Amaliy mashg’ulot-9 Mavzu: Muhit va moslashuv Amaliy mashg’ulotining maqsadi


Muhit ifloslanishining turlari va manbalari



Yüklə 84,93 Kb.
səhifə7/11
tarix19.12.2023
ölçüsü84,93 Kb.
#152422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
амалий экология-ЎзФин

Muhit ifloslanishining turlari va manbalari
Inson yashaydigan muhitni iflos qilmaslik bundan bir necha asrlar oldin, 1382-yili Fransiya qiroli Karl tomonidan qonunlashtirilgan va havoga yomon hidli, ko'ngil ozdiradigan tutun chiqaruvchilar qattiq jazolangan. U vaqtda havoga uylardan tutun chiqarish ham taqiqlangan bo'lsa, sanoatning rivojlanishi, yangi-yangi texnologik jarayonlarni ishlab chiqarishda joriy qilish, shahar va qishloqlar aholi sonining o'sishi bilan tabiatga salbiy ta’sir kuchayib ketadi
Muhit tabiiy va suni’iy yo`l bilan iflosladi.
Muhitning tabiiy yo`l bilan ifloslanishi bevosita tabiatning o`zida sodir bo`ladi, ya’ni tirik organizmlarning hafas olishi va hafas chiqarishi davomida, ularning chiqindilari, nobud bo`lishi, vulqonlarning otilishi, tuproq va kosmik changlar va boshqa manbalar orqali ifloslnadi. Sun’iy yo`l bilan ifloslanish bevosita va bilvosita turlarga ajralib, u insonning faoliyati natijasida amalga oshiradi. Masalan, insonning hafas olishi, turli chiqindilrni tbitg to`g`ridan-to`g`ri tashlashi, oqava suvlarni tashlashi, rafioaktiv chiqidilar, avtomobillardan chiqayotgan gazlar, zavod-fabrikalardan chiqayotgan turli chiqindilar va boshlalar. Buni juda ko`pab davom ettitish mumkin. Quyida muhitni ifloslovchi turli manbalar va uni oldini olish chora tadbirlari haqida so`z yurtishga harakat qilamiz.
Tabiatdagi mavjud organizmlar tomonidan va vulkanik jarayonlar natijasida ajratilib ciqayotgan karbonat angidrid gazi o`simliklar tomonidan to`la o`zlashtirilishi barchaga ma’lum. Ularning turli chiqindilari va nobud bo`lgandagi qoldiqlari esa tabiatda minerallargacha parchalanadi.
Sun’iy yo`l bilan ifloslanishning eng xavfi turlaridan biri bu radioktiv ifloslanishdir. U insoniyat tarixida yadroviy qurollarning yaratilishi, atom enegiyasidan turli maqsadlarda foydalanish natijasida kelib chiqdi. Yadro qurollarining sinalishi natijasida tabiatda jiddiy o`zgarishlar yuz berdi. Bu o`zgarishlar mutagen jarayonlarga, tirik organizmlarning irsiy kodiga ta’sir etmoqda. Rivojlangan mamlakatlardagi AESlardan foydalanilmoqda. Ulardan yiliga minglab tonna radioaktiv chiqindilar chiqmoqda. Bu chiqindilarni qayerda saqlashni o`zi muammo. Chunki yer ostiga saqlanayotgan chiqindilar qachondir eroziya yoki zilzila oqibatida atrofga tarqalib, havoni va va suvni zaharlaydi. Bu aholi salomatligi va tirik organizmlar xavf-xatar tug`diradi. Agarda bu chiqndilarni okeanga tashlansa (temir-betonlar bilan bronlangan holda) butun okean muhitini nurlantiradi.
Muhitning kimyoviy zaharlanishini ko`plab kuzatishimiz mukin. Tabiatdagi barcha chiqindilarning asosiy qismi sanoatning tog`-kon sanoati, metallurgiya, kimyo, neftni qayta ishlash, sellyuloza-qog`oz ishlab chiqarish, mashinasozlik, qurilish materiallari ishlab chiqaarish, o`ziq-ovqat va to`qimachilik kabi turlari sezilarli darajada zararli ta’sir ko`rsatadi. Bundan tashqari qishloq xo`jaligida foydalanailadigan mineral o`g`itlar, turli kimyoviy preperatlar ham muhitni, ayniqsa turoqni ifloslantiriadi. Xo`jalik faoliyatining bu sohalaridan tabiatga gaz, suyuq va qattiq holda, ayrim vaqtlarda aerozollar holatida kimyoviy chiqindilar chiqarilmoqda. Bu moddalar tuproq, havo va suvga tushib, ekologik bo`g`inlar bo`yisha bir oziq zanjiridan boshqasiga, oxir-oqibat inson oranizmiga o`tmoqda. Masalan, Tursunzodadagi alyuminiy zavodidan chiqayotgan zaharli ftor gazi avval shu yerda yetishtiriladigan o`simliklarga, boqiladigan hayvonlarga ta’siri kuzatilgan bo`lsa, keyinchalik insonllarning organizmiga ham salbiy ta’sir etdi (Surxondaryoda Dashnobot anorlarining sifati buzildi, chorva mollarining tishlari chiqmay qoldi, bolalarda tishlarning chiqmay qolishi va ta’yanch-harakat tizimidagi buzilishlar bunga yaqqol misol bo`ladi) (I.Xolliyev., A.Ikromov. Ekoloiya. 2001 yil. ).
Yer sharida u yoki bu darajada ifloslantiruvchi moddalar yetib bormagan biror joyni topish qiyin. Hattoki Antarktida muzliklarida olimlar hozirgi zamon ishlab chiqarishining turli toksik moddalar borligini aniqlaganlar. U yerlarda esa faqat kichik ilmiy stansiyalar joylashgan, xolos. Demak, ularni bu joylarga boshqa hududlrdan havo oqimi olib keladi.
Sanoat korxonalaridan havoga chiqayotgan azot oksidi va oltingugurt oksidi havodagi suv bu`g`lari bila reaksiyaga kirishib “kislotali yomg`irlar”ning yuzaga kelishiga sabab bo`ladi. Havodagi og`ir metallar, radioaktiv moddalar, kislotali birikmalar yomgi`r, qor va boshqa yog`inlar bilan yerga tushib, o`simlik va hayvonot olamini zaharlaydi, inshootlarni ishdan chiqaradi, suv va tuproqning tarkibini buzilishiga sabab bo`ladi. Bu salbiy hodisalar muhitni ifloslantiruvchi manbalar joylashgan joylardagina emas, balki undan uzoqda joylashgan hududlarda ham kechishi mumkin (masalan, “Navoiyazot”, “Elektrokimyo”, “Qizilqumsement”, Navoiy GRES korxonalarning chiqindilari Navoiy shahridan tashqari uning Garbida joylashgan Do`rmon, Malikcho`l, O`rtacho`l, Qiziltepa tumani hududlariga zararli ta’siri seziladi). Havo o`qimlari “sezilmas o`lim” manbaini fazoga tarqatadi va boshq hudulardagi yashovchi xalqlar “aybsiz aybdor” bo`lib qoladilar.
Sanoat rivojlangan Yevropa, Amerika davlatlarida geliy, kadmiy, rux, qo`rg`oshin zarralari, ugerod oksidi, boshqa zaharli aralashmalar, konserogenlar havoga chiqariladi. Ma’lumotlarga qaraganda havo qatlami, daryolar, ko`llar va tuproqning ifloslanishi natijasida odamlar ko`pincha saraton kasaliga chalinadilar. Demak, sanoatning taraqqiy etishi atrof-muhitning kimyoviy va radioaktiv ifloslanishiga olib keladi. Natijada esa odamlarning yashashi uchun zarur bo`ladigan bioekologik shart-sharoit yomonlashadi.
Kimyoviy, radioaktiv ifloslanishdan tashqari biologik iifloslantiruvchilar ham uchraydi. Tabiiy muhitda turli kasalliklar keltirib chiqaradigan mikroorganizlar, viruslar, zamburug`lar, riketsiylar, gelminitlar, bir hujayrali hayvonlar, mikrokanalar, zararli hashoratlar biologik ifloslantiruvchilar qatoriga kiradi. Ular tabiatda barcha joylarda suv, havo, tuproq hatto tirik organizmlarda uchraydi. Ularning ichida ko`pchiligi yuqumli kasalliklarni qo`zg`ovchilar bo`lib, juda xavfidir. Tuproqda botulizm, gazli gangrena, qorason, ayrim zamburug` kasalliklarni qo`zg`ovchilar yashaydi. Suv havzalari vabo, ich terlama, ichburug`, fatsillioz kasalliklari tarqalishiga sabab bo`ladi. Havo-tomchi yo`li bilan yuqadigan kasalliklarga esa gripp, ebola, ko`k yo`tal, tepki, qizamiq, bo`g`ma, qizamiq, sil va boshqa kasalliklar kirib, ularning asosiy qismi virusli kasalliklardir. Leyshmanyoz, uyqu kasalliklarini tarqatuvchilari asosan hashorotlar hisoblanadi. Ayrim virusli kasalliklar esa buyumlar orqali yuqadi. Bunday kasalliklar qatoriga gepatit (sariq), SPID, siflis, ganoreya, sibir yarasi, kal kasalliklari kiradi. Hozirgi kunda esa ayrim allergik kasalliklarni yuzaga kelishiga mikrokanalar sababhi bo`lmoqda. Uy pashshasi va suvaraklar ham turli kasalliklarni tarqatuvchilar hisoblanadi.
Tabiat va jamiyatdagi biologik zaharlanish – muhitni mikroorganizmlar orqali ifloslanishini oldini olish uchun mazkur kasallik tarqatuvchilarni bioekologiyasini mukammal o`rganish hozirgi kunning zarurati hisoblanadi.
Yashash muhitlari nuqtai nazaridan olib qaraganda suv muhiti, yer-usti havo muhiti, tuproq muhitini ifloslantiruvchi manbalarni ham tahlil qilish mumkin.
Suv muhiti tabiiy ifloslanishidan tashqari, suniy yo`l bilan ham ifloslanadi. Uning quyidagi turlari va manbaalari mavjud:
1. Oqava suvlar orqali ifloslanish;
2. Suv transporti orqali ifloslanush;
3. Radioaktiv ifloslanish;
4. Dengiz sohillaridan qazib olinadigan neft konlari orqali ifloslanish;
5. Sun’iy suv havzalari – asosan suv omborlarini oqiziqlar bilan loyqalar ifloslanishi (suv eroziyasi natijasida oqib kelib to`planadigan allyuviy, prolyuviy, dellyuviy tog` jinslarni to`planishi).
Daryolar o`z oqimi bilan juda ko`plab oqiziqlar olib keladi. Masalan Amudaryo – bir yilda 570 mln. tonna oqiziqar olib keladi. Bu eroziya natijasida yuzaga keladi. Eroziya – tog jinslarini, tekislik yo`tqiziqlarini buzadi, yemiradi, qulatadi, parchalangan mahsulotlarini boshqa yerlarga oqizib ketadi, daryo o`zanini chuqurlaydi, qirg`oqlarini kengaytiradi, o`zanidagi mavjud tosh va qumlarni yuvib ketadi, oqizib keltirilgan mahsulotlar yotqiziladi va boshqalar (5-rasm).


5-rasm. Suv omborining oqiziq va loyqa bilan ifloslanishi; 1-qirgo`qdagi tub jinslaning yemirilishi; 2-suv ostidagi akumulyativ yotqiziq; 3- oqiiqlar, loyqa va toshlar (allyuviy va dellyuviy tog` jinslari); 4- suv sathi; 5- tub jinslar.

Suv omborini loyqa bosishi juda xavfli. Ba’zi hollarda loyqa bilan to`lishi sababli suv ombori butunlay ishdan chiqadi. Loyqa bosish jarayoniga daryoda to`g`on qurilgandan so`ng oqiziqlarni cho`kishi sabab bo`ladi. O`qiziqlarning asoisiy manbaalari suvdagi loyqa, tuproq, shamol va suv eroziyasi mahsulotlari hisoblanadi. O`rta Osiyodgi suv omborlarini juda tez loyqa bosadi. Masalan, Qashqadaryoda qurilgan Chimqo`rg`on suv ombori 20 yilda 60 mln. m3, Janubiy Surxon suv omborining to’rtdan bir qismi 25 yilda loyqa bilan to`ladi. Sirdaryodagi Uchqo`rg`on suv ombori 19 yil davomida 60%ha qisqardi. G`uzordaryodagi Pachkamar suv ombori 9 yilda 17 mln.m3 loyqa bilan to`ldi. Suv omborlarni loyqa bosishiga qarshi kurashda quyidagi choralar qo`llaniladi.


1. Oqim loyqalanadigan toshqin vaqtida suv omborida suv sathi pasaytrilib, juda loyqa daryo suvi katta tezlikda o`tkazib yuboriladi;
2. Aylanma kanallar barpo etiladi, so`ngra cho`kib qolgan oqiziq (pulpa)lar zemsnaryadlar blan chiqarib tashlanadi.
3. Suv yo`lida oqiziqlarni cho`ktiradigan tindirgichlar quriladi;
4. Muallaq oqiziqlar ko`p bo`lgan loyqa oqim to`g`on tagidagi mahsus suv tashagich orqali chiqarib yuboriladi. (O`zbekiston milliy ensiklopediyasi. 8-tom. ). (Ад.: Ҳусанхўжаев З.Х., Гидротехника иншоотлари, Т., 1978; Водохранилища мира, М., 1979; Авакя н А.Б., Салтанкин В.П., Шарапов В.А., Водохранилища, М., 1987; Никитин A.M., Водохранилища Средней Азии, Л., 1991; Ҳикматов Ф.Ҳ., Сирл ибоева З.Р., Айтбаев Д.П., Кўллар ва сув омборлари, Т., 2000.)
Shuningdek, ko`llar va suv omborlari suv o`tlari, hayvonlarning qoldiqlari bilan ham ifloslanadi. (6-rasm).

Yüklə 84,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə