Farfor-fayans buyumlarini bezash



Yüklə 9.79 Kb.
tarix05.03.2018
ölçüsü9.79 Kb.

Aim.uz



Farfor-fayans buyumlarini bezash

Farfor-fayans buyumlarga bezaklar sirlashdan oldin yoki sirlangandan keyin berilishi mumkin. Sirlashdan oldin beriladigan bezaklar uchun bo‘yoqlar olovbardosh pigmentlar, dala shpati va sir xomashyolari aralashmasidan tayyorlanadi. Pigmentlardan xrom oksidi yashil, kobalt oksidi ko‘k, qo‘rg‘oshin to‘q sariq va nikel nitrati jigarrang hosil qiladi. Farfor buyumlari yuqori haroratda pishirilishi uchun sirlashdan oldin bezak faqat kobalt oksidi ishtirokida beriladi va aksincha fayans buyumlarining 60% sirlashdan oldin bezaladi.



Sirlangandan keyin solinadigan bezaklar uchun ishlatiladigan bo‘yoqlar pigment va dala shpatini dekstrin yoki skipidarga aralashtirib tayyorlanadi. Bo‘yoqlarga tcmir va qo‘rg‘oshinli xrom oksidlari qizil, qo‘rg‘oshin antimonati sariq, koball oksidi ko‘k, xrom oksidi yashil va qizil pigment bilan ko‘k pigment aralashmasi binafsharang beradi. «Suyuq» oltin preparati (oltin bilan rodiy terpen sulfidlari va vismut bilan xrom rezinatlarining organik erituvchi moddalardagi eritmasi) buyum ustida yupqa parda hosil qiladi. Chizilgan bezaklar 800°C da qizdirilib qotiriladi. Farfor-fayans buyumlariga to‘qqiz xil bezak beriladi:

1. Dekolkomaniya (ko‘chirma rasm usuli). Bu usul keng tarqalgan bo‘lib (bezaklarning 60% ini tashkil qiladi), bunda dekoldagi tayyor rasm buyum sirtiga ko‘chiriladi. Dekol (ko‘chirma rasm) ofsetbosma yoki ipak-trafaret usulida kraxmal, jelatina, dekstrin, glitserin va fenol aralashmasi surtilgan qog‘ozga tushiriladi. Birinchi usulda tasvir qog‘oz ustidan rasm sotingan rezina g‘ildirakchasi (ofset) yurgizilishi natijasida hosil bo‘ladi. Ikkinchi usulda jelatina, kaliy bixromati, glitserin va spirt aralashmasi surtilgan ipak turiga rasm tushirilgan diapozitiv plyonka orqali yorug‘lik nurlari o‘tkaziladi. To‘rni yuvganda nur tushgan joylari erimay rasm trafaretini hosil qiladi. To‘r qog‘oz ustiga qo‘yilib, unga quyuq bo‘yoq surtilsa, rasm qog‘ozga o‘tadi. Rasm tushirishdan oldin va u tushirilgandan keyin qog‘oz polibutilmetakrilat loki bilan qoplanadi. Dekol qog‘oziga kanifolning skipidardagi eritmasi surtilib, orqasidan ho‘llanib buyum yuzasiga bosiladi. Sirlashdan oldin bczaladigan buyumlar yuzasiga karboksimetilselluloza eritmasi surtiladi. Dekolkomaniya bezagini xiraroqligi va rasmning ba’zi zarrachalari ko‘chmay qolganligidan bilish mumkin.

  1. Tasma bezaklar. Bular farfor-fayansga solinadigan bezaklarning 15%ini tashkil etib, buyumlar chekkasiga, bandiga va jo‘mragiga mo‘yqalam yordamida bo‘yoq yoki «suyuq» oltin preparati bilan hoshiya shaklida solinadi. Eni bo‘yicha 1 mm. li chiziq (usik), 1-3 mm. li shoxobcha (otvodka) va 4-16 mm. li jiyak (Ienta) turlariga bo‘linadi. Eni 10-13 mm. ligi enli va fayans idishlarga solinadigan 15-16 mm. ligi bufet jiyagi deyiladi.

  2. Trafaret yordamida bezak berish farfor-fayans buyumlariga solinadigan bezaklarning 10%ini tashkil qilib, buyum sirtiga pigmentni dekstrindagi suv eritmasi shaklida teshib, naqsh solingan folga orqali purkash natijasida hosil bo‘ladi. Boshqa bezaklardan qismlarining yaxlit emasligi, qismlarining bir-biridan ajralib turishi bilan farq qiladi.

  3. Shtamp usulda sirlashdan oldin solinadigan bezak bo‘yog‘i pigmentni glitserin va shinnida, sirlangandan keyin solinadigan bezak bo‘yog‘i pigmentni skipidar, alif va glitserinda eritilib tayyorlanadi. Bezak solish uchun kanifoi, alif va karbomeneumlardan tarkib topgan lokka pigment qo‘shib ham ishlatilishi mumkin. Bu bezak bo‘yoq yoki «suyuq» oltin preparati bilan bir rangli va gullari takrorlanib lurgan hoshiya shaklida solinadi.

  4. Qo‘lda gul solib bezash. Bu usul ham bezaklarni 10%ni tashkil qiladi. Boshqa bezaklardan chizilgan rasmning murakkabligi va Kontursizligi, ochligi va mo‘yqalamning izlari ko‘rinib turishi bilan ajralib turadi.

  5. Bosma usulida rasm konturi o‘yib naqsh tushirilgan jo‘vadan papiros qog‘oziga va undan buyum yuzasiga ko‘chirilgandan keyin kontur ichiga mo‘yqalam yordamida gul solinadi. Sirlashdan oldin beriladigan bezak bo‘yog‘iga shinni, glitserin va qand qo‘shiladi. Bezakda rasm konturi hamda mo‘yqalam izlari yaqqol ko‘rinib turadi.

7. Fotokeramika. Bu usulda jelatinadagi bromli kumush eritmasi surtilgan buyum yuzasiga diapozitiv plyonkasi orqali turli portretlar, o‘simlik va hayvonot olamidan olingan manzaralar tasviri tushiriladi.

Yoppasiga va yarmigacha bo‘yash. Bunda buyum yuzasi butunlayin yoki yarmigacha bo‘yoq bilan qoplanadi. Odatda, buyum yuzasiga bo‘yoq purkalganda ba’zi joylari ochiq qoldirilib, keyin shu yerlarga qo‘lda gul chiziladi.

Bo‘rtma naqshga pardoz berish. Naqshning ayrim qismlarini bo‘rttirib ko‘rsatish uchun ular yoppasiga yoki olachipor qilib bo‘yaladi. Buyumlar sirtiga solingan bezaklarning soniga qarab guldasta (3 ta gacha bezak), sochma (5 va undan ko‘p bezak), chekkasiga uzluksiz va yoppasiga (sayoz idishlarning tagi hisobga olinmaydi) berilgan turlarga bo‘linadi. Keltirilgan asosiy bezaklardan tashqari, farfor-fayans buyumlarinitig chekkasiga ingichka murakkab naqsh (arabeska) va xira oltin pardasiga chizma naqsh (sirovka) solish qo‘shimcha usullaridan ham foydalaniladi.


Aim.uz




Dostları ilə paylaş:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2017
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə