklari qo’shilib, ikkilamchi tanglay hosil
qiladi. Shu sababli xoanalari orqaga, hiqildoq tomonda joylashgan, bu ularni
suvdan burnini chiqarib nafas olishiga imkon beradi.
Pastki jag’ qo’shilish, tishsimon, burchak, burchak usti (suproangulare)
va toj (coronare) suyaklaridan tashkil topgan. Giomondibulyare suyagi
amfibiyalardagidek uzangi suyagiga aylanadi va o’rta quloq bo’shlig’ida
joylashadi; gioid suyagi esa jabra yoylari bilan qo’shilib til osti apparatiga
aylanadi.
Chaynash Muskullarining evolyutsiyasi bosh skeletning usti
va yon
tomonidagi suyaklarni qayta qurilishi bilan boradi. Bu evolyutsiya sudralib
yuruvchilarni xar xil guruhlarida turlicha yo‘l bilan boradi. Anapsida guruhini
hosil qilgan kotilozavrlar va toshbaqalarda birlamchi yaxlit (stegal) bosh
skeletning qopqog’i saqlangan. Bunday bosh skeletda faqat keyingi o‘yiq
hosil bo’lgan, bu o‘ymaga chaynash muskuli joylashgan.
Diapsidalar guruhida (gatteriya, timsoxlar, dinozavrlar) ikkita chakka
chuqurchasi hosil bo’ladi (6-rasm) va bular ikkita chakka yoylari bilan
chegaralanib turadi, ustki chakka yoyi peshona orti postfrontale – tangacha
suyaklaridan, pastki chakka yoyi chakka – kvadrat chakka suyaklaridan
iborat. Kaltakesaklarda bosh skeletning diapsida tipini pastki-chakka yoyi
yo‘qoladi, qushlarda esa ustki chakka yoyi yo‘qolib ketadi, ilonlarda ikkala
chakka yoylari ham yo‘q.


14
1.5-rasm. Sudralib yuruvchilar bosh skeletining reduktsiyasi
sxemasi.
A-anapsida tipidagi bosh sklet, B-diapsida tipidagi bosh skelet, V-sinapsida
tipidagi bosh skelet.1-ustki chakka chuqurchasi, 2-pastki chakka
chuqurchasi, 3-yagona chakka chuqurchasi, 4-ko'z suyagi, 5-tangacha
suyak, 6-yonoq suyagi, 7-kvadrat yonoq suyagi.
Yelka kamaridagi korakoid suyagi kurak suyagi bilan qo’shilgan joyda
bo’g’in chuqurchasini hosil bo’ladi, bu chuqurchaga yelka suyagining boshi
kirib turadi (7-rasm). Kurak suyagining ustida kurak usti tog'ayi bo’ladi,
korakoidning oldida esa tog'ay xolidagi prokarokoid bor. Korakoid va
prokarakoidlar har ikkala tomondan toq to‘sh suyagi (sternum) bilan
qo’shiladi; ko’krak kafasi orqali oldingi oyoq kamari uk skeletga birikadi.
To‘shga pastki tomondan qoplovchi to‘sh usti (episternum) suyagi qo’shilib
ketadi. Juft o’mrov suyaklari kurak suyagini distal qismi va o’zining uchlari
bilan qo’shiladi.
Chanoq kamari ikkita ismsiz suyaklardan (os innominata) tashkil
topgan, bularning xar biri yonbosh, quymich va qov suyaklarini
qo’shilishidan hosil bo’ladi. Bu suyaklarning qo’shilgan joyida quymich
kosasi hosil bo’ladi. quymich kosasiga son suyagining ustki boshi kirib
turadi, yonbosh suyaklari dumg’aza umurtqalarining ko’ndalang o’simtalari


15
bilan qo’shiladi. xozirgi zamon sudralib yuruvchilarining hammasini
chanog'i yopiq bo’ladi (7-rasm).
Erkin Oyoqlar skeleti umuman tipik besh barmoqli oyoqqa o’xshab
cho‘zilgan, lekin bo’g’imi boldir bilan oyoq kafti o’rtasida bo’lmasdan ikki
qator tovon oldi suyaklari orasida bo’ladi va intertarzal (tovon oralig‘i)
bo’g’im hosil qiladi. Oldingi Oyoqlarda esa ikki qator qo‘l kafti oldi suyaklari
orasida interkarpal (kaft oralig‘i) bo’g’imini hosil qiladi.
1.6-rasm. Kaltakesakning yelka kamari va oldingi oyoq skeleti:
1-o’mrov suyagi, 2-ko'rak usti tog‘ayi, 3-ko'rak suyagi, 4-korakoid suyagi, 5-
qovurg‘a, 7-to'sh suyagi, 7-prokorakoid tog‘ayi, 8-to'sh usti suyagi, 9-yelka
suyagi, 10-tirsak suyagi, 11-bilak suyagi, 12-bilaguzuk suyagi, 13-kaft suyagi,
14-barmoq falangalari.
1.7-rasm. Kaltakesakning chanoq kamari:
1-qo‘ymich kosasi, 2-yonbosh suyagi, 3-qov suyagi, 4-qo'ymich suyagi, 5-


16
pay.
Muskul tizimi amfibiyalarnikiga qaraganda ancha kuchli takomillashgan
bo’lib, segmentli muskullari butunlay mustaqil muskullarga ajralib ketgan.
Bulardan tashqari, amniotalarga xos bo’lgan qovurg’alararo muskullari
yuzaga keladi, bu muskullar nafas olish aktida muhim rol o‘ynaydi. Yana
bularda teri osti muskullari bo’ladi.
Nerv tizimi va sezuv organlari. Sudralib yuruvchilarning bosh miyasi
amfibiyalarning bosh miyasidan bir qancha xususiyatlari bilan ajralib turadi
(10-rasm). Oldingi miya yarim sharlari ancha kuchli takomillashgan, bu
asosan yarim sharlarni ustidagi miya gumbazi va pastidagi targ’il tana
xisobidan yuzaga keladi. Miya yarim sharlarining gumbazida birlamchi miya
gumbazi yoki arxipallium va yangi miya gumbazi yoki neopallium murtagi
farq qilinadi. Oraliq miya miya yarim sharlari bilan yopilib turadi. Uning
ustida epifiz bezi (ichki sekretsiya bezi) va tepa organi joylashadi. Tepa
organining oldingi bo’limi ko’z gavxarini eslatsa, uning bokalsimon keyingi
qismi pigment va sezuvchi hujayralardan tuzilgan.
1.
8-rasm. Kaltakesakning bosh miyasi.
A-ustki tomondan, B-ostki
tomondan, 13-yon tomondan ko'rinishi:1-oldingi miya yarim sharlari, 2-targ’il
tana, 3-o'rta miya, 4-miyacha, 5-uzunchoq miya, 7-voronka, 7-gipofiz, 8-
ko'rish nervlarining kesishmasi (xiazma), 9-xidlov bo'lagi, 10-epifiz,
O‘rta miya ko‘rish axborotlarini qabul qilish
va
ishlash
markazi
bo’lib
qoladi.
Reptiliyalarning miyachasi amfibiyalarning
miyachasiga nisbatan ancha katta, chunki
reptiliyalarning xarakati
xilma-xil va
murakkabdir.
O’zunchok
miya
vertikal
tekislikda keskin buqiladi, bu xol barcha
amniotalarga xosdir. Bosh miyadan 11 juft


17
bosh miya nervlari chiqadi, chunki X juft
nervdan X1 juft nerv qushimcha nerv
ajralmagan bo’ladi. Orqa miyada ok va
qulrang
moddalar bir-biridan ajralib
to’rgani anik kurinib turadi. Orqa miyadan
Orqa miya nervlari chiqadi va tipik yelka
xamda chanoq chigallarini hosil qiladi.
Ko’rish va hid bilish organi. Ko’rish organi xavo muxitida ishlashga
moslashgan. Ko’zlari ustki, pastki kovoklar va pirpirok (yumgich) parda
bilan ximoyalangan. Ko’zida kon tomirlarga boy bo’lgan o’simta-tarok
(pecten) bo’lishi xarakterlidir. Ko’zning akkomodatsiyasida ko’ndalang-
targ’il Muskullar ko’z gavxarini bir muncha siljitish bilan birga uning shaklini
xam o’zgartiradi. Ko’z sokkasi botib kiraolmaydi, balki aylanadi xolos.
Eshitish organi umuman baqaning eshitish organiga o’xshash, ya'ni faqat
ichki va o’rta quloqdan tashqil topgan, lekin ancha murakkab to’zilgan, ya'ni
quloq chiganogi kattarok bo’ladi va quloq kapsulasida oval darchadan
pastrokda parda bilan qoplangan tugarak darcha (fenestra rotunda) bo’ladi.
Buning natijasida endolimfa bemalol xarakat qiladi va endolimfaning
nogora pardadan olinadigan tovush tulkinlarini o’zangi suyak Orqali pardali
labirintga yaxshirok o’tkazishga yul ochadi. Xidlash organi tashqi burun
teshiklaridan xamda ichki burun teshiklari-xoanalardan tashqil topgan, lekin
murakkabrok to’zilgan, chunki tashqi devorlaridan uning bo’shlig’iga Jag’
chiganogi (maxilloturbinale) deb ataladigan o’simta kirib turadi, bu
chig’anoq burun bo’shlig’ini qisman pastki nafas bo’limi va ustki-xidlov
bo’limlariga ajratadi (9-rasm). Sudralib yuruvchilarda yana yakobson organi
deb ataladigan organ takomil etgan, bu organ nay Orqali ogiz bo’shlig’i bilan
tutashadi. Yakobson organi ogizda turgan ovqat xidini bilish uchun xizmat
qiladi. Sudralib yuruvchilarning xid bilish organi amfibiyalarga karaganda
ancha yaxshi tarakkiy etgan.


18
1.
9-rasm. Kaltakesakning xidlov va yakobson organlari:
1-daxliz, 2-nafas bo'limi, 3-xidlov bo'limi, 4-burun -xalkum yo'li, 5-yakobson
organi.
Ovqat hazm qilish organlari.
Xozirgi zamonda yashayotgan sudralib yuruvchilar asosan hayvonlar bilan
ovqatlanadi. Ko’pchilik turlari zaxirasi ko’p bo’lgan suvda va quruqlikda
yashovchi umurtqasiz hamda mayda umurtqali hayvonlar bilan oziqlanadi.
Faqat ba'zi bir toshbaqalar va iguanalar o‘simliklar bilan ovqatlanadi.
Ovqat xazm qilish yo’li amfibiyalarga nisbatan ancha takomillashgan va bu
hazm qilish yo’lining qismlarga bo’linishida va yangi qismlar paydo
bo’lishida ko‘rinadi. Ovqat ko’p sonli o‘tkir tishlar bilan qurollangan Jag’lar
yordamida ushlab olinadi. Tishlar jag’ va tanglay suyaklariga birikadi, faqat
timsoxlarning tishlari maxsus chuqurcha (al`veol)larda joylashadi. xozirgi
zamon sudralib yuruvchilarning tishlari deyarlik bir xil, faqat ba'zi ilonlarda
ixtisoslashgan yirik juft zaxar tishlar tarakkiy etadi. Tishlar asosan ovqatni
ushlash va tutib turishi uchun ishlatiladi. Timsoxlar va toshbaqalar katta
uljadan bir bo’lagini o’zib olish kobiliyatiga ega.
Ko’pchiligi ovqatni butunlay yutadi. Ilonlarning Jag’ apparati (12-rasm)ning
to’zilishi uni ogzini katta ochishga va o’z tanasidan kengrok uljani yutishga
imkon beradi. Shuning uchun xam ilonlarning bosh skeletida chakka yoylari
yuqolib ketgan, Jag’ apparati esa oshik-moshik tizimiga aylanadi. Ogiz
bo’shlig’ida sulak bezlari bo’lib, uning shillik sekreti ogizdagi ovqatni xullash
va yutish uchun xizmat qiladi. Zaxarli ilonlarda ba'zi bir sulak bezlari zaxarli
bezga aylanadi. Ayrim bezlarning sekretida zaxarni (toqsin) paydo bo’lishi
ularni o’z uljalariga ov qilish samarasini oshiradi, ya'ni uljani uldirishi yoki
xarakatsizlantirishi amalga oshadi. Ogiz bo’shlig’ining turida Muskuldor tili
joylashgan. Kaltakesak va ilonlarning tilini uchi odatda ikkiga ajralgan va
sezish organi bo’lib xizmat qiladi. Ogiz bo’shlig’i kizil ungachga ochiladi.
Oshqozon kuchli Muskullarga ega va yakkol kurinib turadi. Ingichka va
yo’g’on ichak orasida boshlangich ko’richak bor.


19
1.10-rasm. Chinqiroq ilonning jag’ apparati:
Jag’ining yopiq (A) va ochik (B) paytlari; V-suyaklarning xolati (sxemasi):1-
zaxar tishi, 2-ustki Jag’ suyagi, 3-ko'ndalang suyak, 4-qanotsimon suyak, 5-
tangacha suyagi, 7-kvadrat suyagi
.
Oshqozon bezi osti birinchi ichak xalkasidan keyin joylashgan. Jigarda
ut pufagi bo’lib, bu xam ingichka ichakning oldingi qismiga ochiladi.
Sudralib yuruvchilarning o’ziga xos xususiyati bo’lib, ularni ochlikka
chidamliligi xisoblanadi. Ayrim ilonlar va toshbaqalar tutkinlikda 1 yilgacha
ovqatsiz yashashi mumkin.
Nafas olish organlari. Sudralib yuruvchilarning tuxum ichida
rivojlanayotgan embrioni ontogenezda amfibiyalarning lichinkalik davriga
mos keladi, ya'ni jabra yoriklari hosil bulsa xam jabra apparati
shakllanmaydi va tuxumda bo’lgan mo’rtak allantois va sariklik xaltasining
kon tomirlari Orqali nafas oladi. Voyaga yetgan reptiliyalar terisi shox
qatlam bilan qoplanganligi uchun faqat upka Orqali nafas oladi. O’pka
tashqi tomondan xaltasimon to’zilishini saklagan bulsa xam ularning ichki


20
tuzilishi amfibiyalarga nisbatan murakkab bo’ladi (14-rasm). Kaltakesak va
ilonlarning upka xaltasini ichki devori, burmali va chuqurchali to’zilishga ega
bo’lib, bu nafas olish yo’zasini kengaytiradi. Toshbaqa va timsoxlarda
upkaning ichi xuddi qushlardagidek bulutsimon (kovakli) to’zilishga ega
bo’ladi. Xameleon, ba'zi kaltakesaklar va ilonlarda upkaning pastki qismi
barmoksimon o’simtali bo’ladi, lekin bu o’simtalarda gaz almashinishi
bo’lmaydi. Bu o’simtalardagi xavo pishillash samarasini oshiradi,
shungishda va qizilo’ngachdan o’zok vakt ovqat utishida gaz almashtirishni
yengillashtirishda yordam beradi. Nafas olish akti qovurg’alararo va korin
Muskullari yordamida ko’krak kafasining kengayishi va torayishi Orqali
yo’zaga keladi. Nafas olish aktida, ayniksa toshbaqalarda yelka va chanoq
Muskullari ishtirok etadi. Toshbaqalarda yana ogiz-xalkum Orqali xavoni
yutish mexanizmi saklanadi. Yangicha nafas olish usuli nafas yullarini
o’zayishi Orqali yo’zaga keladi. Ogiz bo’shlig’i hiqildoq yorigiga ochiladi.
hiqildoq o’zuksimon va juft chumichsimon togaylardan tashqil topgan.
hiqildoq naysimon traxeyaga ochiladi. Traxeya elastik togay xalkalardan
tashqil topgan. Traxeyaning keyingi qismi ikkita bronxga bo’linadi va bu
bronxlar upkalarga kiradi, upkada mayda naychalarga shoxlanadi. Bronxlar
xam
togay
xalkalardan
to’zilgan.kon
aylanish
tizimi.
Sudralib
yuruvchilarning yuragi xam xuddi amfibiyalarning yuragi singari uch
kamerali: ikkita yurak bo’lmasi va bitta yurak qorinchasi bor, lekin quyidagi
belgilari bilan farq qiladi: 1) yurak qorinchasi chala tusik bilan chap (arterial)
va ung (vena) tomonga bo’lingan (15-rasm); bu tusik sistola vaqtida
bo’limlarni pastki devoriga borib yetadi; 2) vena sinusi ung yurak bo’lmasiga
qo’shilib ketadi; 3) arterial konus yuqolib ketgan; 4) yurak bo’lmalari
mustakil teshik bilan yurak qorinchasiga ochiladi. 5) yurak qorinchasining
turli qismlaridan uchta mustakil kon tomirlari chiqadi.


21
Arterial tizimi. Yurak qorinchasining ung qismidan upka arteriyasi
chiqadi va ikkiga bo’linib upkalarga vena konni olib boradi. Yurak
qorinchasining chap qismidan arterial konli ung aorta yoyi chiqadi, bu
o’zidan uyku va o’mrov osti arteriyalarini ajratadi. Uyku arteriyasi gavdaning
bosh qismini arterial kon bilan ta'minlaydi. Њmrov osti arteriyasi oldingi
Oyoqlarga boradi. Yurakning o’rta qismidan chap aorta yoyi, aralash kon
olib chiqadi. Chap va ung aorta yoylari qizilo’ngachning pastki tomonida
o’zaro qo’shilib toq Orqa aortani hosil qiladi. Orqa aorta
umurtqa
pogonasining ostidan keyinga karab ketadi va yul-yulakay ichki organlarga
bir kancha arteriyalar va gavda devoriga ko’pdan-ko’p mayda arteriyalar
chiqaradi, undan keyin Orqa Oyoqlarga juft yonbosh areteriyasini chiqarib,
o’zi toq dum arteriyasi xolida davom etadi. Sudralib yuruvchilarning vena
tizimi arterial tizimi singari ko’p o’zgarmagan. Dumdagi vena kon dum
venasiga (16-rasm) yigiladi. Dum venasi chanoqda ikkita yonbosh yoki
chanoq venalariga bo’linadi. Yonbosh venalari o’ziga keyingi Oyoqlardan
kelgan venalarni qushib oladi. Chanoq venalari o’zidan buyrak o’pka
venalarini ajratadi va keyin korin venalar bilan qo’shiladi. korin venasi ichki
organlardan yigilgan venalarni o’ziga qushib oladi va jigar o’pka venasi
bo’ylab, jigarga kiradi. Bu yerda kapillyarlarga ajralib tur hosil qiladi va jigar
venasi nomi bilan chiqadi. Buyrak o’pka venalari buyrakka kirgach bular
xam tur hosil qiladi, keyin buyrakdan chikib, o’zaro qo’shiladi va toq keyingi
kavak venaga aylanadi. Sudralib yuruvchilarda kardinal venalar butunlay
yuqolib ketadi. Keyingi kavak vena jigar venasini qushib oladi va ung yurak
bo’lmasiga quyiladi. Gavdaning bosh tomonidan vena koni bir juft bo’yintirik
venalarga yigiladi, oldingi Oyoqlaridan bir juft o’mrov osti venalariga yigiladi,
natijada bir juft oldingi kavak venalar hosil bo’ladi va bular xam o’ng yurak
bo’lmasiga quyiladi.
O’pkalarda tozalangan arterial kon upka venalariga chiqadi, bular qo’shilib
chap yurak bo’lmasiga quyiladi.
Ajratish organlari. Sudralib yuruvchilarni tulik quruqlikda xayot


22
kechirishga utishida mezonefrosni (tana buyragini) metanefros (chanoq
buyrak (metanefros) bilan almashinishi katta urin tutadi. Shu munosabat
bilan bularda organizmdan suvda kam eriydigan siydik kislotasini ajratib
chiqaradi. Chanoq buyrak chanoq ostida joylashib, tana buyrakdan o’zining
to’zilishi bilan xam farq qiladi. Buyrak kanalchalari o’zayib, buqilma ustki,
o’rta, keyingi va yiguvchi bo’lmalarni hosil qiladi. Birinchi uchta bo’limda
ajratish va suvni kayta surilish jarayonlari borsa, oxirgi bo’limda keraksiz
moddalar tashkariga chiqariladi. Buyrakdan bir juft siydik yo’li chiqadi.
Siydik yo’li Orqa tomondan klaokaga ochiladi. korin tomonda kloakaga
siydik pufagi ochiladi.
Chanoq buyrak korin buyragining Orqa tomonida mo’rtak xolida rivojlanadi.
Bu vaktda Vol`f nayining keyingi qismidan bir juft siydik yo’li ajraladi.
Ko’payish organlari. Jinsiy bezlari tana bo’shlig’ida, umurtqa
pogonasining ikki yonida joylashadi. Urug’donlar juft tanacha bo’ylab, oval
shaklga ega. Urug’donlardan bir nechta kanalchalar chiqadi va bular
qo’shilib, Urug’don ortigi (epididymis) ni hosil qiladi. Urug’ o’sig’i Urug’
yo’liga (vas deferens) aylanadi, bu yul kloakadan oldin siydik yo’liga
qo’shiladi. Sudralib yuruvchilarda, avval aytganimizdek faqat ichki
Urug’lanish bo’ladi. Shu munosabat bilan gatteriyadan tashkari erkaklarida
maxsus qo’shilish organi bo’ladi. Bu organ toshbaqa va timsoxlarda toq,
ilon va kaltakesaklarda juft bo’rtma shaklida bo’lib kloakaning Orqa
devorida joylashadi. Tuxumdonlari xam juft bo’lib, donador oval tana
shakliga ega. Myuller naylari tuxum yo’li vazifasini bajaradi. Pishib
yetishgan tuxum hujayralari tana bo’shlig’iga tushadi, u yerdan tuxum yo’li
voronkasiga tushadi. Urug’lanish tuxum yo’lining oldingi qismida yo’z beradi.
Tuxum yo’li devoridagi bez hujayralar oqsil qavatni hosil qiladi va bu
tuxumni ustidan o’rab oladi. Bachadon devori ajratgan sekretdan tuxumni
o’rab olgan tashqi pustlok shakllanadi (17-rasm). Embrional tarakkiyoti
xuddi boshka amniotalardagidek utadi.
Sudralib yuruvchilarning deyarlik xammasi tuxum quyish yo’li bilan


23
ko’payadi. Tuxumlarini odatda tuproqqa ko’mib quyadi, yoki usimlik
chirindilari
tagi,
tungaklarning
ostiga
ko’mib
quyadi.
Ba'zi
bir
tangachalilarda tirik tuxum yoki tirik tugish xodisasi uchraydi. Bularning
tuxum yo’lida yoki bachadonida embrionning rivojlanishi yo’z beradi.


24
II. BOB. SUDRALIB YURUVCHILAR BIO-EKOLOGIYASI VA AHAMIYATI
2.1. Sudralib yuruvchilarning biologiyasi.
Sudralib yuruvchilar biologiyasi. Naslchilik. Bu quruqlikda sodir
bo'ladi. Sudralib yuruvchilarda Urug’'lantirish ichki hisoblanadi. Ularning
avlodlari
uchta
shaklda
tug'iladi:
Ovipoziya
.
Tuxumda
sudralib
yuruvchilarning mikroblari qayerda paydo bo'lishi haqidagi savolga javob
berish mumkin. Uning uchun tabiiy muhit onaning genital traktidir.
Oziqlantirish tuxumdan olinadi, shundan keyin embriondan kub paydo
bo'ladi.
Jonli tug'ilish. Bu barcha sudralib yuruvchilarga xos emas, faqat
dengiz ilonlarining alohida turlariga xosdir. Sudralib yuruvchi mikrob qaerda
rivojlanadi? Bu onaning tanasida sodir bo'ladi. Undan u rivojlanishi uchun
zarur bo'lgan hamma narsani oladi.
Quluchka usuli
. Bu sudralib
yuruvchilarning ba'zi turlarini ko'paytirish uchun ishlatiladi. Inkubatordagi
harorat 30 ° C dan yuqori bo'lsa, urg'ochi toshbaqalar va timsohlardan
tug'iladi, erkaklar past bo'lsa. Ayrim ilonlarda va sudralib yuruvchilarda
sudralib yuruvchilarning embrioni qayerda rivojlanadi? Bu erda onaning
tuxumdonidagi tuxum juda o’zoq. Ularda kub shakllanib, u darhol onaning
tanasidan yoki tuxum qo'yilgandan so'ng uning lyuklaridan paydo bo'ladi.
Reptili tuxumlar. Sudralib yuruvchilar quruqlikda rivojlangan. Quruqlik
muhitiga moslashib, ularning tuxumlari tolali qobiq bilan o'ralgan. Qobiq
tuxumlarining eng ibtidoiy shakllari zamonaviy kaltakesak va ilonlarga ega.
Va tuxum qurib ketmasligi uchun ularning rivojlanishi nam tuproqda bo'ladi.
Zich qobiqlar nafaqat himoya funktsiyasini bajaradi. Ular quruqlikni
rivojlantirish uchun tuxumlarning moslashuvining birinchi belgisidir.
Lichinkalarning shakllanish bosqichi tushib ketadi, shu sababli bu erda
ozuqa moddalarining miqdori ortadi. Katta sudraluvchi tuxum. Tuproq
muhitida omon qolish va undan keyingi rivojlanish uchun tuxum
moslashuvining
ikkinchi
bosqichi
oqsil
membranasini
tuxumdon


25
devorlaridan ajratishdir. U embrionga kerak bo'lgan suv ta'minotini saqlaydi.
Timsohlar va kaplumbağa tuxumlari bunday qobiq bilan qoplangan. Ularda
tolali membrana kalkerli bilan almashtiriladi. Suv ta'minoti u orqali o'tmaydi
va qurib ketishdan saqlanib qolgan holda, har qanday ob-havo sharoitida
embrionlar rivojlanishi.
Timsohlar. Ushbu otryadga sudralib yuruvchilarning quyidagi turlari
kiradi: kayman, gavial, Nil timsoh. suvli hayot tarzi yuqori tashqilotchilik,
orqa oyoq barmoqlarini ajratib turadigan to'rt kamerali yurak va septum
mavjudligi bilan ajralib turadi. Urg'ochilar tuxumni ko'lmaklar yonidagi
qirg'oqqa qo'yadilar, lekin qarovsiz joyda. Uyalar yaqindan yotadigan
materiallardan qurilgan. Gaviallar qum ishlatadilar, u erda tuxum qazishadi.
Uyalarini qurish uchun tropik mintaqalarning timsohlari o'tlar va tushgan
barglarni erga aralashtiradilar. Urg’ochi timsoh turli xil sheriklar tomonidan
Urug’'lantirilgan 100 tagacha tuxum qo'yishga qodir. Masonlik kechasi,
juftlashuv jarayonidan bir necha hafta o'tgach sodir bo'ladi. Tuxumlari
kattakon, o'rdaklarga o'xshash. Embrion rivojlanadigan joyda onaning
tanasida joylashgan tuxum paydo bo'ladi. Duvarciya paytida unda embrion
allaqachon rivojlanmoqda. Urg’ochi timsoh har doim uyaning yonida bo'lib,
kelajak avlodlarini yirtqichlardan himoya qiladi. Uch oydan keyin kichkina
timsohlar lyukni olishadi.
Toshbaqalar qizil quloqli, botqoq va dasht. Ularning tanasi umurtqali
va qovurg’'alar bilan birlashtirilgan suyak qobig'i bilan qoplangan.
Toshbaqalar Jag’'larida tishlar yo'q. Havo amfibiyalar singari o'pkaga kiradi.
Duvarchilik oldida toshbaqalar uyalar quradilar. Suvda sudralib yuruvchilar -
suv omborlari sohilidagi qumda, er esa - erga, qazilgan tuynukda
.
Toshbaqalarning ko'p turlari aprel va may oylarining boshlarida birlashadi.
Faqat kelgusi bahorda tug'ilishdan ota-onasiz hayot uchun mos bo'lishini
qutish mumkin.


26
Ilonlar jinsiy jihatdan ko'payadi. Ushbu asosda ular viviparous va
ovipositing. Tabiiy muhitda ko'payish mavsumiydir. Ilonlarga nisbatan
homiladorlik davri har xil. Kechki oilalar - 48 kun, pitonlar - 70 dan 110
gacha. Homiladorlikning oxiriga qadar, ilonlar uyalarini qurishni boshlaydilar.


27
2.2 Sudralib yuruvchilar ekologiyasi.
Yashash sharoiti va tarqalishi. Sudralib yuruvchilar amfibiyalarga
karaganda ancha xilma-xil sharoitlarda yashaydi. Sudralib yuruvchilar
terisining shox qavat bilan qoplanishi va teri Orqali nafas olish funktsiyasini
yuqolishi, ularga nami kam joylarda xam yashashga imkon berdi. Buning
natijasida sudralib yuruvchilar kutblardan tashkari yer yo’zining xamma
joyida tarqalgan. Lekin bularning faolligi va xarkatchanligi tashqi muxit
temperaturasiga bog’lik. Masalan, ilonlar +10
0
C da
kam xarakatchan,
+7+8
0
C da xarakatsiz, -2-3
0
C da esa karaxt bo’ladi. Gavdaxarorati –4-7
0
C ga
tushsa nobud bo’ladi. Shuning uchun xam sudralib yuruvchilar tropik
zonalarda keng tarqalgan bo’lib, kutblarga yakinlashgani sari soni kamayib
oradi. Masalan, Indoneziya orollarida 150-200, O'rta Osiyoda 70 tur, Kavkaz
orti respublikalarida 40 tur, G’arbiy Yevropada 12 tur sudralib yuruvchilar
tarqalgan. Shu bilan birga toqka kutarilganda xam bularning soni sezilarli
darajada kamayib boradi. Bularning eng baland tarqalish
chegarasi
Markaziy Osiyoda, dangiz satxidan 5000 m balandlikdadir.
Shu bilan bir qatorda juda yuqori temperatura sudralib yuruvchilar
uchun xvvflidir.Yashirinish iloji bo’lmaganda +55
0
C da kum yumalokboshlari
1.5 – 4 minutda xalok bo’ladi. Ko’pchilik tangachalilar issib ketishdan
kochib uyalariga yashirinadi, yoki daraxt shoxlariga chikib oladi (25-rasm).
D.Kashgarov Њrta Osiyoning kumli chullarida yozda tush paytida xarorat
yerdan 2 m balandlikda (daraxt shoxlarida) yerda soya, joydagiga nisbatan
10
0
C, quyosh nuri tushib turgan joydagiga karaganda 28
0
C past bo’lishini
aniklagan.


28
2.1-
rasm. Cho'l agamasi.
Siklliligi. Tinchlik va faollik davrlarining sutka yoki mavsum sari
navbat bilan almashinib turishi sudralib yuruvchilarda amfibiyalarga
nisbatan bir muncha boshkacharok bo’ladi. Reptiliyalarning siklliligi –
yashash joyining noqulay temperatura sharoiti bilan ovqat sharoitiga
moslanishidir. Bu amfibiyalarga o’xshab, namlik sharoitiga bog’lik emas.
Sutkalik siklliligi. Sudralib yuruvchilar optimal temperaturada faol
bo’ladi. Barcha sudralib yuruvchilarda optimal temperatura +20+400 S
atrofida bo’ladi. Sudralib yuruvchilar o’rta mintakalarda tirikchiligini kundo’z
kuni o’tkazadi. Gekkonlar tunda faol bo’ladi. Tropik saxrolarda esa buning
aksicha kechasi tirikchilik qiladigan turlari juda ko’p.
Faollikning sutkalik sikli biologik moslanish bo’lib, xar faslda
temperatura sharoitiga karab o’zgarib turadi. Chunonchi, bahorda
reptiliyalar kunning eng issik soatlarida faol bo’ladi. Yozning o’rtalarida esa,
aksincha, ularning ko’pgina turlari ertalab va kechki soatlarda faol bo’ladi.
Mavsumiy sikllilik sudralib yuruvchilarda yilning issik va ilik vaqtini kishlash,
yozgi kurgokchilik davrlarida uykuga ketish bilan ifodalanadi. Issik va ilik
davrda ular ko’payadi, usadi va tarqaladi, yog zaxiralarini tuplaydi.
Mavsumiy sikllilik o’rta mintakalarda yashovchilarda anik namoyon bo’ladi,
subtropik zonadagilarida sust, tropik zonada kam seziladi. Sudralib
yuruvchilarning faollik davri temperatura sharoitiga karab cho’ziladi yoki
qisqaradi. Masalan,
tiriktugar kaltakesak (Lacerta vivipara) Janubiy
Yevropada 9 oy, MDx yevropa qismining o’rta mintakasida 5.5 oy, shimol


29
tomonda esa bundan xam kamrok vakt ichida faol xayot kechiradi. xar xil
turlarida kishki uyku muddati xar-xil bo’lib, turning sovukka chidamliligiga
bog’lik. Masalan, odatdagi kora ilon (Vipera berus) bahorda o’zi yashab
turgan yerdagi ilonlarning xammasidan oldin uygonadi va xammasidan
keyin uykuga ketadi. Temperatura sharoiti qulay bulsa, ko’pchilik reptiliyalar
kishki uykuga kirmasligi xam mumkin. Masalan, O’rta Osiyoda odam turgan
issik imoratlarda agama va gekkonlar butun yil faol xayot kechiradilar.
Ba'zan sudralib yuruvchilar yozda xam uykuga ketadi, ammo bu uyku
amfibiyalarga o’xshab nam yukligi bilan emas, balki ovqat yukligi bilan
bog’lik. Masalan, O’rta Osiyo chul toshbaqasi (Testudo horsfieldi) yozda
uykuga kiradi. Mayning oxiri, iyunning boshida toshbaqalar yeydigan
usimliklar kurib qoladi, shunda ular yerni kazib uya kuradi va shu uyalarda
uxlaydi. Bu uyku kishki uykuga utib ketadi. kishki uykudan erta bahorda
uygonadi va tezda ko’payishga kirishadi. May-iyun oylarida urgochisi 2-7
tadan 3 marta tuxum quyadi. Bulardan avgust-oktyabr oylarida mayda-
mayda xali qopqoqlari kotmagan toshbaqachalar ochib chiqadi, lekin bu
toshbaqachalar yer yo’ziga chiqmaydi va kelguvsi yilning bahorida yo’zaga
chiqadi.
Yashash sharoitiga kura sudralib yuruvchilar suvda dengiz ilonlari,
toshbaqalarning ko’pchiligi, timsoxlar) yer ostida (kurilonlar), yer ustida
(aksariyat ko’pchiligi) va daraxtda yashovchilarga (agamalar, ba'zi ilonlar)
bo’linadi.
Ovqatlanishi. Sudralib yuruvchilarning yeydigan ovqati ham ovqat
topish usullari xam juda turlichadir; ularning orasida xashoratxurlar,
balikxurlar, yirtkichlar va usimlikxurlari bor. sudralib yuruvchilarning
ko’pchiligi xashoratlar bilan ovqatlanadi (tugarak boshlilar, kaltakesaklar,
agamalar). Dengizda yashovchi toshbaqalar, dengiz ilonlari baliklar bilan
ovqatlanadi. Echkemarlar xashorat, sichqonsimon kemiruvchilar, va
qushlarni tutib yeydi. Bugma ilonlar kemiruvchilar, maymunlar, xatto mayda
mollarni yeydi. quruqlik toshbaqalari ba'zi bir agamalar va iguanlar


30
usimliklar bilan ovqatlanadi.
Ko’payishi.
Sudralib yuruvchilarning ko’payishi amfibiyalarnikidan
tubdan farq qiladi va yer ustida yashashga imkon beruvchi ko’p
moslanishlarga ega. Urug’lanish faqat ichki. Tuxumlari quruqlikdagi turli xil
sharoitlarda rivojlanadi. Ko’pchilik reptiliyalar quygan tuxumlarini yaxshi
isitiladigan tuproqqa ko’mib quyadi. Ba'zi timsoxlar chuqur kovlaydi va
chuqurga quygan tuxumlarini usimlik koldiklari bilan yopib quyadi.
Urgochilari uyani quriqlaydi. Echkemarlar xam tuxumlarini quriqlaydi.
Pitonlarning urgochisi uyadagi tuxumlarini gavdasi bilan o’rab olib, xam
quriqlaydi, xam isitadi.
Ba'zi bir tangachalilarda tirik tuxum tugish ko’zatiladi. Bu vaktda
Urug’langan tuxumning tuxum yo’lida tuxtab kolishi mumkin, bu yerda
tuxum qisman rivojlanadi. Masalan, odatdagi suv ilonining tuxumi tuxum
yo’lida bir oy davomida tuxtab qoladi. Shu sababli uning quygan tuxumida
yarmi rivojlangan embrion bo’ladi. Tirik tugar kaltakesaklar, urchukchalar,
kora ilonlarda esa, tuxum .embrion yorib chikkuncha tuxum yullarida tuxtab
turadi. Bunday xodisa tuxumdan bola tugish deb ataladi. Nixoyat stsinklar
va ba'zi bir kaltakesaklarda tuxumdagi tolali pardalar yuqolib ketadi va
tuxum yo’lining bir qismi xorionga tegib turadi. Bunda tuxumdagi sariklik
ko’p darajada ona organizmi xisobiga ovqatlanadi. Bunday xodisaga
chinakam tirik bola tugish deb ataladi.
Sudralib yuruvchilarda tuxumdan bola tugish va yirik bola tugishning
asosiy sababi iqlimning sovukligidir (29-rasm). Shimolga va tog
chukkilariga yakinlashib borgan sari tirik bola tuguvchi sudralib yuruvchilar
mikdori oshib boradi. Shu bilan birga, bitta turning o’zi, masalan, tibet
tugarakboshi (Phrynocepholus teobaldi) dengiz satxidan 2-3 ming metr
balandlikda tuxum quysa, 4-5 ming metr balandlikda tirik tugadi.Sudralib
yuruvchilarda jinsiy yetishish turlariga karab, xar xil muddatlarda yo’z beradi.
Timsox va ayrim toshbaqalar 7-10 yilda jinsiy yetiladi, ilonlar 3-5 yilda, yirik
kaltakesaklar 2-3 yilda, maydalari esa xayotining 9-10 oyida balogatga


31
yetadi. Bularning pushtdorligi amfibiyalarga nisbatan ancha kam. Bu xodisa
reptiliyalarda nasl uchun gam yeyishni namoyon bo’lishi (tuxumni ko’mib
quyish, uyani quriqlash) xamda pustlokning paydo bo’lishi bilan bog’lik.
Bular 20-30 tadan 100 tagacha tuxum quyadi. Kichik kaltakesaklar 1-2 dona
tuxum quyadi, lekin bir faslda bular bir necha bor tuxum quyadi. Ba'zi bir
kaltakesaklar
(Kavkaz
koya
kaltakesagi

Lacerta
armeniaca)

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə