Dinshunoslik ma'ruza doc


Din, e'tiqod erkinligi va ilmiy dunyoqarash



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/47
tarix07.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#126262
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Dinshunoslik ma\'ruza doc

Din, e'tiqod erkinligi va ilmiy dunyoqarash. 
Yangi tahrirdagi Qonun vijdoniy e'tiqodga, uning 
dunyoviy va diniy shakllariga erk beradi, ularni mustaqil, teng mavjudligini va nizosiz ish olib 
borishlarini ta'minlaydi; ularni qullab-quvvatladi; g'ayriqonuniy tajovuzlardan himoya qiladi. 
Bundayn tashqari har qanday ekstremistik harakatlar qoralanadi va bu ishlarning tashkilotchilari 
qonunning tegishli moddasi bilan jazolanadilar. 
Mamlakatimizda din va e'tiqod erkinligining ta'minlanishini ahamiyati shundaki, u xalqimizning 
ma'naviyati va psixikasiga hayotbaxsh ta'sir etib, insonning poklanishi, jamiyatni ma'naviy-ahloqiy 
jihatlardan sog'lomlashtirishda muhim o'rin tutadi. 
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda 16 diniy konfessiya faoliyat ko'rsatmoqda. Ular bilan davlat 
idoralari o'rtasida deiokratik tamoyillarga asoslangan huquqiy munosabatlar shakllandi. Din va 
e'tiqod erkinligini ta'minlash asosida mamlakatda fuqarolar hamjihatligi va milliy totuvliq tinchlik va 
barqarorlik vujudga kelmoqda. 
O'zbekiston Respublikasi inson huquqlari milliy Markazi o'tkazgan sosiologik tadqiqotlar natijasida 
barcha so'ralgan aholidan 79,2 foizi dinga ishonishini aytgan.
Shulardan, o'zbeklar – 87,2 foiz, boshqa millat vakillari – 71,3 foizni tashkil etgan. Shunisi diqqatga 
molikki, o'zlarini dindor hisoblagan aholining aksariyat ko'pchiligi dinga bo'lgan munosabatini 
belgilashda besh vaqt namoz o'qishni, masjit-madrasaga yoki cherkovga borishni shart deb bilmaydi. 
Inson uchun xos bulgan dunyoqarashlar turlicha (ilmiy, diniy, falsafiy, g'ayriilmiy va b.) bo'ladi. Biz, 
diniy dunyoqarash haqida yuqorida bayon etganmiz. 
Ilmiy haqiqatlar atrofida shakllangan ilmiy dunyoqarashga ega bulgan shaxslarning asosiy ideali 
(yuksak orzusi), hayotning ma'nosi shu ob'yektiv olamda chinakam insoniy munosabatlar, umumiy 
farovonlik va adolatni qaror toptirish uchun kurashda baxtiyorlikka, el-yurtning izzat-ikromiga 
sazovor bo'lib, hayotida o'zidan yaxshi nom qoldirib, avlodlar qalbida umrini davom ettirish, ya'ni 
ijtimoiy abadiylikka musharraf bo'lishdir. 
Bunday dunyoqarashga erishish uchun yoshlar maktablardan boshlab fan asoslarini puxta 
o'rganishlari tabiat, jamiyat va insoniyat haqidagi ob'yektiv qonuniyatlarini ilmiy asosda tahlil qila 
olish qobiliyatiga ega bo'lishlari lozim. Ayni vaqtda ilm-fan, madaniyat va ma'rifat bilan 
chambarchasligi doimo yodda tutiladi. 
Ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda ma'naviy merosimiz, milliy qadriyatlarimiz, o'zligimizni 
anglashimizning o'rni beqiyosdir. 
Respublikamiz mustaqilligi sharofati bilan din va e'tiqod erkinligining ta'minlanishi O'zbekiston 
fuqarolari uchun o'z tarixi, tajribasi, ma'naviy merosi, dini, qadriyatlarini o'rganish va tiklash uchun 
keng imkoniyatlar yaratildi. Endilikda ular ma'naviyatimizning yuksalishiga salmoqli hissa 
qushmoqda. Yoshlar ana shu ma'naviy merosdan bahramand bo'lib, o'z-o'zini anglay boshlasa
hozirgi zamon fan-texnika yutuqlarini chuqur o'zlashtirsa, uning fikrlash doirasi kengayadi, ilmiy 
dunyoqarashi shakllanadi. 
Ilmiy dunyoqarash maqsadlarini amalga oshirishda islomiy ta'limotdagi ezgulik da'vatlaridan 
foydalanish mumkin. Har bir inson muayyan dunyoqarashga ega bo'ladi va ana shu orqali o'zining 
jamiyatga, tabiatga, tashqi olamga munosabatini belgilaydi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə