O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg’ona davlat universiteti sirtqi bo’limi maktabgacha ta’lim



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix09.06.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#116421
1   2   3   4   5   6   7   8
Fardu 4 Mustaqil ish Gulmira

Xorun ar Rashid dedi
: «Mening yuzimga shunday dard anduh bilan to‘lgan 
so‘zni aytasanmi? Agar mening qarindoshlarim o‘lsalar men nima ish qilaman? Va 
qanday qilib kun kechiraman? - deb ta’birchini yuz tayoq urishga buyurdi. So‘ngra 
boshqa bir ta’birchini chaqirdi va tushining ta’birini so‘radi. Ta’birchi dedi: Ey amir 
al mo‘min, sening umring barcha qarindoshlaringning umridan uzun bo‘ladi. Xorun 
ar Rashid dedi: «Barcha aqlning yo‘li birdir va ikkovining ta’biri bir yerdan chiqadi, 
ammo yuqoridagi ta’birchining iborasi bilan keyingi ta’birchining iborasi orasidagi 
farq kattadir», – dedi va Xalifa keyingi ta’birchiga yuz tilla berishini buyurdi.
Ey farzand, so‘zingni yuzi va orqa tomonini bilgin, ularga rioya qilgin. 
So‘zlaganda ma’noli gapir, bu notiqlikning alomatidir. Agar gapirgan vaqtingda 
so‘zing qanday ma’noga ega ekanligini bilmasang, qushga o‘xshaysan, bunday 
qushni to‘ti deydilar. To‘ti ham so‘zlaydi, ammo so‘zining ma’nosi bo‘lmaydi. 


Shunday kishini notiq (suxango‘y) deymizki, uning har bir so‘zi xalqqa tushunarli 
bo‘lsin va xalqning har so‘zi unga ma’lum bo‘lsin. Bunday kishilar oqil (aqlli) lar 
qatoriga kiradi. 
…Bilgan so‘zingni o‘z joyila ishlatgin, vaqtni bekor o‘tkazmagin. Agar vaqtni 
bekor o‘tkazsang, donishmandlikka putur yetkazgan bo‘lasan. Hamma vaqt to‘g’ri 
so‘z gapir, be’sanilikni da’vo qilguvchi bo‘lmagin, bilmagan ilmdan gapirmagil
shunda ilmdan non talab qilma. Har qanday talabing bo‘lsa, bilgan ilm, ma’rifat va 
xunardan hozir bo‘ladi. Bilmagan ilm, ma’rifat va xunarni bilmagan deb da’vo 
qilsang nech narsa hosil bo‘lmaydi va behuda zaxmat chekasan. 
Har bir so‘zga quloq sol, tezlik qilma. O‘ylamasdan so‘zlama. Har bir so‘zni 
o‘ylab gapir, xato aytgan gapingdan pushaymon bo‘lmagaysan (
Qobusnomadan
). 



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə