O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg’ona davlat universiteti sirtqi bo’limi maktabgacha ta’lim



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix09.06.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#116421
1   2   3   4   5   6   7   8
Fardu 4 Mustaqil ish Gulmira

 2. Ravon nutq mohiyati.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga nisbatan nutqning 
ikki shaklini – dialogik va monologik shakllarini ko‘rib chiqish lozim. 
Dialog
ikki 
yoki bir necha so‘zlovchining biron-bir vaziyat bilan bog’liq mavzudagi fikrlarining 
almashinuvi bilan tavsiflanadi. Dialogda, yuklamalardan foydalanilgan holda
sintaksik jihatdan sodda bo‘lgan darak, undov (iltimos, talab), so‘roq gaplarning 
barcha turlari namoyon etilgan. Til vositalari imo-ishoralar, mimika bilan 
kuchaytiriladi.Tarbiyachi shunday vaziyatni yaratishi kerakki, unda bolalar turli xil 
til vositalaridan foydalangan holda dialog tuzish – so‘rash, javob berish, tushuntirish, 


iltimos qilish, luqma tashlash va h.k. zaruratiga duch kelsin. Ushbu maqsadda 
bolaning oiladagi, maktabgacha ta’lim muassasasidagi hayoti, uning do‘stlari va 
kattalar bilan munosabatlari, uning qiziqishlari va taassurotlari bilan bog’liq turli xil 
mavzularda suhbat o‘tkazishdan foydalanish lozim. Aynan dialogda suhbatdoshni 
tinglash, savollar berish, mazmundan kelib chiqqan holda javob berish qobiliyati 
rivojlanadi. Qayd etilgan malaka va ko‘nikmalar monologik nutqni rivojlantirish 
uchun ham zarurdir. Tengdoshlar bilan dialogik muloqotni yo‘lga qo‘yish uchun 
kooperativ tusdagi faoliyat muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur faoliyat asta-sekinlik 
bilan shakllanadi. Dastlab bolalar ro‘y berayotgan hodisalarni sharhlagan holda
yaqinda turib harakat qiladilar. Ushbu vaziyatda nutq tengdosh bolaning mavjud 
bo‘lishi va u bilan so‘zlashish imkoniyati orqali rag’batlantiradi hamda u o‘z 
faoliyatini rejalashtirish va tashkil etish, shuningdek, ijtimoiy muloqot o‘rnatish 
funksiyasini bajaradi. Bolalar o‘rtasidagi muloqot asosan amaliy xususiyatga ega. 
Dialog ko‘pincha shunday shaklga olib boriladiki, bunda bola sherigining qisqa 
luqmalariga harakat bilan javob beradi yoki ro‘y berayotgan hodisaga nisbatan o‘z 
munosabatini nonutqiy vositalar yordamida ifodalaydi. Ular orqali bolalar bir-biriga 
e’tibor berishni, do‘stlarini tovushidan bilib olishni, tashqi ko‘rinish detallarini 
sezishni, nutqiy muloqot qilishni o‘rganadigan ko‘plab xalq o‘yinlari mavjud. Dialog 
muloqotini yo‘lga qo‘yish uchun stol o‘yinlari va chop etilgan («loto», «domino») 
o‘yinlardan foydalanish tavsiya etiladi. Juft bo‘lib o‘ynashda bolalar dialogik 
hamkorlik qilish usullarini: navbatga rioya qilish, bir-biriga xushmuomalalik bilan 
murojaat qilish, o‘z nuqtai-nazarini dalil-isbotlar bilan himoya qilish, fikrlarini 
sherigi bilan muvofiqlashtirishni o‘rganadilar. Bunday o‘yinlarda biluvchanlikning 
asosi sifatida nutqiy topshiriqlarning har xil turlari ishtirok etishi mumkin, masalan: 
berilgan tovushli so‘zlarni tanlab olish, akustik va artikulyatsion jihatdan bir-biriga 


yaqin bo‘lgan tovushlarni tabaqalashtirish, umumlashtiruvchi nomlarni tasniflash, 
rasmlar turkumi asosida birgalashib hikoya qilish va h.k. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə