Amaliy mashg’ulot-9 Mavzu: Muhit va moslashuv Amaliy mashg’ulotining maqsadi



Yüklə 84,93 Kb.
səhifə2/11
tarix19.12.2023
ölçüsü84,93 Kb.
#152422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
амалий экология-ЎзФин

Hayotiy muhitlar ekologiyasi
Uzoq evolutsion rivojlanish jarayonida tirik organizmlar mma’lum sharoitlarda yashashga oslashadi. Organizmning birinchi hayotiy muhiti suv sharoiti bo'ladi. Suvdan hayot kelib chiqqan. Bu Qur’oni karim oyatlaridan birida bundan 1350-yillar oldin qayd qilingan. Vaholanki, zamonaviy fan bu muammo bilan 1925-30-yillardan boshlabgina shug‘ullangan xolos. Suvda paydo bo'lgan organizmlar asta-sekin boshqa: yerhavo, tuproq muhitlariga moslasha boshlaydi. Buning natijasida yer ustida o'suvchi o'simliklar, yashaydigan hayvonlar kelib chiqadi. Lekin ularning hayot-faoliyatlari suvga bog'liq bo'lib, ba’zi guruh o'simlik va hayvonlar faqat suv muhitida yashashga moslashib qoladi. Organizmlarning tuzilishi va ichki funksiyalarining takomillashishi bilan ular tuproq muhitiga ham tarqala boshlaydi va bu muhitda yashaydigan maxsus majmuani hosil qiladi.
Hozirgi vaqtda Yer yuzasida 4 ta hayotiy muhit ajratiladi, ya’ni: 1) Suv hayotiy muhiti; 2) Yer-havo hayotiy muhiti; 3) Tuproq hayotiy muhiti; 4) Tirik organizmlar hayotiy muhiti.


Suv hayotiy muhitining ekologiyasi.
Ilmiy ma’lumotlarga qaraganda, bundan 3,4-5 mlrd. Yillar avval hayot dunyo okeanida paydo bo'lgan. Hayotning birinchi qoldiqlari, bakteriyalar, ko'k yashil suvo'tlarming namunalari 3 mlrd. yildan ortiq yoshga ega bo'lgan geologik toshlarda saqlanib qolgan. Suvda harorat, yorug'lik, erigan gaz va mineral moddalarning nisbiy doimiyligi o'simlik va hayvonlarning turli xillarining vujudga kelishiga sabab bo'ladi. Suv o'zining siqib, itarib chiqarish kuchi bilan organizmlarning yupqa, silliq va katta og'ir kitlar shakllarini yengil ushlab turadi.
Suv muhitida organizmlarning bir nechta ekologik guruhlari vakillari: plankton, nekton, bentos, perifiton va neyston uchraydi.
Plankton tushunchasi. Biz yuqorida qayd qilib o'tganimizdek, suv massasida muallaq holda uchraydigan organizmlar plankton organizmlar deyiladi. Plankton-fitoplankton va hayvonlar planktoni-zooplanktonga bo'linadi. Plankton organizmlar juda ko'p moslashish xislatlari bilan xarakterlanadi, ya’ni:
1. Ularning tanalari kattaligining qisqarishi hisobiga tananing umumiy yuzasining kattalashishi, yalpoq, uzun holga kelishi; turli tikanlar, po'kaklar, o'simtalaming hosil bo'lishi esa organizmlarning suvda ishqalanishini kuchaytiradi; 2) Plankton organizmlar tana zichligining kamayishi, ularning tanasidagi skeletni reduksiyalanish (yo'qola borish)i, hujayra va tanalarida yog' hamda gaz pufakchalari hosil bo'lishi natijasida yuzaga kelgan va ular suvning oqimi bilan uzoq masofalarga ketsa, zooplankton vakillari suv qatlamlarida vertikal tarqalish imkoniyatiga ega bo'lib, suvda yuzlab metr pastga tushadi va yuqoriga ko'tarilib turadi.
Organizmlarning plankton va nekton holda yashashga va suvda suzish uchun turli xil moslashishlari ularning suvning chuqur qatlamlariga tushish-chiqishini sekinlashtiradi. Plankton organizmlarning ayrim shakllarining suvda effektiv va aktiv harakatlari bo'lishi ham ularning ma’lum moslashishlari natijasidir (4-rasm). Gidrobiontlarning suzuvchanlik tezligi ularning suvga ishqalanish va og'irlikni kamaytirish bilan suzish tezligini oshirishlariga imkon beradi. Suvda haroratning ko'tarilishi va undagi suzish sharoitining yomonlashishi bilan plankton organizmlarda o'simtalar soni ko'payadi.

Yüklə 84,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə