Amaliy mashg’ulot-9 Mavzu: Muhit va moslashuv Amaliy mashg’ulotining maqsadi



Yüklə 84,93 Kb.
səhifə9/11
tarix19.12.2023
ölçüsü84,93 Kb.
#152422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
амалий экология-ЎзФин

Qattiq aralashmalar (aerozollar) zarrachalarning atmosferadagi kattaligi (chang, to'zon) har xil, 0,1 dan 1 mkm gacha va bu ko'rsatkichdan yana ham mayda yoki 100 mkm gacha bo'lishi mumkin. Chang, is, zarrachalar atmosferadan tuman, bulut, qor yordamida yerga qaytib tushadi. Yil davomida qattiq zarrachalar (aerozollar) 5000 Mt. massa hosil qilib, bu massa atmosferada bir yilda 100 martaga yaqin almasnadi. Yoki qaiiiq zarrchalar suv bug'lariga qaraganda ikki marta tezroq hosil bo'ladi. Atmosferani ifloslovchi asosiy manbalar sanoat korxonalari bo'lib, ularga toshlarni maydalovchi, sement tayyorlovchi zavodlar va boshqalar kiradi. Masalan, sement zavodlari o'zi ishlab chiqargan mahsulotning 3% ga yaqini (yoki 100 ming. t chang)ni har yili atmosferaga chiqaradi. Po'lat eritadigan zavodlardan chiqadigan qizil tutun bilan kattaligi 0,1 mkm mayda temir oksid zarrachalari havoga ko'tariladi. Rangli metallurgiya zavodlari atmosferani sink, qo'rg'oshin, mis va alyumin changlari bilan ifloslaydi, quyosh nurini Yerga yetib kelishini kamaytiradi. Industrial rivojlangan markazlarda havodan o ‘tirgan chang tahlil qilinganda, ularda: kvars, kalsiy, gips, dala shpati, asbest kabilar topilgan, ular inson va boshqa organizmlarga o‘tib, ular o‘pkasida tuzatib bo'lmaydigan kasalliklar keltirib chiqaradi. Rivojlangan shaharlarning atmosfera havosi o'rtacha 20% temir oksidi, 15% silikatlar va 5% qorakuya, ulardan tashqari turli metall (marganets, vannadiy, molibden, margimush, surma, selen, tellur) oksidlarini tutadi. Har yili bir avtomobil o'rtacha 1 kg qo'rg'oshin, aerozol (zarrachalari)ni havoga chiqaradi. Dunyoning katta shaharlari havosida qo'rg'oshin konsentratsiyasi 1 mkg/m3 (yo'lni kesishgan joylari va tunellarda 5-30 mk g/m3 ) ga teng. Uning havodagi normasi 0,7 mkg/m3 dir. Atmosferada qo'rg'oshin zarrachalari o'rtacha bir necha hafta turib, keyin namlik bilan litosferaga tushadi. Tiriklik (o'simliklar, o'rmon daraxtlari, suvdagi baliqlar)ni zaharlaydi.
Tuproq muhitining ifloslanishi. Tuproq uhitini ifloslovchi manbalar ham yuqoridagi singari bo`lib, tabbiy manbabalar, sa’noat, xo`jalik-maishiy chqindilaridan tashqari tuproqning sho`rlanishii kuzatiladi. Tuproq muhitini yuqori darajada ifloslanishi asosan, qishloq xo`jalik maqsadlarida foydalaniaddigan yerlarda kuzatilib, unda foydalaniladigan mineral og`itlar, turli preparatlar tuproqni asl holatini buzib, unda yashaydigan organizmlarga salbiy ta’sir etmoqda. Shningdek, tuproq muhitida tuproqning sho`rlanishi kuztilib, ko`pgina yomon oqibatlarga olib kelmoqda. Bu holat suv bilan ta’minlash va xususan sug`orish ishlari, suvlardan ustalik bilan foydalanilmaganligi sababli yuzag kelmoqda, ya’ni shorlangan joylar yuzaga kelib, yerning sifatini buzmoqda. Bu hodisaning mohiyati shundaki, qug`oqchil iqlim sharoiti zaminida va yer osti suvlari tarkibida kop miqdorda suvda erigan sulfat va xlorid tuzi bo`ladi. Yerlar sugoriganda va ayniqsa, namiqtirib sug`orilganda (xlq orasida zaxlatib sug`orish deyiladi) minerallashgan yer osti suvlari (grunt suvlari) sathi ko`tarilib, suvda erigan tuzlar tuproqning ustki qatlamiga ko`tariladi. Suvdagi ergan tuzlar, xususan, xlorid tuzlari o`simliklarni zaharlaydi. Undan tashqari, bunday tuz tuzlar tuproq eritmasining osmotik bosimini ko`taradi va shunday qilib, tuproqning fiziologik quruqligini vujudga keliradi. Natijda osimliklar uproqda nam yetishmaganda qanday qiynalsa, tuproqda tuzlar ko`p bo`lganda suv tanqisligidan shunday qiynaladi. Chunki, sho`r suvli muhit o`simlik hujayrasining po`sti orqali hujayradagi suvni yo`qolishiiga olib keladi. Chunki, muhitning konsentratsiyasi hujayra konsentratsiyasidan yuqori bo`ladi. Mamlakatiizda ko`p ekin maydonlari – Xorazm, Buxoro, Sirdryo, Jizzax kbi viloyatlarning yerlari sho``rlanganligi tufayli yer bei yuvildi. Tuproqdagi tuz yerning pasroq qatlamlariga tushadi. Tuproqning yuza qatlamidagi tuz kamayadi. Yoki yerning melioratv holatini yaxshilash uchun tol, tut daraxtlai ekin ekiladigan maydonlar atrofiga ekiladi. Chunki ular yer osti suvlarini buglantirib, grunt suvlrini psaytirishda ahamiyatlidir. Bundan tashqari zovur-drenajlar qazib yerdagi ortiqcha namlik yo`qotiladi, grunt suvlarining sathi pasaytiriladi. Bu o`z navbatida tuproq muhitida ekologik muvozanat yuzaga kelishiga sabab bo`ladi.



Yüklə 84,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə