Dinshunoslik ma'ruza doc


Mustaqil O'zbekistonda vijdon erkinligining Konstitusion kafolatlanishi



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/47
tarix07.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#126262
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Dinshunoslik ma\'ruza doc

Mustaqil O'zbekistonda vijdon erkinligining Konstitusion kafolatlanishi.
1991 yilda 
O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi yangi 
Qonunni qabul qilgan edi. Qonun loyihasini tayyorlashda keng jamoatchilik vakillari, xalq deputatlari, 
olimlar, mutaxassislar, turli millat va din vakillari faol ishtirok etishdi. Bu qonun o'z mazmuni bilan 
ilgarigi qonunlardan katta farq qilardi. 
Qonunda O'zbekiston Respublikasida din va diniy tashkilotlar davlatdan ajratilganligi qayd etilgan. 
Buning ma'nosi davlat diniy masalalar bilan shug'ullanmaydi, diniy tashkilot va uyushmalar esa davlat 
ishlariga aralashmaydi, ya'ni din va diniy tashkilotlar davlat ajratilgan. 
1998 yil 1 mayda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o'n birinchi sessiyasida vijdon erkinligi 
qonunining yangi tahriri qabul qilindi. 
 Yangi tahrirdagi vijdon erkinligi qonuniga kiritilgan yangiliklar asosan quyidagilardan iborat:
 
birinchidan, 
yoshlarga diniy ta'lim berish xususidagi huquqlarni muhofaza qilishga e'tibor qaratilgan. 
Qonunning 3-moddasidagi, 2-qismida bunday deyilgan: «Voyaga yetmagan bolalarni diniy 
tashkilotlarga jalb etish, shuningdek ularning ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning o'rnini bosuvchi 
shaxslar ixtiyoriga zid tarzda dinga o'qitishga yo'l qo'yilmaydi». Shu munosabat bilan O'zbekiston 
Respublikasining Jinoyat Kodeksining 145-moddasida voyaga yetmagan bolalarni shunday qonunga 
zid tarzda dinga o'qitish – eng kam ish haqining ellik baravaridan yetmish baravarigacha miqdorda 
jarima yoki ikki yildan uch yilgacha ahloq tuzatish ishlari yohud uch yilgacha ozodlikdan mahrum 
etish bilan jazolanishi ko'zda tutilgan. 
-
 
Ikkinchidan, 
O'zbekiston Respublikasida ta'lim tizimi dindan ajratilgan. Uning tizimining 
o'quv dasturiga diniy predmetlar kiritilishiga yo'l qo'yilmaydi degan dastur qonunning 7-
moddasiga qo'shib qo'yilgan. 
-
 
Uchinchidan, 
diniy ta'lim maxsus o'quv yurtlarida amalga oshiriladi. Diniy tashkilotlarning 
Markaziy boshqaruv organlari, ruhoniylar va o'zlariga zarur bo'lgan diniy xodimlar 
tayyorlash uchun diniy o'quv yurtlari tashkil etishga haqlidir; 
-
 
Turtinchidan, 
dindan saboq beruvchilar, murabbiylar tegishli puxta bilimga va uni o'qitish 
haqidagi maxsus ruxsatnomaga ega bo'lishi shart; 
-
 
Beshinchidan, 
qonun xususiy tartibda ta'lim berishni man etadi (9-modda). Bu qonunni 
buzganlar uchun O'zbekiston Respublikasi ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 
241- moddasida muayyan jazo belgilangan. 
-
 
Oltinchidan, 
vijdon erkinligi to'g'risidagi 1991 yildagi qonunning 13-moddasida diniy 
tashkilot yuridik shaxs huquqiga ega bo'lishi uchun uni tuzgan, kamida un kishidan iborat 18 
yoshga to'lgan fuqarolar Adliya Vazirligining shu diniy tashkilot faoliyat ko'rsatish nazarda 
tutilgan hududdagi idorasiga Nizomni ilova qilib ariza topshiradilar, deb ko'rsatilgan edi. 
Yangi tahrirdagi qonunga binoan esa diniy tashkilot O'zR ning 18 yoshga to'lgan va respublika 
hududida doimiy yashayotgan yuz nafardan kam bo'lmagan fuqorolar tashabbusi bilangina to'ziladi. 
-
 
yettinchidan, 
diniy tashkilotlar O'zR si Adliya Vazirligida yoki uning joylardagi organlarida 
ro'yxatdan o'tkazilganidan so'ng yuridik shaxs maqomiga ega bo'ladi va qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan tartibda o'z faoliyatini amalga oshiradi (8-moddaning 5-qismi). 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


Diniy tashkilot Nizomi davlat qonunlariga zid bo'lmasligi kerak. Agar diniy tashkilot Nizomi 
qonuniy hujjatlariga zid bulsa, diniy tashkilotning ushbu Nizomi ro'yxatga olinmaydi va o'zining 
faoliyati ta'kidlanib, tarqatiladi. 
Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov «biz bundan buyon ham aholini eng oliy ruhiy, ahloqiy va 
ma'naviy qadriyatlardan, tarixiy va madaniy merosdan bahramand qilish tarafdorimiz»,- deb 
ta'kidladi. 
Yurtboshimizning bu ulug'vor fikrlari barcha fuqarolar uchun dasturulamal bo'lishi lozim. Mustaqil 
O'zbekistonda din va e'tiqod erkinligi konstitusion kafolatlanganligini doimo yodda tutishimiz kerak. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə