Amaliy mashg’ulot-9 Mavzu: Muhit va moslashuv Amaliy mashg’ulotining maqsadi



Yüklə 84,93 Kb.
səhifə6/11
tarix19.12.2023
ölçüsü84,93 Kb.
#152422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
амалий экология-ЎзФин

Parazit tushunchasi. Tabiatda uchraydigan parazit o'ziga kerakli oziq moddalarni bir yoki bir necha organizmlardan, xo'jayinlardan oladi. Parazit va xo'jayin o'rtasida mahkam uzviy aloqa borligi parazit o'zi yashab turgan muhitni boshqarishda xo'jayinga qaramligidir.
Tabiatda uchraydigan parazitlar va patogenlar juda muhim guruh organizmlar hisoblanadi. Har yili milionlab kishilar infeksion kasalliklardan nogiron bo'ladi, hayotdan ko'z yumadi. Hozirgi kunda 250 mln. akromegaliya va 200 mln. dan ortiq bilgarsioz kasalliklariga chalingan kishilar ma’lum. Ko'pchilik parazitlar (tekinxo'rlar) tashqi muhit bilan butunlay aloqasiz, organizm-xo'jayin tanalari ichida (ichak, oshqozon, og'iz, burun) yashaydi. Evolutsion jarayonda parazit va xo'jayin o'rtasida juda murakkab munosabatlar kelib chiqqan. Parazit xo'jayin hisobiga yashasa ham, unga ma’lum darajada ta’sir qiladi. Buning natijasida xo'jayin parazitdan saqlanishning turli xususiyatlarini vujudga keltiradi.
Parazitlarning kelib chiqish yo‘llari. Parazit bilan xo'jayin o'rtasidagi turli munosabatlar parazitlikning kelib chiqish yo'llarini yoritadi, ya’ni:
1) Birinchi yo'l: «Kvartirlik» parazitlikning kelib chiqishining sodda yo'li bo'lib, mayda organizmlar kattalari joylari (uyalari, inlari)ga joylashib, keyin ularning junlari, patlari, orasiga o'tib, organizm suyuqligi hisobiga ovqatlanadi;
2) Ikkinchi yo‘l: Parazitlikning yirtqichlar orqali o'tishi. Bunda yirtqich-parazit o‘ljaga hamla qilib, uni birdan yo‘q qilib va yeb qo‘ya olmasa, unda parazit o‘lja tanasiga yopishadi, asta-sekin uning ichki organizmlariga o ‘tadi va xo'jayin tanasida ko‘p ozuqali muhitda parazitga aylanadi;
3) Uchinchi yo‘l-tasodifan. Parazitlikning kelib chiqish yo‘li boiib, parazitlar xo'jayin tanasiga ozuqa va suv bilan o'tishi mumkin. Tuyoqli hayvonlar o't-cho'p bilan ovqatlangan vaqtda bakteriyalar, zamburug'lar, trixomalar va boshqalar ham o'simlik bilan hayvon tanasiga o'tib, yangi sharoitga moslashib, parazitga aylanadi.
Parazitlarning har xilligi. Hamma parazitlar ikki guruhga bo'linadi: a) Etkoparazitlar, xo'jayin tanasi ustida yashovchilar (kanalar, burga, bit, zuluk); b) Endoparazitlar, ichki parazitlar bo'lib, xo'jayin tanasi ichida yashaydi (gelmintlar, bakteriyalar, viruslar va boshqalar). Bu guruhlardan tashqari statsionar (doimiy), vaqtincha va fakultativ parazitlar bo'ladi.
Demak, muhit - tevarak atrofdagi o`zaro bog’lanishlardagi shart-sharoit ta’sirlar majmuasidir. Odatda muhit – tabiiy va sun’iy muhitlar ajratiladi.
Tabiiy muhitni suv, quyosh, shamol, havo, yer o`simlik va hayvonot dunyosi kabi tabiiy omillar majmui tashkil eib, bu haqidagi ma’lumotlar va unga moslashgan organizmlar guruhi haqida yuqorida qayd etildi.
Sun’iy muhit inson tomonidan yaratilgan bo`lib insonning mehnat mahsuli yotadi. Tabiiy va sun’iy muhitlar bir biri bilan chambarchas bog’liq. Ularning bog’liqligini ekologik muhit tushunchasi ifodalaydi. Ekologik muhitda tirik mavjudotlar sub’yekt va ob’yekt ta’sirlar sifatida qatnashib, mazkur ta’sirlar esa tevarak atrofni saqlab qolish yoki unga xavf solish sharoitini keltirib chiqaradi. Ekologik muhit o`z navbatida muayyan ekologik tizim hisoblanib uni tabiiy va ijtimoiy, iqtisodiy qismlarga ajratish mumkin.



Yüklə 84,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə