Amaliy mashg’ulot-9 Mavzu: Muhit va moslashuv Amaliy mashg’ulotining maqsadi


Yer usti-quruqlik hayotiy muhitning ekologiyasi



Yüklə 84,93 Kb.
səhifə4/11
tarix19.12.2023
ölçüsü84,93 Kb.
#152422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
амалий экология-ЎзФин

Yer usti-quruqlik hayotiy muhitning ekologiyasi.
Asosiy hayotiy muhitlardan bo'lmish Yer usti muhitida hayotning vaqt va makonda juda turli-tumanligi namoyon bo'ladi. Yer va suv muhiti o'rtasida quyidagi asosiy farqlar ko'rinadi, y a ’ni:
1) Quruqlikda namlik o 'z -o 'zidan eng muhim chegaralovchi ekologik omilga aylanadi;
2) Yer-havo muhitida suvga qaraganda haroratning o'zgarib turishi kuchli ko'rinadi;
3) Yer muhitida yashaydigan organizmlarga tuproq katta tayanch bo'lib, bu xislatni havo yoki suv bajara olmaydi;
4) Quruqlik okeanga qaraganda doimiy muhitdir;
5)Muhitdagi yashash joyi (suv muhitida ham) yer usti organizmlar uchun katta ahamiyatga egadir.
Tuproq turli mineral va organic moddalarning manbai hisoblanadi va eng takomillashgan ekologik sistemalarni hosil qiladi. Yer usti yoki yer-havo muhitida uchraydigan organizmlar havo, kamroq namlik, zichlik, bosim va yuqori miqdordagi kislorod bilan o‘ralib turadi. Yer-havo muhitidagi ekologik omillar qator xislatlarga ega, ya’ni:
1) Suv muhitiga qaraganda yer ustida yorug'lik ancha intensiv bo'ladi;
2) H a ro ra t keskin o'zgarib turadi;
3) Namlikning miqdori kun davomida, fasllar va tabiiy mintaqalar bo'yicha o'zgaradi;
4) Ayrim ekologik omillarning ta’siri, havo massasi, shamol harakatiga bog'liqdir.
Tuproq hayotiy muhitining ekologiyasi.
Yer yuzidagi tuproq qatlamining asosini litosfera tashkil qiladi. Litosfera yerning tashqi qismi bo'lib, u qobiq va yer mag'zi (mantiya)ning yuqori qismidan tashkil topgan. Litosfera yer qa’rida bo'lib o'tadigan fizikaviy-kimyoviy jarayonlar mahsulidir. Yer qobig'ining qalinligi 5 km dan 60 km ga yetadi. Kontinentlarda bu qalinlik 40-50 km ni tashkil qiladi. Dengiz va okeanlarda esa 6-10 km (Bilenko, 1973).
Asosiy tuproq hosil qiluvchi omillar (iqlim va o'simliklar) yer yuzasida mintaqalar va mintaqalar bo'yicha taqsimlanganligi tufayli tuproq ham mintaqal taqsimlanish xususiyatiga ega. Hozirgi vaqtda yerning tuproq qoplami bioiqlim mintaqalari va tuproq geoximik birliklar - dalalar, yerlar kabi o'lcham bilan aniqlanadi (Sitnik, 1987; Gerasimov, 1976).
Tuproq qoplami mustaqil yer qobig'i (pedosfera)dan iborat. Tuproq, o'simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarning tog' jinslari ustida iqlim bilan hamjihatlikda hosil qilgan mahsulotidir. V.I. Vernardskiyning ta’rifi bo'yicha, tuproq biokos jism (tana), u bir vaqtning o'zida ham tirik, ham o'lik (neorganik) moddalar - suv, havo va organik qoldiqlardan tashkil topgan bo'ladi.

Yüklə 84,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə