O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg’ona davlat universiteti sirtqi bo’limi maktabgacha ta’lim



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix09.06.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#116421
1   2   3   4   5   6   7   8
Fardu 4 Mustaqil ish Gulmira

1-vazifasi
– individuallararo – kishilar o‘rtasidagi muloqot vositasidir. Ushbu 
holatda nutq og’zaki nutq – monolog, dialog, bir nechta odamlar suhbati sifatida 
chiqadi. 
2-vazifasi
– ichki individual – bu yerda nutq ko‘plab ruhiy jarayonlarni 
(fikrlash, diqqat-e’tibor, xotira, tasavvur va boshq.) aniq-tiniq anglash darajasiga 
ko‘targani hamda shaxsga ruhiy jarayonlarni tartibga solish va nazorat qilish 
imkonini bergani holda ularni amalga oshirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
3-vazifasi
– umuminsoniy – bu o‘rinda nutq alohida bir odamga umuminsoniy 
ijtimoiy-tarixiy tajriba xazinasidan axborot olish imkonini beradi. Ushbu holatda u 
grafik ramzlar va belgilarda moddiylashtirilgan yozma nutqdir. 
Ta’lim muassasalarida o‘qitish ikki shaklda amalga oshiriladi: a) erkin 
nutqiy muloqotda; b) maxsus mashg’ulotlarda. 
Dialog ko‘proq erkin nutqiy 
muloqotda paydo bo‘ladi va u bolalar lug’atini boyitishning talaffuzga oid grammatik 
ko‘nikmalarini tabiiy ravishda rivojlantirish bazasi, ravon nutq ko‘nikmalariga ega 
bo‘lish bazasi hisoblanadi. Dialog maxsus mashg’ulotlarda o‘qitiladi (oyiga 1-2 ta 
mashg’ulot); Ta’lim muassasalarida bo‘lib turgan vaqti mobaynida bola erkin 
muloqotda pedagog va boshqa bolalar bilan muloqotga kirishadi. Uyda esa kattalar 
bola bilan turli mavzularda dialogga kirishishlari lozim. Dialogik nutqni (yoki 


og’zaki nutqni) o‘rgatish odatda suhbat shaklida, ya’ni kattalar bilan bola o‘rtasida 
hamda bolalarning o‘zlari o‘rtasida fikr almashish shaklida ro‘y beradi.
 
Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg’ulotlar suhbat metodi 
(suhbat) va imitatsiya metodi asosida o‘tkaziladi. Mazkur metodlar ko‘pincha 
quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi: 
Tayyorgarlik suhbati (so‘zlashish) usullari; 
Teatrlashtirish usullari (imitatsiya, qayta aytib berish).
Tayyorlangan suhbatning quyidagi vazifalari mavjud: 
To‘g’ridan-to‘g’ri bolalarni suhbatlashishga, ya’ni suhbatdoshi so‘zlarini 
bo‘lmasdan tinglash, luqma tashlash uchun qulay paytni kutgani holda o‘zini tutib 
turish, suhbatdoshi uchun tushunarli qilib so‘zlash; 
Yo‘ldosh – talaffuz va grammatik ko‘nikmalarni mashq qilish, ma’lum so‘zlar 
ma’nosini aniqlashtirish.
Suhbat jarayonida tarbiyachi savollar, topishmoqlar, badiiy so‘z kabi turli 
usullardan foydalanadi. Bu usullarning barchasi suhbat paytida bilimlarni 
o‘zlashtirish jarayonini yo‘naltirish, nutqiy muloqotni ta’minlash, bolalar fikrlarini, 
ularning diqqat-e’tiborlarini, xotiralarini, emotsiyalarini faollashtirishga yordam 
beradi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə