Topishmoq, maqollar mazmunini tushunib oladilar.
Kerakli jihozlar:
To‘rt faslga oid katta rasmlar.
To‘rt faslga oid qirqma rasmlar.
Mashg’ulotning borishi. Tarbiyachi:
Bolalar hozir qanday fasl? (Qish) Qish
faslida qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? Sizga qaysi fasl ko‘proq yoqadi? Nima
uchun yoqadi?
Bugun biz
«Men yoqtirgan fasl»
mavzusida qisqa va tugallangan
hikoya tuzishni o‘rganamiz. Kelinglar, bolalar hozir biz kichik guruhlarga bo‘linib
olamiz.
- Bir yilda nechta fasl bor? (4ta fasl)
- Demak biz to‘rt guruhga bo‘linamiz.
Bolalar guruhlarga bo‘linish uchun bahor, yoz, kuz va qish fasllari tasvirlangan
suratlarning qirqma bo‘laklarini oladilar. Ular o‘z fasllariga
tegishli tasvirlarning
qirqma bo‘laklarini yig’ish bilan guruhlarga bo‘linib oladilar. 1-guruh bolalari bahor
faslini, 2-guruh bolalari yoz faslini, 3-guruh bolalari kuz faslini, 4-guruh bolalari qish
faslining qirqma bo‘laklarini yig’adilar. Natijada har bir guruhda katta fasl tasviri
hosil bo‘ladi. Har bir guruh o‘z fasllari haqida hikoya tuzishlari kerak.
Hikoya
yakunida shu fasl haqida she’rlar, topishmoqlar aytishlari mumkin.
Bolalar hikoya tuzishda qiynalsalar tarbiyachi hikoya namunasini beradi.
Tarbiyachi:
Men uchun sevimli fasl kuz. Kuzda shamol g’ir-g’ir esib turadi.
Osmon toza va beg’ubor bo‘ladi. Bog’larda kuzgi mevalar pishib yetiladi.
Paxtazorlarda paxtalar oppoq bo‘lib ochiladi. Dala va bog’larda ish qizg’in bo‘ladi.
Mevalar teriladi,
kartoshka, piyoz, sabzi kabi sabzavotlar birin-ketin kovlanadi.
Paxtalar teriladi.
Bolalarning tuzgan hikoyalari bo‘yicha guruhlar taqdimoti o‘tkaziladi. Har bir
guruhning tuzgan hikoyalari tinglanadi va rahbatlantiriladi.
Dostları ilə paylaş: