Amaliy mashg’ulot-9 Mavzu: Muhit va moslashuv Amaliy mashg’ulotining maqsadi



Yüklə 84,93 Kb.
səhifə3/11
tarix19.12.2023
ölçüsü84,93 Kb.
#152422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
амалий экология-ЎзФин

Bentos va perifltton. Bentos organizmlar suv tagidagi loy, tosh va boshqa narsalarga yopishgan, birikkan holda yashaydi. Bentos hayvonlar vaqti-vaqti bilan bir joydan ikkinchi joyga ko'chib yuradi, bularga krablar, os’minoglar, dengiz yulduzlari kiradi. Boshqa guruh hayvonlar bir joyda loy yoki tosh ustida yashaydi, bu sedentar guruh organizmlarga molluskalar, dengiz tipratikanlari kirsa, yopishib yashaydigan sessil organizmlarga gubkalar, mishankalar, korallar misol bo'ladi. Bentos organizmlar fitobentos va zoobentos guruhiga bo'linadi.
Perfitonni hosil qiluvchi o'simliklar (ko'pchilik suvo'tlar, ayrim gulli o'simliklar) va hayvonlar, kemalar, qayiqlar, suvga botib turgan temir, yog'och ustunlar, qamish, kug'a, daraxt tanalari, shoxlari ustida o'sadi va yashaydi. Suvga botib turgan o'lik va tirik narsalar ustida rivojlangan organizmlar perifiton organizmlar deyiladi. Bentos va perifiton organizmlarning ma’lum biotopga joylashib turishida bir qancha kuchlar, tashqi muhit omillari ta ’sir qiladi; masalan, suvning harakati, turli nekton - hayvonlarning harakati, ularning bentos bilan oziqlanishi, gravitatsion kuchlar, suv sathining pasayib-ko'tarilib turishi, suvda kema va qayiqlaming suzishi, to'lqinlar kabi ta’sir kuchlar misol bo'ladi.
Neyston va pleyston suv muhitidagi yana bir ekologik guruh nekton bo'lib, bu guruhga kiruvchi organizmlar juda tez suzish qobiliyatiga ega. Ular suvning oqish kuchiga qarshi harakat qila oladi. Nekton guruhiga baliqlar, kalmarlar, delfinlar, akulalar kirib, ularning torpeda, reaktiv ko'rinishida tuzilishi va harakati, muskullari suvning turli qatlamlarida yashashga moslashganlar.
Neyston guruhining ayrim organizmlari suv yuzasida hosil bo'lgan pardalarning pastki tomoniga yopishib ham yashaydi. Neyston hosil qiluvchi ayrim organizmlarning rivojlanishi suv yuzasi bilan bog‘langan bo'lsa, ayrimlari rivojlanishning ma’lum davrlarida faqat tungi vaqtdagina suv yuzasi bilan bog'langan. Suv muhitida pleyston organizmlar guruhi ham bo'lib, ular uchun ikki xil yashashga moslashish kuzatiladi, ya’ni ular tanasining yarmi suvda bo'lsa, yarmi havo muhitida bo'ladi.


Pleyston guruhiga suvdagi ko'pchilik gulli o'simliklar vakillari (Potamogeton, Myrophyllum, Ceratophyllum) kirib, ularda nafas olish atmosferadagi va suvda erigan holdagi kislorodni yutish hisobiga bo'ladi. Ularning ustritsa apparatlari suv yuzasida qalqib, havo bilan bog'lanib turadigan barglarning yuza qismida juda ko'plab bo'ladi. Suvdagi o'simliklar ustritsa apparatlarining soni yer-havo muhitida uchraydigan o'simliklardagi ustritsa sonidan o'nlab marta ko'pdir. Yaproqning qayrilganligi va uning usti yaltiroq modda bilan qoplanganligi ustritsa apparatlariga suv kirib ketishidan saqlaydi.


Neyston guruhining ayrim organizmlarisuv yuzasida hosil bo'lgan pardalarning pastki tomoniga yopishib ham yashaydi. Neyston hosil qiluvchi ayrim organizmlarning rivojlanishi suv yuzasi bilan bog‘langan bo'lsa, ayrimlari rivojlanishning ma’lum davrlarida faqat tungi vaqtdagina suv yuzasi bilan bog'langan.
Suv muhitida pleyston organizmlar guruhi ham bo'lib, ular uchun ikki xil yashashga moslashish kuzatiladi, ya’ni ular tanasining yarmi suvda bo'lsa, yarmi havo muhitida bo'ladi. Pleyston guruhiga suvdagi ko'pchilik gulli o'simliklar vakillari (Potamogeton, Myrophyllum, Ceratophyllum) kirib, ularda nafas olish atmosferadagi va suvda erigan holdagi kislorodni yutish hisobiga bo'ladi. Ularning ustritsa apparatlari suv yuzasida qalqib, havo bilan bog'lanib turadigan barglarning yuza qismida juda ko'plab bo'ladi. Suvdagi o'simliklar ustritsa apparatlarining soni yer-havo muhitida uchraydigan o'simliklardagi ustritsa sonidan o'nlab marta ko'pdir. Yaproqning qayrilganligi va uning usti yaltiroq modda bilan qoplanganligi ustritsa apparatlariga suv kirib ketishidan saqlaydi.



Yüklə 84,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə