Maktabgacha ta'lim jurnali



Yüklə 33,2 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix29.11.2023
ölçüsü33,2 Kb.
#141428
7364-Article Text-17816-1-10-20221216



 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Maktabgacha ta'lim jurnali
:
https://presedu.jspi.uz/index.php/presedu/index
GRAMMATIKA VA UNING PREDMETI. GRAMMATIK KATEGORIYA
GRAMMATIK MA’NO VA GRAMMATIK SHAKL. 
Jonzoqova Sevara
Aliqulova Zebo
ANNOTATSIYA 
Ushbu maqolada tilshunoslikning asosiy tarmoqlaridan biri hisoblangan 
grammatika tushunchasi, fandagi tutgan o’rni, grammatik va leksik ma’no 
tushunchasi, o’rganish obyekti, tarkibiy qismlari, grammatik shakl, grammatik 
kategoriyasi va uning turlari ,usullari tahlil etiladi.
KALIT SO’ZLAR: 
Grammatika, grammatik ma’no, grammatik shakl, grammatik
kategoriya, leksik ma’no, affiksal vosita, sintaktik qolip, so’z tartibi, ohang, so’z 
yasovchi, lug’aviy shakl, kategoriya, kesimlik kategoriyasi, egalik kategoriyasi, 
kelishik kategoriyasi, grammatik qurilish, morfologiya, sintaksis, so’z birikmasi, 
gap, til sistemasini tadqiq qilish metodlari
Grammatikada so’z shakli, grammatik ma’no, grammatik shakl, grammatik 
kategoriya haqidagi tushunchalar markaziy o’rinni egallaydi. Tilda o’zining doimiy 
ifodalovchisiga ega bo’lgan, so’z shakli va gapga xos umumlashgan ma’no 
grammatik ma’no hisoblanadi. Ma’lum grammatik ma’noni ifodalash uchun 
xizmat qiladigan moddiy vosita grammatik shakl hisoblanadi. Grammatik 
shakllarni grammatik kategoriyani tashkil etgan unsurlar deyish mumkin. Aslida 
grammatik shakl deganda, ma’lum grammatik ma’noning moddiy tomoni 
tushuniladi. Grammatik shakl grammatik kategoriyani tashkil etgan qismlarning bir 
tomonini- shakliy tomonini ifodalaydi. Ohang-grammatik ma’no ifodalashning 
fonetik vositasi. Bu vosita yordamida gapning turi, gap bo’laklariga ajratish, 
farqlash mumkin. Affiksatsiya tizimida grammatik ma’noni ifodalashning eng 
keng tarqalgan usuli hisoblanadi. So’z tartibi-grammatik ma’no anglatishning yana 


Maktabgacha ta'lim jurnali
:
https://presedu.jspi.uz/index.php/presedu/index
bir vositasi. So’zlarning gapda ma’lum tartibda oldinma- keyin joylashtirilishi ham 
grammatik ma’no ifodalash uchun xizmat qiladi.
Grammatik ma’no haqida umumiy tushuncha. Ma’lumki, grammatik ma’no 
ifodalshning turli vositasi mavjud. Grammatik ma’no deganda til (fonetik, leksik, 
morfologik va sintaktik) birliklarning nutqni shakllantiruvchi umumlashma 
abstract ma’nolari tushuniladi. Grammatik ma’no tarkibi murakkab. Uni 
ifodalashning quyidagi vositalari mavjud:
1)
Affiksal vosita; 
2)
Sof nomustaqil va nomustaqil vazifadagi so’z; 
3)
So’z tartibi; 
4)
Takror; 
5)
Ohang; 
6)
Sintaktik qolip; 
Affiksatsiya tilimizda grammatik ma’no ifodalashning eng keng tarqalgan turi, 
u orqali deyarli aksariyat grammatik ma’no ifodalanadi.
a)
So’z yasovchi affiks; 
b)
Shakl yasovchi affiks; 
O‘zbek tilida sof ko‘makchi fe`llar yo‘q. Ayrim mustaqil fe`llar ,masalan,
 bo‘l, ol, 
qo‘y, bor, kel
kabilar ko‘makchi fe`l vazifasida kelib turli-tuman ma`nolarni 
ifodalash uchun xizmat qiladi. Masalan, 
bo‘l
ko‘makchi fe`li tugallik, to‘la 
bajarilish ma`nosini ifodalaydi.
 Zulfiya topshiriqlarni bajarib bo‘ldi.
Grammatik ma`no anglatishning yana bir vositasi 
so‘z tartibi
dir. So‘z tartibi xitoy-
tibet tillari oilasiga kiruvchi tillarda va qurilishi shu tillarga o‘xshash bo‘lgan 
boshqa tillarda juda muhimdir.
-Masxaraboz masxarabozni masxaraboz deb atadi.


Maktabgacha ta'lim jurnali
:
https://presedu.jspi.uz/index.php/presedu/index
So‘z gapda uch xil vazifani bajarmoqda: ega, vositasiz to‘ldiruvchi, vositali 
to‘ldiruvchi.
Sintaktik va analitik vositalar. Grammatik ma`nolarni ifodalovchi til vositalari 
turli-tumandir. Tilshunoslikda bu vositalar ikki katta gruppaga ajratilgan: 
sintetik 
vositalar,
analitik vositalar
.
Sintetik vositalarga affiksatsiya (prefeks, suffekslar), ichki flektsiyaning hamma 
turlari (arab tiliga xos xususiyatlar), hind-evropa tillari so‘z o‘zagidagi unlining 
o‘zgarishi, suppletiv formalar kiradi.
Analitik vositalar grammatik ma`no anglatuvchi yordamchi so‘zlar, so‘z tartibi 
orqali grammatik ma`no anglatish, takror, intonatsiyalardan iborat.
Grammatik ma’no ifodalovchi morfologik ko’rsatkich grammatiok shakl yasovchi 
yoki qisqa qilib grammatik shakl deyiladi. O’tgan davr mobaynida o’zbek tili 
grammatik ko’rsatkichlarining tasnifi yaratildi, ammo xulosa avval arab
keyinchalik rus tili grammatik me’yoriga asoslangan holda berib kelindi. 
Grammatik ko’rsatkichlarning yangicha tasnifi: 
a)
Lug’aviy shakl hosil qiluvchi; 
b)
Sintaktik shakl hosil qiluvchi; 
c)
Lug’aviy-sintaktik shakl hosil qiluvchi; 
Grammatik kategoriya. Kategoriya atamasi tilshunoslikka falsafadan kirgan termin. 
U falsafada ,,obyektiv borliq va bilishdagi mohiyatdan ko’proq qonuniy aloqa va 
munosabatni aks ettiruvchi umumiy tushuncha’’ tarzida ta’riflanadi. 
Kategoriyalarning 9 ta turi mavjud. SHulardan egalik kategoriyasi haqida. Bu 
kategoriyaning ko’rsatkichlari quyidagilar: ya’ni egalik qo’shimchalari 
hisoblanadi. Bu kategoriya shaxs va son ma’nosi bilan uzviy bog’langan. Shu 
boisdan egalik kategoriyasining barcha ko’rsatkichida bir vaqtning o’zida shaxs 
ma’nosi ham, son ma’nosi ham ifodalanadi. Leksik ma’no individual ma’no 


Maktabgacha ta'lim jurnali
:
https://presedu.jspi.uz/index.php/presedu/index
hisoblanadi. Bir ma’no bir so’z bilan bog’langan bo’ladi. Grammatik ma’no leksik 
ma’nodan tubdan farq qiladi. U leksik ma’noga o’xshab tashqi dunyodagi narsa va 
voqealarni aks ettirmaydi va individual xususiyatga ega bo’lmaydi. Ular umumiy 
ma’nolardir.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, grammatika bizga so’z va gapning formal-
grammatik tomoni-so’z o’zgarishi, sintaktik birliklar va ularning turli ko’rinishi, 
strukturasi va hosil qiluvchi vositalari, shuningdek, ifodalaydigan grammatik 
ma’nosini o’rgatadi. Bundan tashqari grammatik kategoriyalarni doimo to’g’ri 
qo’llash lozim, agar kategoriyalar o’z o’rnida qo’llanmasa, tuzilayotgan gapning 
grammatik jihatdan ma’nosi buziladi, gapdagi anniqlik va izchillik yo’qoladi. Gap 
shaxs va sonda moslashmaydi. Shuning uchun ham grammatik kategoriyalarni o’z 
o’rnida qo’llash zarur. Agar grammatika o’z o’rnida qo’llanmasa ma’no jihatdan 
g’alizlik paydo bo’ladi. Shunday ekan tilshunoslikning eng katta qismi bo’lgan 
grammatikani o’rganish biz uchun hamma sohalarda zarurdir. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1R. Sayfullayev O’zbek adabiy tili. 
2. Raxmatullayev. O’zbek tili.
3.Ubaydullayeva Sadoqat. Hojiyev A lingvistik terminlarning izohli lug’ati. 
4.Sodiqov A va boshqalar Tilshunoslikka kirish. 
5. Nurmonov A. Mahmudov N o’zbek tilining nazariy gramatikasi.
6. S. Usmonov Umumiy tilshunoslik
7. Tursunov T, Alivey A, O’rinboyev B, O’zbek adabiy til tarixi 
8. A. Sodiqov, A Abduazizov Tilshunoslikka kirish. 
 

Yüklə 33,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə