O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg’ona davlat universiteti sirtqi bo’limi maktabgacha ta’lim



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix09.06.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#116421
  1   2   3   4   5   6   7   8
Fardu 4 Mustaqil ish Gulmira



 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY TA’LIM , FAN VA INNOVATSIYALAR 
VAZIRLIGI 
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI 
SIRTQI BO’LIMI 
MAKTABGACHA TA’LIM yo’nalishi 
1-bosqich 22-20-guruh talabasi 
Toʻxtasinova Gulmira 
ning 
Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi 
fanidan 
Mustaqil ishi 
Mavzu :
Ravon nutqni rivojlantrish
 
 
 

Bajardi Toʻxtasinova Gulmira 
Qabul qildi ________________ 
 
 


Mavzu :
Ravon nutqni rivojlantrish
 
Reja :
1.
 
Ravon nutq tushunchasi va uni rivojlantirish vazifalari.
2.
 
Ravon nutq mohiyati.
3.
 
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni ravon nutqqa o‘rgatish. 
4.
 
Til tafakkur quroli va muomala vositasi. 


1. Ravon nutq tushunchasi va uni rivojlantirish vazifalari. 
Ravon nutq – bu 
kishilarning muloqotini va o‘zaro bir-birlarini tushunishlarini ta’minlovchi 
mazmunan keng yoyilgan fikrdir. Ravon nutqni fikrlar dunyosidan ajratib bo‘lmaydi: 
ravon nutq bu fikrlar ravonligidir, unda bolaning mantiqiy fikrlash, o‘zi qabul 
qilayotganlarini mulohaza qilish va ularni to‘g’ri ifodalash qobiliyati aks etadi. 
Ravon nutqni shakllantirish, uning vazifasini o‘zgartirish murakkablashib 
borayotgan bola faoliyati oqibati bo‘lib, u bolaning atrofdagilar bilan muloqotga 
kirishish sharoiti, muloqot shakliga bog’liq bo‘ladi. Maktabgacha yoshda u muloqot 
va ta’lim jarayonida shakllanadi. Ravon nutqning shakllanishi ilk yoshdan boshlab 
asta-sekin ro‘y beradi. Bolalar hayotining dastlabki yetti yilida atrofdagi kishilar 
bilan muloqot vositasi sifatida nutqning paydo bo‘lishi va uni rivojlantirish 
jarayoniga alohida e’tibor qaratish zarur. Har bir kishi hayotida ravon nutq muhim 
ahamiyatga ega bo‘lib, u uchta asosiy vazifani bajaradi: individuallararo, ichki 
individual va umuminsoniy.
Til millatning noyob xazinasi bo‘lib doimo og’zaki va yozma holda, namoyon 
bo‘lgan. Boy, yorqin, maroqli nutq so‘zlayotgan kim bo‘lishidan qat’iy nazar, nuri 
hisoblanadi. Tilning oliyjanob imkoniyatlar nutq orqali nutq jarayonida ochiladi. 
Nutq bo‘lmas ekan tilning cheksiz imkoniyatlari yuzaga chiqmay qolaveradi. So‘z va 
g’azal sultoni A.Novoiy tilva nutq munosabatlarini shunday izoxlaydi. «Til shuncha 
sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq noma’qul bo‘lib chiqsa tilning 
manfaatidir». 
Demak. Til qanchalik zo‘r bo‘lmasin, u nutq uchuun qurol sifatida xizmat qilar 
ekan. Uning kuch, qudrati nutq jarayonida namoyon bo‘lar ekan. Agar til o‘q bo‘lsa, 
nutq kamondir. O‘qning qudrati, kamonning qudratiga ham bog’liq. 


Ma’lumki til inson aqlining, faoliyatining eng oliy va asosiy vositasidir. Chunki 
insonni boshqa jonzotlardan ajralib turadigan ham til emasmi?! Shunday ekan, inson 
aqliy faoliyatining eng oliy maxsullari tafakkur mevalari til, nutq orqali ro‘yobga 
chiqadi. Til tafakkur mahsulining xayotga tadbiq etilish vositasi bo‘luvchi qudratli 
quroldir. 
Nutq vazifasi uning ontogenezdagi haqiqiy rivojlanish jarayoni bosqichini aks 
ettiradi, ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga egadir: 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə